AKT bo'yicha yangi qonunlar
Ta'lim muassasida AKT bo'yicha ma'sul degan mutaxassisga qanaqadir ish haqi beriladimi? Yangi qonunlar haqida kim nima biladi? Masalan E-hukumat loyihasi haqida...
|
Yaqinda Vazirlar Mahkamasi AKTga oid bir qarorida:"...davlat muassasi web sayti qoniqarli ishlaganda, shtat bo'yicha ishlovchi xodimga ish haqiga 50% ustama berilsin" degan mazmunli joyini o'qigandim.
|
Цитата:
Цитата:
Оффтоп: qayerdaligini bilmadim |
Юқоридаги ҳуқуқий меъёрий ҳужжатлар сифатида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 30 декабрдаги "Интерактив давлат хизматлари кўрсатишни ҳисобга олган ҳолда Интернет тармоғида Ўзбекистон Республикасининг Ҳукумат портали фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги 378-сонли
ҳамда 2013 йил 25 январдаги "Ахборот-коммуникация технологияларини жорий қилиш ва ривожлантириш бўйича лойиҳаларни амалга ошириш учун давлат буюртмасини шакллантириш ва молиялаштириш тартиби тўғрисидаги Низомни ва Вазирликлар, идоралар ва бошқа ташкилотларнинг замонавий ахборот-коммуникация технологияларини жорий қилиш ва ривожлантириш учун масъул бўлган ихтисослаштирилган таркибий бўлинмаларининг штатдаги ходимларини моддий рағбатлантириш тўғрисидаги Намунавий низомни тасдиқлаш ҳақида"ги 18-сонли қарорларини назарда тутган бўлсангиз керак. http://www.lex.uz/Pages/GetPdf.aspx?file=2118310.pdf http://www.lex.uz/Pages/GetPdf.aspx?file=2127978.pdf |
Цитата:
Agar yaxshi tushunadiganlar bo'lsa, yana ba'zi savollarim bor edi. Shu №18 qaror bo'yicha: 1) Bu qarorda nazarda tutilgan davlat tashkilotlari tarkibiga Akademik Litsey va KHKlar ham kiradimi? 2) Agar Akademik Litsey va KHKlar ham shu tarkibga kirsa, shu kollej yoki litseylarda Markaz va hududiy boshqarmalarning turli xatlariga javob berishda "AKT bo'yicha ma'sul" deb ataluvchi xodimga qandaydir moddiy yordam bo'ladimi? 3) Bu Qaror qachon kuchga kirar ekan? Ko'zda tutilgan xodimlarning ish haqiga 50% ustamani qachondan boshlab qo'shib beriladi? Masalan men kollejda o'qituvchi bo'lib ishlayman. Kollejning web saytini bir o'zim tuzganman, uning administratorligini ham men bajaraman. LEKIN hech qanday ish haqi to'lanmaydi hozirgi kunda. Borgan sari kollej saytining faoliyatiga talab kuchayyapti, lekin pul to'lanmaydi. Dastlab, shunchaki yordam sifatida qilgan edim. Kollej saytini barcha talablarga javob beradigan qilib, faoliyatini yaxshilashim mumkin, lekin bunga ish haqi to'lanishi kerak. Yuqoridagi 18 qarorda adashmasam bog'liq joyi bo'lsa kerak. Agar bog'liq joyi bo'lsa, taxminan qachon kuchga kirar ekan bu qaror, qachon kollej yoki litsey veb sayti administratorlariga ish haqi beriladi? Ozgina fikr. TVda bir marta tanqidiy ko'rsatuv ko'rgandim, davlat muassasalari veb saytlarining holati to'g'risida. Ish haqi to'lanmagandirki, saytning holati qoniqarsizdir, deb gapirishmagan edi. Masalan markaz.uz faoliyatini kim yuritadi? Uning administratoriga ish haqi to'lanadimi? Balki yetarli ish haqi berilmas, VM 18 qarorga ko'ra ish haqiga 50% ustama qo'shilsa, hozirga holatidan tubdan farq qiladigan tarzda ijobiy faoliyat ko'rsatib qolar... Bularning barchasi AKTga oid qonunlarda aks etgan. Mana yaqinda Janubiy Koreyalik mutaxassislar shartnoma asosida ishga kelishibdilar. Kim Nam Sok AATT qo'mitasi direktori o'rinbosari sifatida ishga kirishibdi. Maqsad "Elektron-hukumat" loyihasini yo'lga qo'yishda yordam berish ekan. Juda hursand bo'ldim. AKTga oid yangi qonunlar yana chiqsa kerak deb taxmin qilyapman. |
Цитата:
Цитата:
Цитата:
|
Цитата:
Savollar ko'p, aniqlik kam. Ish haqi to'lanmagan joyda ma'sul bo'ladimi? O'qituvchining vazifasiga kirmasa, "Dasturchi-muhandis" zimmasidami bu ish? Uning ish haqi qancha bo'ladi? Demak barcha Akademik litsey va KHKlarda "Dasturchi-muhandis" ish o'rni bor ekanda? |
Цитата:
|
Цитата:
Таълим муассасаси раҳбарияти веб-сайти яратиш вазифасини "Мухандис дастурчи" ("ЭҲМ мухандиси" )-га, уни янгилаб бориш топшириғини эса "ЭҲМ оператори"-ига юклаши мумкин. |
Hozirgi kunda maktablarning web-saytini yaratishni informatika fani u'qituvshilariga yuklamoqda. Nega web-saytni ishlamaysan, qashon tayyor buladi va hokazo topshiriqlar odamni qiynaydi. Maktab web-saytini yaratishni maktab direktori faqat informatika fani u'qituvshilariga yuklap quyishlari tog'rimikan. Informatiklarning boshqa ishi yoqmi. Darsga tayyorlanishi, yana u'qituvshilarni AKT kurslarini o'qitish, xisobotlari, ZiyoNET buyisha maktabda masul xodim va h.k. ....
Boshqa fan o'qituvshilarinig web-sayt bilan ishi yoq. Web-sayt faqat informatika fani u'qituvshilariga va direktorlarga kerakmi. Web-saytga malumot bering dep informatik u'qituvshi yuradi faqat. Bunga sizning fikringiz qanaqa. Boshqa maktablarda web-saytlar qanaqa yaratilgan va yaratilmoqda. web-sayt :dash2: |
Текущее время: 23:54. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»