My menu General menu Members List Forum rules Mark Forums Read
Go Back   uForum.uz > ОБРАЗОВАНИЕ > Ижод хусусида сўз
Did you know...?
...для того чтобы установить аватар, нужно обратиться к администратору форума Eldar ishimbaev.
<< Previous tip - Random tip - Next tip >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Reply

 
Thread Tools Display Modes
Old 07-04-2010 13:24   #81  
AbdulAziz's Avatar
Offline
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Posts: 1,911
+ 273  2,071/972
– 3  0/0

UzbekistanSend a message via MSN to AbdulAzizSend a message via Yahoo to AbdulAzizSend a message via Skype™ to AbdulAzizLiveJournalFacebook

ID.UZ

Abdulla Qodiriy... O'zbek nasrini yuksak rutbalarga ko‘targan, kitobiylashgan tilimizga jonli xalq ohanglarini olib kirgan qilqalam adib. Jahon adabiyotida dovruq qozongan zabardast romannavislar panjasiga dadil panja urib, o‘zbek romanchiligiga asos solgan nuktadon ijodkor, sohir san'atkor. Zulmdan qaddi dol bo‘lgan millat ma'rifatini hayotiy a'mol deb bilgan, bu yo‘lda borini nisor etgan ulug‘qalb shaxs. davomi...
__________________
http://www.ziyouz.com- Ziyo istovchi qalblar uchun...
Reply 
Old 10-04-2010 11:05   #82  
Nigora Umarova's Avatar
Offline
AKA:Nigorabegim
Posts: 7,775
+ 8,204  9,994/4,339
– 34  56/48

UzbekistanSend a message via ICQ to Nigora UmarovaSend a message via Skype™ to Nigora UmarovaМой КругЧеловек УзНетаFacebook

ID.UZ
Quote:
Cho'lponning "Tong sirlari" she'riy to'plamiga so'zboshi

Ba'zi bir o'rtoqlar Cho'lponni yig'loq, deb aybsitadilar. Balki haqlari ham bordir. Chunki uning:

Chechaklar o'skusi ko'z yoshlarimdan,
bo'g'inlar ungusi o'ylashlarimdan...-


deb hasratlanishi bizning ko'z o'ngimizda "yig'loq" bir shoirni gavdalandiradir. Biroq, shoir shu to'kkan ko'z yoshlaridan chechaklar o'sdirmoqchi bo'lmasa edi, biz ham uning mu'tarizlari qatoriga kirgan bo'lur erdik.
Anqov ta'nachilar shoirni ranjitishda mudovamat qiladirlar, hatto: "Sen ko'k shoiri!" deguvchilar ham bo'lib, chorasiz shoir ularga o'z holidan ochiq javob berishka majbur qoladir:

Siz deysizkim, men ko'klarni o'ylaymen,
Yer betiga sira nazar solmaymen.
Yanglishasiz: men ko'klarga berkingan
Yer qizidan xayolimni olmaymen!..


O'ktabr o'zgarishi qora tunimizning tongini otdirdi esa-da, bu mudhish kechning badnamo ko'lagalari hamon shoirning yuragini titratdilar va ul chor-nochor yig'ladi... Shu yig'i orasida barq urib ko'ringan erk quyoshi bu ko'z yoshlaridan "Chechaklar ungusi"ni so'zladi...
Menimcha, "Tong sirlari"da ko'rilgan ko'z yoshlarining siri shudir. Shu qisqa jumlada o'qig'uvchini bu kungi Cho'lpon bilan tanishdira olg'on bo'lsam o'zimni baxtlik sanar edim.

Julqunboy.
Toshkand, 1925-yil, 6 sentyabr.


