Jahon xalqlari maqollari
• Daraxt qanchalik yuksak bo'lsa bo'lsin, baribir yaproqlari yana yerga to'kiladi.
• Boshqalarga ta'na qilgandek o'zingga ta'na qil, o'zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir. • Muvaffaqiyatsizlik insonga ko'p narsalar o'rgatadi. • Bir onlik g'azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan. • Tog'larga chiqmagan, uzoqlarni ko'rolmas. • Biron narsa sotib olsang quloq bilan emas, ko'z bilan ish tut. Xitoy xalq maqollari |
• Och qolmagan inson nonning qadrini bilmas.
• Jahannamga olib boradigan yo'lda yurish osondir. • Birovning haqi yeyilsa ham, hazm bo'lmaydi. • Hamir qilishni hohlamagan besh kun un elarmish. • Oq soch aqlning emas, qarilikning ishorasidir. Grek xalq maqollari |
• Fursati kelmaguncha iste'dodlar oz ishga yaraydi.
• Har aqlsizga hayron bo'lish bilan boshqa bir aqlsiz maydonga chiqadi. • Ideallar yulduzlar kabidir, ularni tutib bo'lmaydi, ammo qorong'i kechalarda yo'limizga ular rahbarlik qiladilar. • Otalar tabiat yaratgan bankirlardir. • Toza vijdon kabi yumshoq yostiq yo'qdir. Fransuz xalq maqollari |
• Og'rigan bosh, yig'lagan ko'z yashirilmas.
• Yig'lasa onam yig'lar, boshqasi yolg'on yig'lar. • Og'ir qozon kech qaynar. • Og'riqsiz bosh mozorda bo'ladi. • Ochiq yaraga qurt tushmas. • Odam eshagidan, xotin to'shagidan ma'lum. Turk xalq maqollari |
• Olmos olmos bilan kesiladi.
• Do‘zax ezgu ishlar bilan o‘ralgan. • Ishtaha ovqat payti keladi. • Balo – yaxshi o‘qituvchi. • Falokat kamdan-kam holatda bir o‘zi keladi. • Moli kam odam kambag‘al emas, ko‘p mol istovchi odam kambag‘al. Ingliz xalq maqollari |
• Kuchsiz odam – hammaning dushmani.
• Odamning qaeri og‘risa, qo‘lini o‘sha yerga qo‘yadi. • Kulol ko‘za sopini qaerga xohlasa, o‘sha yerga qo‘yadi. • Mehmon mehmonni ko‘rolmadi, mezbon ikkalasini. • Birov uchun harakat qil, o‘zing uchun o‘rgan. • Kasal bo‘lmagan sog‘likning qadriga yetmaydi. Abxaz xalq maqollari |
Öèòàòà:
|
yuqoridagi maqolni o'qib
Sherga tishi o'tmagan bo'rini talaydi.
(Yangi o'zbek xalq maqoli) |
Öèòàòà:
|
* Ko'rmaganning ko'rgani qursin.
* Dunyo kuysa kuysin, devonaning kabobi pishsin. (O'zbek xalq maqollaridan) |
Òåêóùåå âðåìÿ: 17:05. ×àñîâîé ïîÿñ GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä:
OOO «Åäèíûé èíòåãðàòîð UZINFOCOM»