Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 16.10.2008 10:37   #11  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Munojat

Ilohi, akram ul-akramin sen va men – gunahkor.
Ilohi, arham ur-rahimin sen va men – tiyra ro’zgor.
Ilohi, agarchi jurmu isyondin o’zga ishim yo’q, ammo sendin o’zga ham kishim yo’q.
Ilohi, yo’q erdim, bor etting, tifl erdim, ulug’lar jargasig’a qotting, ammo nafsu havo yelidin zuhdum niholin ushatting va ofiyatim xaylin yozuq sipohi turktozidin tarqatting.
Ilohi, yomon atvorimdin parishonlig’im cho’ktur vas shum nafsimdin pushaymonlig’ yo’qtur, mundoq balodin qutularg’a ummidim sendin yo’qtur.
Ilohi, o’zluk yomonlig’idin o’zlugum bila o’ta olmaydurmen va yaxshilaring etagin yomonlig’im uyatidin tuta olmaydurmen.
Ilohi, yillar ibodat qilg’anni rad qilsang, hech kim daxl qila olmas, va qarilar isyon qilg’anni qabul qilsang hikmatin hech kishi bila olmas.
Ilohi, Odam xilofat taxtining mustavjibi o’zimu bo’ldi, sening taqdiring bo’lmay, shayton muxolafatining so’zimu bo’ldi?!
Ilohi, berguvchisen ham fisqu fujurni, ham zuhd, ham vara’ni, alarming tuhmatin bir necha ojizg’a bog’lamoq ne ya’ni?!
Ilohi, inoyatingg’a umidvormenkim, gunohim behaddur va rahmatingg’a sazovormenkim, xatovu sahvum beadaddur.
Ilohi, dardi holimni har kimg’a aytsam rad qilsa, senga tavajjuh etgaymen va agar sen rad qilsang netkaymen va kimga ketkaymen?
Ilohi, sening yo’lingda tufroq yetsa to’tiyodir va kesak yo’liqsa kimiyodur, g’ayringdin qizil oltun qora tufroqdek beqadru kambahodur.
Ilohi, yomonlig’imdin agarchi ko’p alamim bor, g’amxorim sen bo’lsang, ne g’amim bor.
Ilohi, dunyo maylin rishtasin ko’nglumdin uz va nafsoniyat tiyralig’ida hidoyat sha’i bila o’zung sari yo’l ko’rguz.
Ilohi, ul uzun yo’l va qatig’ vodiyda inoyating bila yo’lda va aning qat’ida ayog’im toyilsa dastgirlig’ing birla qo’lda.
Ilohi, bu yo’l sayrida shaytonni tegramg’a yovutma, agar ul aduv yo’l ursa zuhdumdin ne qolg’ay, inoyatingni o’ksutma.
Ilohi, taqvoyi berki, nafsi g’addor anga zabun bo’lsun, vara’i nasib qilki, shaytoni nobakor aning ayog’ida bo’lsun.
Ilohi, g’aflat uyqusidamen, bedor qil va jaholat mastlig’idamen, hushyor qil.
Ilohi, ul bedorlig’ni ogohlikka yetkur va hushyorlikni beishtibohlikka ulantur.
Ilohi, dushmandur shaytoni hiylanamoy menga va nafsi xudroydur korfarmoy menga, bu vartalarda dastgir bo’lmasang voy menga.
Ilohi, agar xislatim egridur, niyatim tuzdur, bu jihatdin agar af’olimg’a boqsam uyat o’lturur va sening karamingni sog’insam ummid tanimg’a jon kelturur.
Ilohi, sendin yomonlig’ kelmas va mendin yaxshilig’, sen yaxshisen va men-yomon. Har kimga munosibdur qilig’. Tikan ishi sanchilmoq uchun ani kuydurmak munosibdur, bahor fayzi om uchun anga gul mushobihdur.
Ilohi, tufrog’din el ko’ziga tiyralig’ yetar va quyosh ashi’a bila olam ahli ko’zin ravshan etar.
Ilohi, chun har ne qilular senga taqdirdur, qilg’uvchig’a ne tadbirdur.
Ilohi, taqdir qilg’aningni qilurg’a ne ixtiyor, qilmasmen demakka kimning haddi bor.
Ilohi, agarchi zalolatqa tushubmen, ammo hidoyatingg’a talabkormen va agarchi tamug’ o’tig’a tushkali yovushibmen, ammo rahmatingg’a ummidvormen.
Ilohi, umiddimni karamingdin ma’dum qilma va rahmatingni xaloyiqqa om qilg’onda meni ham mahrum qilma.
Ilohi, agar dastgir sen bo’lmasang ishyo hamonu it g’unjisi hamon va agar pardapo’sh sen bo’lmasang rido hamonu eshak arg’amchisi hamon.
Ilohi, toatingg’a havasim bor, ammo nafsqa zabunmen, ibodatingg’a multamasim bor, ammo giriftori ishqu jununmen.
Ilohi, lavhu havo mayidin mastmen, ushbu riyo jomidin mayparastmen, bu dastovizlar bila shaytong’a hamdastmen.
Ilohi, pariuzorlarg’a meni devona qilding va sham’- ruxsorlarg’a meni ko’nglumni parvona qilding, bu sabablardin rasvolig’ bila olamg’a (afsona) qilding.