Lug'at:
Mu'tariz- e'tiroz qiluvchi
Mudovamat - davom ettirish
Reply 
"+" from:
Old 10-04-2010 11:18   #83  
Nigora Umarova's Avatar
Offline
AKA:Nigorabegim
Posts: 7,775
+ 8,204  9,994/4,339
– 34  56/48

UzbekistanSend a message via ICQ to Nigora UmarovaSend a message via Skype™ to Nigora UmarovaМой КругЧеловек УзНетаFacebook

ID.UZ
Quote:
Yig'indi gaplar

O'qug'uchilar bilan dardlashmaganimga qariyb bir yarim oy bo'ldi.
-Qaysi burchakda uxlab qolding?-deb sorama, jiyan. Bu o'lkada nima ko'b ekan-uxlaydirg'on burchak va unda o'mpayib, to'mpayib uxlag'uchi menga o'xshash ovsarlar! Men senga aytsam, o'zbekning ishchisi, dehqoni, ma'orifi, madaniyati, iqtisodi, shaltay-baltayi, xullas barchasi uxlaydi. Ammo o'choqboshini xoli topqon olaqarg'alar bo'lsa xo'bam bilgan noma'qulchiligini qilayapti! Qilaversin, egasiga tovoq-qoshiq kerak bo'lsa, axir bir kun qatron-patron qilib olar-ov, og'ayni! Ish qilib o'lmasdan bahorga chiqib olsaq bo'pti... "O'psa netar, yuvsa ketar", degan ekan ota-bobo.
Men shu dunyodagi odamzodning kuydi-pishtisini temirtakda qiynab o'ldursam deyman:
- Yerlilashdirish! O'zbeklashdirish! Falonchining vijdoniga kuydirgi chiqg'anmi? O'lib bo'ldik-ku! (To'ng'iz qo'psang yo'q, dedimmi!) Yaram yangilandi! Ko'rchipqonimni kimning oldida yoray?! (Buvingni oldida yor!) Mahallamdan munchasi ishsiz, falonchasi och! (Och bo'lsa kafanini hozirla!)

Quote:
Lug'at

O'choqboshi- hukumat
Olaqarg'a- kelgindi
Reply 
Old 10-04-2010 11:40   #84  
Nigora Umarova's Avatar
Offline
AKA:Nigorabegim
Posts: 7,775
+ 8,204  9,994/4,339
– 34  56/48

UzbekistanSend a message via ICQ to Nigora UmarovaSend a message via Skype™ to Nigora UmarovaМой КругЧеловек УзНетаFacebook

ID.UZ
Quote:
Yig'indi gaplar
(davomi)

Ko'chaga chiqsang ko'ringan kishidan eshitadirgan so'zing shu. Qulog'ingga paxta tiqmasang, boshqa iloji yo'q!
- Voy o'sha kuydi-pishtini yig'ib, terib egam chaqirsin!
Hali-ku bu og'zaki g'ishg'isha. Ammo kechagi kun gazetda Oxunboboyevdek bitta sarkoringdan ham fe'lim aynay yozdi. Hammadan ham buniki qiziq. Madanglik maorif xodimlari qurultoyida ma'ruza o'qib nima deydi, deng:
- "Jumhuriyatimizda har 200 murassa' chaqirim yerga, yoxud har 4909 odamg'a bitta maktab bor. Yoki o'qish yoshida bo'lg'on bolalarning har(emas, xo'tuk) 979 tasiga bitta maktab to'g'ri keladir!"
Ana bu miyasi achimaganning gapiga qarang endi! Xudoga shukur qorning to'q, qayg'ung yo'q, bas, tinchkina faroyizxonlik qilmasdan oqsoqollig'ingni qilaversang bo'lmaydimi, usta Yo'ldosh!
Tuzik, chaqirim-paqirimingga manim ham qarshilig'im yo'q. Rahmatlik bo'boy: "Sakkiz chaqirim bir tosh bo'ladi, bir toshni yaxshi oting bo'lsa bir soatda bosasan", - deb aytar edi. Ikki yuz chaqiriming... hisobning kallasi minan 24 tosh bo'lsa, haligidek oting chaman bo'lmasa bir qo'nib ertasiga tush chog'ida arang yetib borasan. Uloving eshak bo'lsa-ku niyatni safarga qilib ro'zangni bahuzur yeyaver!ro'zangni bahuzur yeyaver!
Gap qayerda edi, hali.. ha, aytkandek har besh ming odamga bitta maktab yoxud 979 tagina uyida enasini zeriktirgan go'dakka bittagina ermak to'g'risida edi.
Quote:
Lug'at
Yo'ldosh Oxunboboyev- O'zbekiston SSR MIK raisi
Sarkor- rahbar
Madanglik- madaniy
Murassa'- qiymatli toshlar bilan bezalgan, ma'ruzachining so'zida bu so'z murabba' (kvadrat) deb berilgan.
Yo'ldosh Oxunbobvoyevning ma'ruzasi "Qizil O'zbekiston" gazetasining 1926-yil, 4-fevral, 29-sonida bosilgan.
Faroyizxonlik- hisobdonlik
Chaqirim- 1,06 kilometrga teng uzunlik
Chaman ot- sekin yuradigan ot yoki eshak
Ma'lumki, safardagi odam ro'za tutmaydi, rozangni ochaver, baribir yetib borolmaysan, demoqchi.
Reply 
Реклама и уведомления
Old 10-04-2010 12:16   #85  
Nigora Umarova's Avatar
Offline
AKA:Nigorabegim
Posts: 7,775
+ 8,204  9,994/4,339
– 34  56/48

