uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Библиотеки (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=412)
-   -   Яхши китоб экан (!) (https://uforum.uz/showthread.php?t=12497)

ilm izlagan 29.09.2010 20:24

"Беш қаватли уйнинг олтинчи қавати" (Анор асари, Озарбайжон). Асар "Жаҳон адабиёти"да чоп этилди.

ilm izlagan 29.09.2010 20:27

Цитата:

Сообщение от AbuMuslim (Сообщение 449239)
Ҳамдам Содиқов. "Амир Темур салтанатида хавфсизлик хизмати" (тарихий бадиалар) Адади 5000 нусха экан... яхши китоб экан... (!)

Менга ҳам ёқди. Бир қарашда тарих ҳақида яхши маълумот берадиганга ўхшайди. Лекин, илмий асарда ундан фойдалана олмайсиз, чунки китоб ичида бирорта манба кўрсатилмаган.

Нега бундайлигига менинг ақлим етмади.

Имкони борлар, муаллифдан сўрашлари мумкинми?

AbuMuslim 07.10.2010 01:43

«Тарихи Рашидий»

«Тарихи Рашидий» XVIII асрдан бошлаб ҳозиргача дунёнинг 10 дан ортиқ тилларига таржима қилингандир. Жумладан, инглиз (бир неча маротаба), немис, француз, хитой, қозоқ, турк, уйғур, рус, қирғиз ва бошқа тилларга ўгирилганини ҳисобга олсак, ўз тарихимиз ва маънавиятимизнинг мумтоз манбаи бўлган «Тарихи Рашидий» аллақачонлар ўзбек тилига таржима қилиниши лозим эди....

http://e-tarix.uz/milliyat-insholari...-rashidiy.html

Kavsar 14.10.2010 00:04

Цитата:

Сообщение от AbuMuslim (Сообщение 459991)
«Тарихи Рашидий» XVIII асрдан бошлаб ҳозиргача дунёнинг 10 дан ортиқ тилларига таржима қилингандир. Жумладан, инглиз (бир неча маротаба), немис, француз, хитой, қозоқ, турк, уйғур, рус, қирғиз ва бошқа тилларга ўгирилганини ҳисобга олсак, ўз тарихимиз ва маънавиятимизнинг мумтоз манбаи бўлган «Тарихи Рашидий» аллақачонлар ўзбек тилига таржима қилиниши лозим эди....

Bir hafta ilgari Chorsu bozorida ko'rdim, narxi 35000. Haqiqatan yaxshi kitob ekan. Hali men ololmadim afsus. Yana bir shunga o'xshash kitob nashrdan chiqibdi. "Axloqi Muhsiniy" yoki "Axloqi Koshifiy" edi. Qizil rangli, qo'lyozma matnlari bilan berilgan kitob ekan. Faqat bir bor ko'rdim. (shoshib turgan edim). Narxi 55/60 atrofida edi. Uzr bu manbani ilk bor ko'rishim, shu sabab ma'lumotga ega emasman. Iltimos, shu haqda bilsangiz ozgina info berib yuboring u qanday kitob o'zi? So'raganni aybi yo'q. Oldindan tashakkur.

Nigora Umarova 15.12.2010 11:32

Publitsist va yozuvchi Dadaxon Nuriyning "Niqobsiz Amerika" kitobini o'qib chiqdim. Unda AQShlarining iqtisodiy islohatdagi yutuqlari, ma'naviy bo'hronlari, ta'lim, iqtisod, san'at, u yerdagi aholining urf-odatlari, o'zaro munosabati, mamlakatga kelib qolish tarixi sayyoh nuqtai nazaridan boshqa mamlakatlar bilan taqqoslangan holda yozilgan ajoyib kitob ekan. Kitobni o'qish jarayonida AQShga sayyohat qilgandek bo'ldim.
Bugun esa "Shahidlar xotirasi" xayriya jamg'armasi tomonidan chiqarilgan "Tarixning noma'lum sahifalari" kitobining II qismining mutolaasini tugatdim. Kitobga ilmiy maqolalar, hujjat va materialllar, xotiralar kiritilgan.
Kitobni o'qish jarayonida hujjatlar bilan tanishib inso o'sha davrdagi ijtimoiy hayot, qatag'onning sababi, vaj va karsonlari, oqibati bilan tanishadi.
San'at arbobi Iskandar Musabekovning xotirasini o'qib sov tuzumining "siyosiy o'yinlari", professor Fitratning uchinchi rafiqasi Fotimaxonimning qizi Dilbar Rashidovaning xotirasini o'qib Fitrat va Mahmudxo'ja Behbudiylarning biz uchn no'ma'lum bo'lgan qirralari, qilgan ishlari bilan tanishib chiqish mumkin.