Ilohi, bir necha musalsal zulf savdosidin bo’ynumda zanjir bo’lg’ay va muanbar xol xayolidin ko’nglum asir. Senga bu na’v taqdir ersa, menga ne tadbir.
Ilohi, ko’nglum kishvari qora kipriklar yasoli yag’mosidin buzuqdir vasabrim uyi gulrangguzorlar huyi saylidin yiquqdur.
Ilohi, har otashin la’l mening o’t tushgan jonimdin namudor va har serob kunjida mening ko’p paykon ko’nglum shakli padidor. Bu ofatlarning iloji senga osondur, menga dushvor.
Ilohi, sho’xi chobuklarg’a chevilanda har yon shitob solursen va alarming har yon shitobida mening oshufta ko’nglumg’a har dam iztirob solursen.
Ilohi, alarg’a ul shitobdin qaror yo’q va menga bu iztirobda ixtiyor yo’q. alarming dilrabolig’i ham sendin va oshufta ko’ngulning mubtalolig’i ham sendin.
Ilohi, birav husnig’a malohat berursenva aning tuzin mening ko’nglum jarohatig’a sepursen.
Ilohi, birav mujasi nishin zahrolud etarsen va aning no’gin mening yaralig’ bag’rimg’a sancharsen.
Ilohi, sham’i husni bezanmagi ham sendin…
Ilohi, gul uzorig’a dilafruzliq ham sen berding va bulbul fig’onu zorig’a jigarso’zluq ham sen berding. Agar qaysi sham’I gulruh ishqi o’tinkim, ko’nglimg’a solding, parvona va bulbuldek sabru qarorimni olding.
Ilohi, agar ishq suubatidin bazm tuzdum va sayl ofatidin taqvo va zuhdum uyin buzdum. Ul ne may ichmak va ayog’ tutmak erdikim, ayog’ayog’ qon yutmak erdi.
Ilohi, agar hajr shiddatidin tuganlar o’rtadim, dinu islomim mazra’ida xirmanlar o’rtadim.
Ilohi, har tugan savodidin ofiyatim ruxsorin qaro qildim va aning dudidin imonim ro’zgorin qaro qildim.
Ilohi, agar havasdin bosh-ayog’ yalang har yon yugurdim, boshdin ayog’im yamon erkanin xaloyiqqa bildurdim.
Ilohi, agar sevgi jununidin ko’ksumg’a tosh urdum, ul tosh bila nangu nomusim shishasin sindurdum.
Ilohi, gohi bu junundin atfol toshin boshimg’a yog’durdum, gohi ahbob malomati nishin ko’nglumg’a yetkurdim.
Ilohi, qaysi isyon tiyralig’I bilakim, ofiyatim yuzi qarormadi, qaysi bedod suubatikim, men qaro yuzlukka bormadi.
Ilohi yigitlig’im bu nav’ qatig’ o’tti ham achig’, qarilig’da yuz qatla o’zumni o’ltursam ne asig’.
Ilohi, emdi hamkim, barchadin kechmak xayolin qilurmen, o’zlugum bila kech olmon yaqin bilurmen.
Ilohi, bu balolarg’a solding, qutqor va andoqkim, bu ibtilolarg’a kiyurding, chiqor.
Ilohi, men banda tavba qildim degandin ne sud, sen tavba bergilki, ham tavvobsen va ham Ma’bud.
Ilohi, namozeki, el bo’lmag’uncha qilmag’aymen xudnamolig’dur va ul namoz uchun xirqavu rido xudoroylig’.
Ilohi, ul namoyishu oroyishdin ko’nglumni mubarro qilg’il va bu nav’ shayton libosidin paykarimni muarro etg’il.
Ilohi, toatqa tavfiq bersang riyodin asra va ibodatqa yo’l ko’rguzsang, xatodin asra.
Ilohi, ul toatki, ujb kelturg’ay, ko’nglumg’a yovutma va ul maishatkim, uzrg’a yetkurg’ay, tilimdin yiroq tutma.
Ilohi, beiloj dardg’a alil qilma va bemuruvvat nomardg’a zalil qilma.
Ilohi, beashyolar mazallatidin asra va bediyonatlar tuhmatidin asra.
Ilohi, johil suhbatig’a poband etma va arozil hashmatig’a hojatmand etma.
Ilohi, nosiposlar muloyimatidin yiroq tut va haqshunoslar xususiyatidin qiroq tut.
Ilohi, ko’nglumni dardu shavqing muhabbati bila ovut va ko’zumni nadomat ashki selobi bila ravshan qil.
Ilohi, tilimni ne’mati beqiyosingg’a shokir ayla va ko’nglumni hamdu siposingg’a zokir ayla.
Ilohi, qalamimg’a hamding raqamig’a mashg’ulluq ber va raqamig’a mashg’ulliq ber va raqamimg’a xaloyiq ko’nglig’a maqbulluq ber.
Ilohi, zamirimg’a xudpisandlig’ni yovutma va xotirimni el naf’i aybjo’lug’ig’a tutma.
Ilohi, xayolimni niyoz ahlig’a moyil tut va niyozing ko’zin dardmanlar ayog’i tufrog’I bila yorut.
Ilohi, Podshohi Islomni muslimin boshig’a tutqil bardavom, ya’ni bandalaring ustiga ko’lankangni qil mustadom, to shohu gadog’a duogo’yliq qilmish bo’lg’aymen, vassalom.