UzbekistanSend a message via ICQ to Nigora UmarovaSend a message via Skype™ to Nigora UmarovaМой КругЧеловек УзНетаFacebook

ID.UZ
Quote:
Yig'indi gaplar
(davomi)

Shu zamonadagi ba'zi odamlarg'a ajab hayron qolaman. Bir ming bolag'a bitta maktab bo'lsa nima-yu, o'n minggiga bitta to'g'ri kelsa sen bilan menga nima hasrat! Basharti muddao mirzaboshilarni ko'paytirib, idoralarni yerlilashdirish bo'lsa azbarayi Lenin va Marks uzatkon oyog'ingni yig'ma! Ko'chaga chiqsang har qadamda bitta mirzaboshi, hasratidan chang burqiydi: ish yo'q, kuch yo'q, o'n to'qquzta yerlilashkan idoradan hafta o'tmay chirting-pirting qog'ozini olibdir. Rostini aytsam, "Qul o'lmas, rizqi kamimas" maqolini
uncha-muncha odam to'qib tashlamag'an. Darhaqiqat, har besh mingiga bitta maktab bo'lsa ham bechoralar yig'lab, siqtab, yag'irig'a kul sepib, bir kunini ko'rayapti. Buning ustiga kun sayin tappa-tappa kelib turg'an beshik-belik va qadr, hurmatlik mehmonlarg'a ham sirini bergani ma'lum emas. Endi har minggiga bitta maktab tushkan har besh mingning xo'tuklari ham bir kunini ko'rib ketar deb, o'ylaymiz. Bitta-yarimtaning o'chog'iga kosov bo'lar yoki ot boqarmi, axlat qoqarmi, ishqilib bir balo bo'lar-ku! Bas, menga qolsa mundog' mayda gaplarning qay'g'usini chekish ham arzimaydir.

Quote:
Lug'at
Mirzaboshi- xizmatkor, malay
Oyoq yig'maslik - yo'ldan, niyatdan qaytmaslik
Bu yerda chet ellardan va markazdan kelayotgan mehmonlar nazarda tutilayapti.