albatros 07.05.2011 10:52

Цитата:

Сообщение от AbuMuslim (Сообщение 382076)
Ассалому алайкум... хурматли форум аҳли... Ўзбекистонда нашр қилинган турли хил китоблар бор.... Уларнинг орасида яхшилари кўп... келинглар ушбу мавзуда ўзимизга ёққан китобларни кўпчиликка тақдим қилиб борамиз.... эшитмаган, билмаган, кўрмай қолганларга бу мавзу асқотиши мумкин

Ushbu sahifa qaysidir ma'noda "Mening kitob javonim" bo'limiga o'xshab ketar ekan.Menimcha shu bo'lim orqali ham ma'lumotlarni kiritsa bo'laveradi.
Shunday bo'lsa ham o'zimni fikrlarimni bu bo'limga ham kiritib o'taman.Mening yoqtirgan kitoblarim: O'.Hoshimovning "DAftar hoshiyasidagi bitiklar",A.Konan Doyl "Doktor Vatson va Sherlok xolms haqida hikoyalar" kitobi,Deyl Karnegining "Odamlarga ta'sir ko'rsatish(do'stlar ottirish)" haqidagi va "Bezovtalik ofati"kitoblari.

Otabek 06.09.2011 13:57

Цитата:

Сообщение от Masud Mahsudov (Сообщение 408008)
Aha, umuman olganda Teodor Drayzerning aksariyat asarlari mana shunday g'amgin ruhda yozilgan. Sal boshqacharoq, jonliroq chiqqan asari, yuqorida aytganimdek, "Finansist". Uning asarlarining qaysidir jihatlarini Dostoevskiyga o'xshataman. Dyumaning "Malika Margo" va "Grafinya de Monsoro"lari ham o'qishga arzigulik.

Dan Brownning "Farishtalar va Shaytonlar", "Da Vinchi kodi" asarlarini o'qib chiqishni tavsiya qilaman, judayam qiziqarli va faktlarga boy.

"Yo'qolgan tumor" (Lost symbol) asarini esa, endi boshlaganman, oxiriga yetsam, keyin qanaqa ekanini yozaman.

Shu "Farishtalar va Shaytonlar"ni o'zbek tilida qayerdan topsa bo'ladi, ayta olmaysizmi?

Masud Mahsudov 07.09.2011 08:32

Цитата:

Сообщение от Otabek (Сообщение 605710)
Shu "Farishtalar va Shaytonlar"ni o'zbek tilida qayerdan topsa bo'ladi, ayta olmaysizmi?

Menimcha, hali o'zbekchaga tarjima qilingani yo'q bu asar... Menda o'rischa va inglizcha variantlari bor...

Loock 23.12.2011 22:41

Men shoirimiz O'.Hoshimov ning "O"ZBEKLAR", "Dunyoning ishlari" kitoblarini maroq bilan o'qib chiqqan edim. Sizlarga ham taklif etaman zo'r kitoblar (o'zi barcha kitoblar zo'r) ekan, o'qib chiqing o'zingiz guvoh bo'lasiz.

Nigora Umarova 24.12.2011 09:18

Цитата:

Сообщение от Loock (Сообщение 665032)
Men shoirimiz O'.Hoshimov ning "O"ZBEKLAR", "Dunyoning ishlari" kitoblarini maroq bilan o'qib chiqqan edim.

Darhaqiqat, ma'nosi teran va chuqur, insonni fikrlashga undaydigan asar "Dunyoning ishlari". "O'zbeklar" to'plamida ham umuminsoniy va milliy qadriyatlar mujassamlashgan hikoyalar jamlangan.
Оффтоп:
O'tkir Hoshimov shoir emas, yozuvchilar. Nasrda ijod qiladilar, nazmda emas.


Текущее время: 20:19. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»