Ответить 
Старый 16.10.2008 10:40   #12  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Lug’at

Itloq – nisbat berish
Qayyum- abadiy
Mutlaq – cheksiz, shartsiz
Namud – ko’rinish
Bebud- yo’qlik, nomavjudlik
Jabarut – buyuk, ulug’lik, buyuklik
Malakut- egalik, tasarruf, farishtalar olami
azaliyot – boshlanish, ibtido
dilnavoz – ko’ngilni ovlovchi, yoqimli
jaloliyat – ulug’li, azamat
samum – halokatli issiq shamol, qattiq garmsel
jongudoz – jonni qiynovchi, azob beruvchi
shamma – bir oz, bir qadar
korgoh – dunyo
asir – baland, sipehri asir –baland osmon
kofiy – yetarli, kifoya qilarli
ma’dum – yo’qlik, nomavjudlik
haboan mansura – to’zondek sovrilib ketmak
vofiy – yetarli
mubarro – xoli, ozod, pok
valid – ota, padar
mu’arro – bo’sh, xoli
bepayvandlig’ – bog’lanishsizlik, ulanmaganlik
sipos – maqtash, shukur aytish
ajz – zaiflik, bechoralik
mua’xxar – izdom, xallaf
hatam – buyuruvchi
mursal – elchi, payg’ambar
xilqat – yaratilish
xayl – guruh, to’da
ofarinish – yaratilish, vujudga kelish
tufayl – sabab, bahona, vosita, ergashish
me’roj – ko’kka ko’tarilish
ulviy xirom – yuqori yuruvchi, o’zini yerga urmovchi
Jabroil – xudo bilan payg’ambar o’rtasidagi vositachi, xabar keltiruvchi farishta
Hidoyat – to’g’ri yo’l ko’rsatish, topish
Payk – xabarchi
barqgom – yashindek tez yuradigan
shabiston – kechki yotoqxona, ichki haram doirasi, qop-qorong’u kecha
munojat – yalinish, yolvorish, uzrxohlik
jurm – gunoh, jurmu isyon – qattiq aybdorlik
jarga – saf, qator, martaba
ofiyat – sog’liq, tinchlik, poklik
yozuq – gunoh, ayb
turktoz – ot qo’yib, to’satdan bosib kelib, talon-taroj qiluvchi
atvor – yurish-turish, xulq, odat, fe’l
cho’q, cho’x – ko’p, talay
mustavjib – loyiq, munosib, sazovor, sabab, bois
muxolifat – teskarilik, qarama-qarshilik
vara’- man’ qilingan ishlardan chekinish, parhezkorlik, taqvodorlik
tavajjuh aylamoq – yuzlanmoq, burilmoq
g’ayr – o’zga, boshqa
aduv – dushman, yov
taqvo –dindorlik, parhezkorlik
g’addor –aldamchi, xiyonatchi, berahm, zolim
nobakor – yaroqsiz, yomon, palid
xudroy – o’jar, qaysar, o’zboshimcha
varta – halokatli joy, girdob, halokatli holat
om – umumiy, xos
mushobbih – o’xshash, monand
zalolat – adashishlik, gumrohlik, yo’ldan ozishlik
yovushmak – yaqinlashmoq, yetishmoq
multamas – iltimos, so’rov
lahvu-havo – o’yin-kulgu, behuda ishlar bilan mashg’ul bo’lish
ujb – manmanlik, xudbinlik, shuhratparastlik
dastoviz – kichkina, arzimas tuhfa
hamdast – qo’ldosh, orqadosh
musalsal – zanjirdek ulangan
yasol –saf, qator
yag’mo – talon –taroj, buzg’unlik
xo’y (xay) – ter
chobuk – tez, chaqqon, cho’x, o’ynoqi
chevilan – o’grilgan
muja (mija, ko’pligi mujgon) – kiprik
nang – or, uyat, nomus, Nangu nomus – or va nomus
Mumtoz adabiyotda shoirlar albatta asarlarini hamd va na't ila boshlaganlar. Ushbu munojaat Nizomiddin mir Alisher Navoiy hazratlarining nihoyat darajada orif inson bo'lganliklarini bildiradi.
Ответить 
Старый 07.11.2008 19:19   #13  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Ун саккиз ёш хайратлари