Davlat boshqaruv apparatini, umuman, Turkistonda "Milliy jumhuriyatlar" hayotini milliylashtirish, o'zbeklashtirish,-idora xat-hujjat ishlarini o'zbek tilida yuritish, deganda barcha boshqaruv apparatini yerli aholi qo'liga topshirish degan ma'noda tushuniladi. 1919- yil 12-iyulda RKP MK bu masalani milliy jumhuriyatlar tuzilganidan so'ng, chet ellik mehmonlar kelib milliy masalalar jumhuriyatlarda qanday hal etilayotganligini ko'rib, bilib ketayotganlaridan so'ng qayta ko'rishga majbur bo'ldi.
RKP MK o'zining 12-qurultoyida har bir jumhuriyatda idora ishlarini milliylashtirish masalasini qayta ko'radi. 1924-yil 29-mart sonida "Zarafshon" gazetasining muxbiri "Mushtum" tanqidining o'rinsiz" nomli maolasida shunday deb yozib o'tadi: "Hozirgi xo'jalik ishlarimizning to'qson foizini, balki ko'pragi ovropalik o'rtoqlarning qo'lidadir. Shu vaqtgacha bularning oralarida sinfiy ayurma masalasi qo'zg'alganini ko'rmaymiz. Balki ish nuqtai nazaridan oddiy kishilar bir tarafda tursun, xo'jayun va oqsuyaklar qo'yulg'ondur. Chunki ular o'zlarining mutaxassisliklari orqasida ko'b vaqt zarar o'rniga foyda ham bera olurlar"...
Xalq kommisiriati qoshida ochilgan yerlashdirish kommisiyasi joylardan sinfiy mansubiyati, ijtimoiy ahvolini tekshirib o'lka va viloyat idoralariga tajriba uchun ko'plab kadrlarni yig'ib jo'natadilar. Lekin bu tadbir ham samarasiz qolayotgani; yuborilgan kadrlarning hech biri layoqat va iste'dodi e'tiborga olinmagani, boshqarma mudirligi faoliyatini o'rganishga qo'yilmay muxbirlik, kassirlik, qog'oz tikish kabi eng oddiy ishlar bilan ovora bo'lib yurganlari haqida muxbirlar gazeta maqolalarida yozib o'tadilar. Bolsheviklarning bu tadbirlarini Georgiy Safarov "Mustamlaka inqilobi, Turkiston saboqlari"(1921 yil, M.) nomli kitobida "Mustamlakachilarga yerli xalqdan chiqqan haqiqiy rahbar, o'zlari bilan bir safda turadigan teng huquqli o'rtoq kerak emas edi. Ularga tilmochlar va ijrochi mirshablar zarur edi" deb izohlab o'tadi.
Oktabr inqilobining o'n yilligi munosabati bilan Maskovga borgan fransuz ishchi delegatsiyasining bir guruhi Turkistonga ham tashrif buyuradi va ular safarlari yakunida o'z taassurotlari bilan deklaratsiya e'lon qiladilar. Shu deklaratsiya munosabati bilan 1928-yilda Parijda yashab turgan turkistonlik muhojir Mustafo Cho'qay o'g'li "Turkiston sho'rolar hokimiyati davrida" nomli risolasini yozadi. Adib Abdulla Qodiriyning ushbu "Yig'indi gaplar" felyetonida ko'tarilgan ayni shu masalalarni Mustafo Choqay o'g'li ham o'z risolasida batafsil tahlil etib o'tadi.
Reply 
Old 10-04-2010 12:38   #86  
Nigora Umarova's Avatar
Offline
AKA:Nigorabegim
Posts: 7,775
+ 8,204  9,994/4,339
– 34  56/48

UzbekistanSend a message via ICQ to Nigora UmarovaSend a message via Skype™ to Nigora UmarovaМой КругЧеловек УзНетаFacebook

ID.UZ
Quote:
Yig'indi gaplar
(davomi)

Ensamni qotirg'on gaplarning yana bittasi anovi kun bo'lib kechkan madanglik maorif xodimchilarining qurultoyidir. To'g'risini aytkanda, ziyonliklarning foydalik qilish masalasidir. Lekin ashaddiy qaqhqahamga mujib bo'lg'an gap ham shunisi. O'rtoq Akmalcha Cho'lponboyning:

