Яхши китоб экан (!)
Ассалому алайкум... хурматли форум аҳли... Ўзбекистонда нашр қилинган турли хил китоблар бор.... Уларнинг орасида яхшилари кўп... келинглар ушбу мавзуда ўзимизга ёққан китобларни кўпчиликка тақдим қилиб борамиз.... эшитмаган, билмаган, кўрмай қолганларга бу мавзу асқотиши мумкин
|
Оффтоп: мавзуни номини "Ўзбекистонда нашр қилинган китоблар хақида фикр ва мулохазалар" ўзгартирса яхшироқ бўлар эди. |
"Миллий журналистика тарихи", Муаллиф Назира Абдуазизова, 2 жилд. Тираж 1000 дона.... Шарқ нашриёти....
Тиражи кам.... аммо яхши китоб экан.... |
Hozir Pirimqul Qodirovning yana kitoblari chiqibdi deb eshitdim ("Yulduzli tunlar", "Avlodlar dovoni"dan tashqari). Gavharshodbegim haqida o`quvdim, yana chiqqanmish, qanaqa kitob u?
O`g`limni doim urushaman: "Kitob o`qishday baxtdan o`zingni mosuvo qivossan, rasmi qimirlaydigan qutichaga baqrayib o`tiravermay kitob o`qi" deymanu, ming afsus o`zim kitob o`qimaganimga ancha bo`di, yo`q, o`qiyman, faqat soham bo`yicha, badiiy asar o`qimaganimga, ohirgi o`qiganim - o`sha Gavharshodbegim haqida maza qilib o`qidim yaqinda, qachonligiyam esimda yo`q. Keyin, o`qisam ko`zlarim tinadigan bo`b qolgan, vaqtingiz va imkoniyatingiz borida o`qib qoling. |
Цитата:
Faqat, Abo aka, bu mavzuni "Ijod xususida so'z" bo'limida emas, umimiy bo'limda ochsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi... Moderatorlarimizdan, ushbu xususda yordam kutib qolamiz... |
Цитата:
|
Оффтоп: Yaxshi bo'lardi agar faqat badiy yoki ommabop kitoblar haqida so'z yuritsak, sababi mutaxassisligimiz bir birimizga to'g'ri kelmasligi mumkin agar maxsus kitoblarni sanab o'tsak. |
[MOD]
Hurmatli forumdoshlar! Agar qarshi bo'lmasangiz mavzuni Kutubxona bo'limiga o'tkazaman. [/MOD] |
Tohir Malikning "Kelinlar daftariga" (3 ta jild - 8900 so'm) kitobini sotib oldim.
Kitobda nafaqat kelinlarimiz, balki kuyovlar, qaynona-qaynotalar ham o'qishlari zarur bo'lgan ham diniy, ham dunyoviy, ham axloqiy zaruriy ma'lumotlar, tavsiya va nasiyhatlar bor ekan. Yaxshi odamlarning kitoblari ham yaxshi bo'ladi. Sizga ham tavsiya etamiz. |
Цитата:
|
Текущее время: 11:27. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»