Ун саккиз минг олам ошуби агар бошиндадур,
Не ажаб, чун сарвинозим ун сакиз ёшиндадур.

Деса булгайким, яна хам ун сакиз йил хусни бор
Ун сакиз ёшинда мунча фитнаким бошиндадур.

Ун сакиз йил дема, юз саксон йил улса улдурур
Хусн шохи, ул балоларким, кузу кошиндадур.

Хайрат этмон хусн накшидаки, хар хайратки, бор
Барчаси эзид таоло сунъи наккошиндадур.

Тан анга сийму ичинда тош музмар кунглидин,
Аклга юз хайрат, ул ойнинг ичу тошиндадур.

Май кетур, эй мугки, юз хайрат аро колмиш Масих,
Бул ажабларким, бу эски дайр хуффошиндадур.

То Навоий тукти ул ой фуркатидин бахри ашк,
Хар качон боксанг, куёш акси анинг ёшиндадур.

Низомиддин мир Алишер Навоий
("Бадое ул-васат" 156-газал)
Азизлар!
Келинглар, ушбу газални хар ким билганича шархлаб курсин. Мумтоз адабиётнинг газал жанри буйича фикр алмашиб, тафаккуримизни чархласак...
Ответить 
"+" от:
Старый 08.11.2008 11:38   #14  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Behzod Saidov
Оффлайн
Сообщений: 1,088
+ 739  628/355
– 11  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для Behzod Saidov с помощью Skype™Аккаунт на Twitter
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
....
Ун сакиз йил дема, юз саксон йил улса улдурур
Хусн шохи, ул балоларким, кузу кошиндадур.
.....
Оффтоп:

Нигора опа, илтимос, ў,қ,ғ,ҳ ҳарфлари борку клавиатурада. Нега ишлатмайсиз?
Ғазални ўзи, тушуниш қийин. Ҳарфларни алмаштириб ёзганда айтмаса ҳам бўлади.
Куз - кўз, ун - ўн... булар бошқа бошқа сўзлар бўлса...

Агар "ў,қ,ғ,ҳ" ҳарларнини ишлатиш муаммо бўлса, уларни ўрнатиш ва ишлатиш бўйича қўлланма ҳам ёзиб беришим мумкин.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 10.11.2008 16:40   #15  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Behzod Saidov Посмотреть сообщение
Нигора опа, илтимос, ў,қ,ғ,ҳ ҳарфлари борку клавиатурада. Нега ишлатмайсиз?
Ғазални ўзи, тушуниш қийин. Ҳарфларни алмаштириб ёзганда айтмаса ҳам бўлади.
Куз - кўз, ун - ўн... булар бошқа бошқа сўзлар бўлса...

Агар "ў,қ,ғ,ҳ" ҳарларнини ишлатиш муаммо бўлса, уларни ўрнатиш ва ишлатиш бўйича қўлланма ҳам ёзиб беришим мумкин.
[/OFFTOP]
Оффтоп:
Behzodjon!
Kompyuterimda O',Q, G' harflari bor, bir-ikki marta qo'llaganimda boshqa kompyuterda to'rtburchak holidagi ko'rinishini ko'rib jig'ibiyronim chiqqan edi. Shunga....
Mayli unda lotin alifbosida sharhlab beraman...