Ziyolimassen ziyonli xezlardan
Upa-elik oludasi qizlardan.
Oxund bobo o'g'li kabi er kerak,
Boyonlardan olungusi yer kerak!-


degan she'ri bilan ziyonlilarning aftiga tufurgani holda yana nima uchundir imoni susayib "Xezlar tavba-tazarru' qilsa firqaning quchog'i ularga ochiq!"
deb qo'yadir. darhaqiqat, xezlardan bittasi tavba qilib, istig'for aytsa, Akmal jindak bu tavbaga ishonadimi, yo'qmi, hozircha uning ichiga kirib chiqg'an mahluq yo'q. Biroq bunga ishonar ekan Akmalingg'a aytadirgan ikki og'iz gapim bor:
Senga misol berish uchun Shayx Sa'diyning hikmatiga va yo Kalilaning Dimnasiga murojaat qilib o'lturmayman. Misolni xudda naq mutakallimdan eshit:
Quote:
Lug'at
1926 va 1927-yillarda Toshkentda O'zbekiston madaniyat va maorif xodimlari qurultoyi bo'lib o'tadi. Bu qurultoyda bolsheviklarning mamlakatda o'tkazayaotgan bir necha xil kampaniyalaridan biri-ziyolilar masalasi ko'riladi. Unda ziyolilar ikkiga: proletar va eski ziyolilar guruhiga bo'linadi. Eskilarga millatchi, panturkist yorliqlari osilib, ularga qarshi qattiq siyosiy hujum boshlanadi. Maxsus qarorlar qabul qilinib, eskilar san'at, adabiyot, matbuot ishlaridan, ayniqsa, rahbarlik lavozimlaridan chetlashtiriladi, ba'zilari ta'qib ostiga olinadi. Qurultoyni Akmal Ikromov ma'ruza qilib ochadi, ikkiyuzlamachilikdan iborat bo'lgan bu ma'ruza "Qizil O'zbekiston" gazetasining 1926-yil 21 - yanvar, 8-sonida bosilgan.
Istig'for- kechirim so'rash, tavba qilmoq.
"Kalila va Dimna"- - shahzodalarga ta'lim-tarbiya beruvchi, pand-nasihat uslubida yozilgan hindlarning "Pantachantra" kitobi.
Mutakallim- so'zlovchi, notiq, o'zimdan.
Reply 
Old 12-04-2010 17:33   #87  
Nigora Umarova's Avatar
Offline
AKA:Nigorabegim
Posts: 7,775
+ 8,204  9,994/4,339
– 34  56/48

UzbekistanSend a message via ICQ to Nigora UmarovaSend a message via Skype™ to Nigora UmarovaМой КругЧеловек УзНетаFacebook

ID.UZ
Quote:
Yig'indi gaplar
(davomi)

Men har kuni Xudog'a to'qquz martaba osiy bo'lib, o'n sakkiz martaba tavba va istig'for aytaman. Isyonim bepayon bo'lg'onidek, istig'forim ham hadsiz va lekin isyonsiz qolg'an soatimg'a juda oz uchrarman! Bas, onglag'ilkim, ey Akmal! Tavbaga bo'yin bukkan banda, bandalarning eng yaramasidir, qulliq bunyod qilg'on rasvo-rasvolarning eng ashaddiy rasvosidir. O'z butunlig'ini saqlay olmag'an boshqag'a en bo'laoladir, degan gapni hech bir kitobda uchratolmadim. Aytmakchimanki, tavbasi boshini yesin, sen bo'lsang ishingdan qolma, otingni chuh, de! Haqiqat oldida bo'yin egish tovbadir, o'zgasi g'ovg'adir!
Shu oralardag'i muhum hangamalarning yana bittasi "Milliy qo'shinning firqa kanferensiyasi" deb arz qilsam ehtimolki, hech kimning ko'ngliga og'ir kelmas. Nafsilamir, qilay desa ishi, yotay desa og'rig'i yo'q, yigitlarimizni basharti muvofiq ko'rilsa va gazarmalaringiz bo'sh bo'lib ko'ngillariga gap kelmasa, qo'llarig'a miltiq topilmag'anda ham bitta-bitta ketman dasta berib? qo'riqchilikka qabul qilish chakki bo'lmas, deb xayol qilurmiz. Yana ra'yi o'zlarinikidir.
Yer islohati munosabati bilan O'zbekistonda boshqa islohatlar ham yasalar emish, deb eshitdim. Darhaqiqat, mamlakatda islohatga muhtoj masalalar ko'bdir. Masalan, kattalarga aql va basirat islohati, muharrirlarg'a til va ma'no., shoirlarga ilhom va uslub(ma'no bo'lmasa ham mayli), yoshlarg'a axloq va kiyim, xotinlarg'a jabru zulm, domlalarg'a din va salla, "Mushtum" yozishg'uchilarig'a faqat shaxslarning yoqasiga yopisha berishlik va boshqa mavzular to'g'risida o'ylab ham qaramaslik va hokazo islohatlarg'a nihoyat darajada ehtiyoj ko'bdir.

