uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Маърифат (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=603)
-   -   Қўшиқ айтаётган одам (https://uforum.uz/showthread.php?t=16108)

AbuMuslim 14.08.2011 04:50

Қўшиқ айтаётган одам
 

Бугунги қўшиқлар касалманд. Унга ташхис қўйиб, даволаш йўлларини излашга эҳтиёж бор. Буни ҳеч ким инкор этмайди. Қўшиқларда ҳаёсиз, асаббузар вируслар кўп. Айниқса, бир мақомда бир сўз тинимсиз такрорланадики, бунинг санъатга қандай дахли бор, англаш қийин.

Мактаб ёшидагилар нари турсин, боғча боласининг ҳам ўша қўшиқларга маҳлиё бўла бошлагани ҳақиқат. Бу кетишда боланинг маънавий-руҳий оламида ямаш имконсиз баҳайбат йиртиқлар пайдо бўлади. Қўшиқ санъатида бамаъни сўз, завқли мусиқа, гўзал оҳанг ўрни ва аҳволига баҳо бера билмайдиган дидсиз калтабинлар авлоди шаклланади. Бу хатарли. Радио ва телевизорда берилаётган «замонавий эстрада» намуналарида ўзбекона табиатимизга, мусулмонча урф-одатларимизга номувофиқ беҳаё қилиқлар (қитмирлик, дегани тўғрироқ) бор. Маънавий юк, масъулиятдан гап очилгудек бўлса, дарҳол моддият, пули тўлангани рўкач қилинади, бизнес замонида яшаётганимиз эслатилади. Қўшиқчиликдан мақсад пул эканини яширишмайди.

Шарм-ҳаё, иффат, одамийлик, уят, андиша туйғуларини оёқ ости қилаётган пул! Шу билан бирга қўшиқ айтаётган одам машҳур бўлишни; тарих саҳифаларида ном қолдиришни ўйлар экан...


давоми: info.islom.uz

Ҳозирги қўшиқ айтаётганларнинг ўртача "портрети" қандай? Ким билади?

labzak 11.09.2011 16:51

Hozirgi qo'shiq aytuvchilar fikrlash doirasi tor, g'arbdan kirib kelgan madaniyat bilan zaharlangan inson!

myu 11.09.2011 17:25

Оффтоп:
Хозирда куйланаётган кушикларни эшитиб, мен хам шеър ёзсаммикин деб, уйлаб коламан,шеър ёзишни булмасам хам...

Shokir Dolimov 11.09.2011 21:07

Хайрият, бу дунёда мен ёлғиз эмас эканман :) . Экранда микрофон ушлаб олиб «қўшиқ» айтаётган бирортасини кўриб, кимлигини сўрасам «Ҳаётдан жуда орқада қолиб кетгансиз-да, дада. Ахир бу фалончи-ку!», дейди ўғлим. Ростини айтсам, ана ўшанақа «қўшиқ айтаётган одамлар» ва хотин-қизларимиз учун мўлжалланган турли-туман сериаллар дастидан ўзимизнинг телеканалларимизни (информацион дастурлардан ташқари) кўрмай қўйганман.

Shuhrat Ismailov 12.09.2011 00:11

Оффтоп:
Барча мутахассисларга саволим бор.
Қўшиқ билан ашула сўзларининг фарқи борми? Агар бўлса тушунтирворинглар, илтимос.

Kavsar 12.09.2011 07:31

Цитата:

Сообщение от AbuMuslim (Сообщение 594793)
Ҳозирги қўшиқ айтаётганларнинг ўртача "портрети" қандай?

Nazarimda ilgari juda ko'p qo'shiqchilar xalqni o'ziga ergashtirgan bo'lsa, hozirgilari (bundan ba'zi haqiqiy san'atkorlar mustasno) xalqni ortidan (ba'zi ma'naviy estetikaga ega bo'lganlar bundan mustasno) ergashib ketyapti. Sifat buzilisining sababi shundadir ehtimol.

Har qanday vaziyatda ham chin san'atkor o'z prinspida tura oladi. U faqat muxlislari uchun emas, barchaga hidoyat nuridan ulashish uchungina ijod qiladi. Mana shunday san'atkorning qo'shiqlari xalq orasida boqiy qolishiga, insoniylikka xizmat qilishiga ishonish mumkin.