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 10.11.2008 в 16:50.
Ответить 
Старый 11.11.2008 16:13   #16  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Ун саккиз минг олам ошуби агар бошиндадур,
Не ажаб, чун сарвинозим ун сакиз ёшиндадур...
Нахот газални шархловчилар топилмаса?
Ответить 
Старый 11.11.2008 17:29   #17  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Ёрдам тарихасида лугат келтирираман.
Цитата:
Сарвиноз-гузал киз
Эзид таолло- Худо, Тангри таолло
Сунъи наккош- Оламнинг наккоши, яъни Яратгувчи
сийм-кумуш
Музмар кунгил- музлаган кунгил, тош калб
Май- мумтоз адабиётда акл сифатида келтирилган
Майхона - дунё
Муг, муганний- май куювчи, акл берувчи
Масих- Исо пайгамбарнинг лакаби, "тирилтирувчи" деган маънони англатади.
Хуффош-куршапалак
Дайр - олам
Фуркат-айрилик, фирок
Бахр- денгиз
Ашк - куз ёши
Ответить 
Старый 12.11.2008 02:42   #18  
uParty Member Known ID Group
Аватар для Husniddin Ato
Оффлайн
Erkin ijodkor
Musiqachi, Musiqashunos, Photographer
Сообщений: 303
+ 603  510/147
– 4  4/1

UzbekistanОтправить сообщение для Husniddin Ato с помощью ICQОтправить сообщение для Husniddin Ato с помощью YahooОтправить сообщение для Husniddin Ato с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Ёрдам тарихасида лугат келтирираман.
Цитата:
Сарвиноз-гузал киз
Эзид таолло- Худо, Тангри таолло...
Menimcha bu g`azalni sharhlaydigan yurak topish oson bo`lmasa kerak. Buni jimgina, mazza qilib his qilish kerak...
Ответить 
"+" от:
Старый 12.11.2008 10:20   #19  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Оффтоп:
Behzod Saidovning e'tirozlariga ko'ra(o', q, g', h haqidagi) ruxsatingiz ila g'azal matnini va sharhini lotin alifbosida keltururmen.
Mashhur va manzur bu g'azal hazrat Nizomiddin mir Alisher Navoiyning qarilik lirikasi mahsuli bo'lib< unda shoir ishqiy falsafi mavzuda bahs etadi.
G'azal usluban ta'rif-tavsif turida yaratilgan. Asarning maqsad-mohiyati o'n sakkiz yoshdagi manzur(nazarda tutilgan muayyan siymo) malohatini vasf etishga qaratilgan/ Lekin bu vasf inson umrining navqiron pallasi hamda husnu jamol haqidagi falsafiy mushohadalar bilan yo'g'rilgan. Chunonchi g'azalning birinchi baytida o'n sakkiz yoshli dilbarning sarvinozligidan ko'ra, uning shu yoshdagi ma'naviy-ruhiy ahvoli tasviriga kuchli urg'u berilgan. "On sakkiz ming olam" - badiiyatda timsolga aylangan turg'un so'z birikmasi bo'lib? u butun borliq o'n sakkiz ming olamdan iborat, Tangri taollo olamni O'n sakkiz ming qilib yaratgan degan tasavvurlardan kelib chiqqan.
Ответить 
Старый 12.11.2008 10:35   #20  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Undan avval g'azal terminalogiyasiga oid ba'zi so'zlarni izohini ko'rib chiqsak.
Цитата:
Matla'- g'azalning birinchi bayti, undagi misralar o'zaro qofiyalanib keladi, qolgan baytlardagi juft misralar matla'dagi misralarga qofiyalanib keladi.
Bayt- arab tilidan olingan so'z bo'lib, "uy" ma'nosini bildiradi. Ikki misra she'r.
Misra- arab tilidan olingan so'z bo'lib "eshikning ikki tabaqasi" degan ma'noni bildiradi. Bir qator she'r.
Qofiya- Arab tilidan olingan so'z bo'lib "ergashtiruvchi" degan ma'noni bildiradi. Ritmik jihatdan uyushgan nutqda< ya'ni she'riy misralarning muayyan bir o'rnida, ko'proq misra so'ngida so'zlarning ohangdosh bo'lib kelishi. Masalan, yuqoridagi g'azalda boshindadur, yoshindadur, qoshindadur, naqqoshindadur, toshindadur, xuffoshindadur so'zlari qofiyadosh so'zlardir.
Maqta'- G'azalning oxirgi bayti bo'lib<, unda shoirning adabiy taxallusi keltiriladi.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх