uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Pascal, Delphi & Builder (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=165)
-   -   Delphida muammo!!! (https://uforum.uz/showthread.php?t=15232)

Ustoz 03.04.2011 18:24

Delphida muammo!!!
 
Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar!
Men Delphida so`zlar bilan ishlaidigan dastur tuzayotgan edim, so`zlar shu darajada ko`payib ketdi-ki (massiv) kompilyator uni exe qilolmayapti. Ilgari Pascal bilan shunaqa muammo bo`lganida qandaydir bir yo`l bilan kompilyatorsiz exe fayl qilsa bo`lardi (hozir esimda yo`q, lekin bir necha bor qilganman), Delphida ham shunaqasi bormi? Bilsanglar maslahat beringlar.

OmoN 04.04.2011 16:06

Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 535607)
Delphida ham shunaqasi bormi? Bilsanglar maslahat beringlar.

Бошқачароқ йўли бор.
1) Агар сўзларнинг сони жудаям кўп бўлса .txt ёки биронта иккилик файлга ёзиб олишингиз мумкин. Лекин кодировка (UTF-8) билан муаммо чиқишига тайёр туринг.
2) Яхшиси тинчгина БД га ёзиб қўя қолинг. Барча муаммолардан биратўла қутуласиз. БД сифатида firebird ни тавсия қилган бўлардим.

Janbolat 04.04.2011 17:04

Nima hato bervotti uzi?

German Stimban 04.04.2011 18:04

Дастлабки код ва хато форумга ёзинг.

Ustoz 05.04.2011 19:02

Цитата:

Сообщение от Janbolat (Сообщение 536040)
Nima hato bervotti uzi?

"Too many local constant. Use shorter procedure." Muammo shunda-ki kompimning hotirasi kam, kompilyatorda kompilyatsiya qilish uchun uning hotirasi yetmayapti, Pascalda ham shunaqa bo`lgan edi, nima qilganim esimda yo`q ancha bo`ldi, ammo bu muammo hal qilingan edi. Dastur tuzilaverardi-da, kompilyatordan chiqib DOSning o`zida Pascalning boshqa fayli bilan kompilyatsiya qilinar edi, menimcha Delphida ham buning iloji bo`lishi kerak deb o`ylayman, yoki osonroq qilib hotirani kengaytirib qo`taqolgan ma`qulmikan? ;)

Ustoz 05.04.2011 19:16

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 536002)
Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 535607)
Delphida ham shunaqasi bormi? Bilsanglar maslahat beringlar.

Бошқачароқ йўли бор.
1) Агар сўзларнинг сони жудаям кўп бўлса .txt ёки биронта иккилик файлга ёзиб олишингиз мумкин. Лекин кодировка (UTF-8) билан муаммо чиқишига тайёр туринг.
2) Яхшиси тинчгина БД га ёзиб қўя қолинг. Барча муаммолардан биратўла қутуласиз. БД сифатида firebird ни тавсия қилган бўлардим.

Unaqa qilolmayman, men dasturchimasman, uni yaxshi tushunmayman, qachonlardir qolip qilib olib haligacha shu qolipning faqat matnini o`zgartirib yuribman, BD bilan ishlamoqchi bo`lganimda bu yaxshi fikr emasligini aytib massivlar bilan ishlashni maslahat berishgan edi, shu-shu massivlar bilan ishlayman.

OmoN 05.04.2011 23:13

Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 536630)
BD bilan ishlamoqchi bo`lganimda bu yaxshi fikr emasligini aytib massivlar bilan ishlashni maslahat berishgan edi, shu-shu massivlar bilan ishlayman.

:) massiv bilan BD ni solishtirish noo'rin. Dastur kodida judayam ko'p konstantalar bo'lgani uchun delphi kompilyatsiya qilolmayapti. Demak boshqa usulni qo'llash kerak. Source code ni ko'rsata olasizmi? Balki shu yerda birgalashib qilarmiz...

OmoN 06.04.2011 14:11

Масаланинг қўйилишини ёзсангиз бошқа усулда ҳал қилишга уриниб кўрамиз.
ПС: Дельфида ишламаганимгаям анча бўлди.

Ustoz 06.04.2011 15:30

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 536721)
Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 536630)
BD bilan ishlamoqchi bo`lganimda bu yaxshi fikr emasligini aytib massivlar bilan ishlashni maslahat berishgan edi, shu-shu massivlar bilan ishlayman.

:) massiv bilan BD ni solishtirish noo'rin. Dastur kodida judayam ko'p konstantalar bo'lgani uchun delphi kompilyatsiya qilolmayapti. Demak boshqa usulni qo'llash kerak. Source code ni ko'rsata olasizmi? Balki shu yerda birgalashib qilarmiz...

Ilgari o`zim ozgina bol`sa ham tushunardim, hozir esa yetti yil bo`ldi, faqat matnni o`zgartirib dasturni yangilab o`tiraman. Mana ko`d:
procedure TDars_Form.FormShow(Sender: TObject);
begin
soz:='45';
{---------- 1 Dars --------}
Uzb[1,1]:='yutuq, muvaffaqiyat, g`alaba'; Eng[1,1]:='achievement';
Uzb[1,2]:='hayratlanarli, qoyilmaqom, ajoyib'; Eng[1,2]:='amazing';
Uzb[1,3]:='qadimgi, qadimiy, ko`hna'; Eng[1,3]:='ancient';
........
Dars_Max[1]:=100;
{---------- 2 Dars --------}
Uzb[2,1]:='1) hisobchi; 2) (yuridk) javobgar'; Eng[2,1]:='accountant';
Uzb[2,2]:='aerobika'; Eng[2,2]:='aerobics';
Uzb[2,3]:='ta`sirini o`tkazmoq, mug`ombirlik qilmoq';
.....
Dars_Max[2]:=126;
..... va hakazo
i:=1;
tj:=0;
Label3.Caption:=IntToStr(i)+'.';
label1.caption:=Uzb[Dars,i];
edit1.text:='';
end;

Mana shu va hakazosi ko`payib ketdi. Shu sababli hotira yetmayapti. Hurmatli Omon, agar iloji bo`lsa mummoni shunda hal qilsak-de, keyingi dasturlarimga boshqa ilojini topsak, yaxshi bo`lardi, chunki men buni bitirib olishim kerak. Bu tipdagi dasturlarim juda ko`p, boshida qilinayotganda albatta bunday kattalashib ketishi hech kimning hayoliga ham kelmagan, agar BD bilan ishlashning iloji bo`lsa o`zim ham yo`q demasdim, ammo BD bilan alohida ishlaymanu, Delphi bilan kelishtirolmayman.

Janbolat 06.04.2011 17:38

bu dasturning vazifasi nima uzi?
Bu kursatgan kodingiz boyicha dars o'tasizmi?


Текущее время: 20:20. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»