Har bir sohada agar inson niyatni to'g'ri tanlay olmasa maqsaddan adashadi. Qo'shiq kuylash ham modomiki kishi ruhiyatini tarbiyalashga qaratilgan ekan, bu ham bir Alloh yo'lidagi ibodat bo'lsa kerak....

labzak 13.09.2011 00:55

Цитата:

Сообщение от Kavsar (Сообщение 608419)
Цитата:

Сообщение от AbuMuslim (Сообщение 594793)
Ҳозирги қўшиқ айтаётганларнинг ўртача "портрети" қандай?

Nazarimda ilgari juda ko'p qo'shiqchilar xalqni o'ziga ergashtirgan bo'lsa, hozirgilari (bundan ba'zi haqiqiy san'atkorlar mustasno) xalqni ortidan (ba'zi ma'naviy estetikaga ega bo'lganlar bundan mustasno) ergashib ketyapti. Sifat buzilisining sababi shundadir ehtimol.

Har qanday vaziyatda ham chin san'atkor o'z prinspida tura oladi. U faqat muxlislari uchun emas, barchaga hidoyat nuridan ulashish uchungina ijod qiladi. Mana shunday san'atkorning qo'shiqlari xalq orasida boqiy qolishiga, insoniylikka xizmat qilishiga ishonish mumkin.

Har bir sohada agar inson niyatni to'g'ri tanlay olmasa maqsaddan adashadi. Qo'shiq kuylash ham modomiki kishi ruhiyatini tarbiyalashga qaratilgan ekan, bu ham bir Alloh yo'lidagi ibodat bo'lsa kerak....

Qo'shiqni foydasidan ko'ra zarari ko'proq deb eshitganman !

Kavsar 13.09.2011 05:37

Цитата:

Сообщение от labzak (Сообщение 608977)
Qo'shiqni foydasidan ko'ra zarari ko'proq deb eshitganman !

Men ham eshitgandim, lekin bu gapga qo'shilish qiyin.

Dunyo shaffof bir shishaga o'xshaydi. Uni qaysi rangga bo'yashsa, shunday tovlanadi.
Hatto ilmning ham ofati bor, agar uni yomonlikka sarf qilishsa.

Sami Yusuf yoki Mahir Zain kuylagan salowatlarning zararidan ko'ra foydasi ko'proq bo'lsa kerak.
Bunda hamma narsa insonning o'ziga, nima va qanday narslarni eshitishiga bog'liq.

Lekin savolda asosan, qo'shiqchilarning portreti so'ralgan.

Abdumalik Ismailov 13.09.2011 12:28

Hozirda o'zini "qo'shiqchi" deb ataydigan, aslida bu san'at turidan ancha yiroq shaxslar va shu shaxslar hisobiga mumay daromad topayotganlar qo'payib ketdi. Jonli ijro etadiganlarni kunduzi sham yoqib topish qiyin bo'p qoldi. Yurgan yo'lida fonograma. XATTO TO'YLARDA HAM FONOGRAMAGA OG'ZINI QIMILLATADIGANLAR JUDA KO'P.

O'zim guvoh bo'lganlarim: Ozodbek Nazarbekov, Sardor Raximhon, Sharof Muqimov va boshqa sanoatkorlar. To'y egalari ularga 300 dollar deb yozilgan oq qog'oz berishmaydiku, ter to'kib topgan pulidan berishadi.

Aytilayotgan qo'shiqlarni ma'nosi haqida gapirmasa ham bo'ladi. "Sen meni sevasan, men seni sevmayman" kabi qo'shiqlar bosib ketgan. Bir opoy "Muhabbatni chiqargandir chidaganga" so'zini bir qo'shiq davomida 40-50 marta takrorlaydi. Ayrim ongi past insonlar bu qo'shiq ostiga o'ynashadi ham.

Abdumalik Ismailov 13.09.2011 13:06

Bugun bir "qo'shiq" eshitib qoldim. Bittasi 3,5 minut davomida allo-allodan nari o'tmadi. Ayrimlar shuni ham san'at deyishadi.


Текущее время: 13:57. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»