Ovsar
"Mushtum"-1926-yil, 2(27)-son, 2-3 bet, 25-fevral

Reply 
Old 15-04-2010 17:42   #88  
Nigora Umarova's Avatar
Offline
AKA:Nigorabegim
Posts: 7,775
+ 8,204  9,994/4,339
– 34  56/48

UzbekistanSend a message via ICQ to Nigora UmarovaSend a message via Skype™ to Nigora UmarovaМой КругЧеловек УзНетаFacebook

ID.UZ
А.Қодирий «Йиғинди гаплар» (1926) ҳажвиясида ЎзССР МИК раиси Йўлдош Охунбобоевни танқид қилганлиги учун 1926 йили Самарқандда қамоққа олиниб, 2 йилоик қамоқ жазосига ҳукм қилинади. Фитратнинг илтимоси билан Ўзбекистон ССР ХКС раиси Файзулла Хўжаев адибни қамоқдан чиқаришга муваффақ бўлади.
Reply 
"+" from:
Old 24-04-2010 10:37   #89  
Turon's Avatar
Offline
student
study
Posts: 16
+ 9  0/0
– 0  0/0

Uzbekistan

Abdulla Qodiriy haqlarida o'zbek adabiyotchilarimiz ko'p va xo'p fikrlar bildirishgan, yaqinda www.turklib.uz saytida Aziz MERHAN ning "Abdulla Qodiriy ve Özbek Romanının Dogusu" maqolasini o'qib qoldim, turk tilini yaxshi tushunmaganim bois ham bu yerga post qilaman, tushunadiganlar o'qib fikr bildirsinlar.


Abdulla Qodiriy ve Özbek Romanının Dogusu*

Aziz MERHAN**

Özet
Çarlık Rusyasının Türkistan’ı işgali devrinde, özellikle 1910’dan sonraki yıllarda varlık göstermeye başlayan türlerden biri romandır. Kısa hikâyeler için kullanıldığı için önce kavram, 1920’li yıllarda ise Abdulla Qodiriy’nin tarihsel romanlarıyla tür olarak Özbeklerin yaşamına girer. Bundan dolayı 44 yıl gibi kısa bir ömür yaşamış olan Qodiriy, bu türün Özbekistan’daki öncüsü kabul edilmekte, onun etkisi günümüzde bile genç kuşakları roman yazmaya teşvik etmektedir.
Reply 
Old 24-04-2010 10:44   #90  
Turon's Avatar
Offline
student
study
Posts: 16
+ 9  0/0
– 0  0/0

Uzbekistan

Kendisinin “Gerçek yazar olmak için yaşamı her yönüyle öğrenmek, bunun için
onun her alanından haberdar olmak gerek.”
(1969: 210) sözüyle özetlenebilecek yazarlık
felsefesine sahip olan Abdulla Qodiriy Özbek romanının doğuşunu sağlamış
ilk modern romancıdır. Doğum tarihi kesin olarak bilinmemekle birlikte
kabul gören yaygın görüşe göre o, 10 Nisan 1894 tarihinde Taşkent’te bağcılıkla
uğraşan bir ailenin son çocuğu olarak dünyaya gelir. Ailedeki yoksulluktan dolayı
okula ancak 9-10 gibi ileri sayılabilecek yaşta gidebilir. Aynı sıkıntıdan dolayı
eğitimine 12 yaşında ara verip zengin bir adamın yanında çalışmaya başlar.
Ticaretle uğraşan bu zengin adam, ticari ilişkilerini arttırmak amacıyla Rusça
okuyup yazabilen birisine gereksinim duyduğundan Abdulla’yı Mahalli Rus
Okuluna (Russko-tuzemnaya-şkola) gönderir. Abdulla 1912 yılında başarıyla
mezun olduğu okulda öğrendiği Rusça sayesinde Rus ve dünya klasik eserleriyle
tanışma fırsatını yakalamıştır. Bu kazanımın, edebî kişiliğinin oluşumunda
olumlu etkisi olduğu inkâr edilemez. Okul yaşamından sonra 1912-1915 yılları
arasında bir tüccarın dükkânında çalıştığı üç yıllık süre zarfında Tatarların çıkardığı
gazeteleri okuma, dükkâna gelen şair, yazar, gazeteci ve aydınlarla da
tanışma fırsatını yakalar. Şiir ve hikâye yazma merakını bu fırsatlar sayesinde
elde ettiğini söylemek yanlış olmaz. 1915 yılında gittiği medresede Arap ve Fars
dilleri ile İslam bilimlerini öğrenen yazar, 1917 Ekim devriminden sonra gerek
işçi organizasyonlarında gerekse basımevinde etkin bir rol üstlenir. Ayrıca 1924
yılında gazetecilikteki bilgi ve becerilerini arttırmak amacıyla gittiği Moskova’da
bir yıl kaldıktan sonra Taşkent’e geri döner. Bir yıllık süre zarfında Rus
ve dünya edebiyatının önemli eserlerini okuma ve inceleme fırsatı yanında Özbek
gazeteleri için makale yazmaya da devam eder. Basımevindeki faaliyetlerinden
ve çıkarmaya başladığı Muştum (Yumruk) adlı satirik mizah dergisinden
dolayı çok istemesine rağmen Moskova’ya geri dönemez. Bu arada 1922’den
itibaren tefrika halinde yayımladığı Utkan kunlar (Geçmiş Günler) romanını yeniden
gözden geçirdikten sonra 1926 yılında kitap formunda yayımlatır. Aynı
yıl içinde çeşitli dergi ve gazetelerde Kalvak Maxzumning xotira daftaridan (Anlayışsız
Maxzum’un hatıra defterinden) ve Toşpulod tacang nima deydi? (Sinirli
Toşpulod ne diyor?) yergi hikâyeleri yanında bir çok makalesi, yergi yazıları
çıkar. Dergi ve gazetelerdeki yazılarında sadece zenginleri, din adamlarını
yermekle yetinmeyip aynı zamanda yeni sistemin uygulayıcılarını da hedef tahtasına
koymaktan çekinmez. Nitekim 1926 yılında Muştum dergisinin 3. (27)
sayısında Ovsar (Serseri) imzasıyla basılan Yiğindi gaplar1 (Yığıntı sözler) başlıklı
yergi makalesinde (1995: 186-189) Özbekistan Komünist Partisi Sekreteri Akmal
Ikromov (1898-1938) ile Yürütme Komitesi Başkanı Yuldoş Oxunboboyev’i (1885-
1943) “tenkit ve tahkir” ettiği gerekçesiyle 1926 yılında tutuklanır, iki yıllığına
hapis cezasına çarptırılmasına rağmen aynı yıl içinde üç dört ay sonra başkan
Oxunboboyev’in de girişimi ile serbest bırakılır.
Reply 
Reply
Thread Tools
Display Modes




Presented forums: UZINFOCOM, ЦППМП, ГКСИТТ, PC.UZ, Microsoft, IBM, HP, Fujitsu, D-Link, Intel, Ассоциация IT, InfoCOM.UZ, BANK.UZ, ActiveCloud, Sarkor Telecom, BUZTON, Cisco Systems, NetDec, EVO, Sharq Telekom, EPSON, Cron Telecom.
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2014, Jelsoft Enterprises Ltd.
Центр UZINFOCOM


New posts 24 hour Who's Online Newbies Search User CP Mark Forums Read Top