uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Кредитные союзы и МФО (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=441)
-   -   Таълим кредити: таклиф ва мулоҳазалар (https://uforum.uz/showthread.php?t=4484)

Masud Mahsudov 25.03.2008 09:14

Таълим кредити: таклиф ва мулоҳазалар
 
Ассалому алайкум. Маълумки, аксарият мамлакатлар сингари, Ўзбекистонда ҳам таълим кредити берилаётгани қувонарли ҳол. Ушбу кредитни олиш, ундан фойдаланиш бўйича қандай фикрлар билдиришингиз мумкин? Келажакда ушбу кредит асосида чет эл олий ўқув юртларида ўқишни молиялаштириш мумкин бўладими?...

Таклиф ва мулоҳазаларингизни кутиб қоламиз

Yulduz Alieva 27.03.2008 15:53

Цитата:

Сообщение от Masud Mahsudov (Сообщение 86294)
Ушбу кредитни олиш, ундан фойдаланиш бўйича қандай фикрлар билдиришингиз мумкин?

Кредитнинг ахамияти яхши, чунки укишни хохлаган хар бир укувчи таълим олиш учун пулни узи топади ва кадрига ета билади.

Nodirbek Mukhamedov 27.03.2008 16:40

Salom. Mani fikrimcha hozirgi kunda bilimga chanqoq yoshlarni safi ko'payib bormoqda. Shu sababli hozirda universitet yoki institutlarda kontrakt to'lab o'qiydiganlar uchun bu ta'lim krediti juda quvonarli hol.:clapping:

Masud Mahsudov 27.03.2008 17:21

Цитата:

Сообщение от Yulduz Alieva (Сообщение 87035)
Кредитнинг ахамияти яхши, чунки укишни хохлаган хар бир укувчи таълим олиш учун пулни узи топади ва кадрига ета билади.

Fikringiz uchun rahmat... albatta, bu tomoni ahamiyatga molik...
Imkon bo'lsa, barcha kontrakt asosida o'quvchi talabalarga kontrakt pulini to'lash uchun o'qishi davomida ham imkoniyat yaratib berilishi kerak (bakalavrlar uchun, chunki magistraturadagilar, aksariyati biror faoliyat bilan mashg'ul bo'ladilar) ... Toki o'sha talabalar ota-onalari, qarindoshlari tomonidan to'langan pulni o'z mehnati bilan qaytarsin...:)

Masud Mahsudov 27.03.2008 17:48

Цитата:

Сообщение от Nodirbek Mukhamedov (Сообщение 87042)
Salom. Mani fikrimcha hozirgi kunda bilimga chanqoq yoshlarni safi ko'payib bormoqda. Shu sababli hozirda universitet yoki institutlarda kontrakt to'lab o'qiydiganlar uchun bu ta'lim krediti juda quvonarli hol.:clapping:

Aha...bilimga intiluvchan yoshlar safi ko'payotgani juda yahshi... Agar imkon bo'lsa, shu bilimga chanqoq yoshlarga chet el universitetlarida o'qishlari uchun ham ta'lim kreditlari ajratilganda, nur ustiga a'lo nur bo'lar edi... Balki ba'zi sabablar bunga to'sqinlik qilar (masalan, chet el ta'limi narxi katta bo'lgani sabab, banklar bunday riskka bormasligi, talabaning o'qib, o'sha erda qolib ketishi va buning natijasida kreditning qisman (yoki to'liq) qaytarilmasligi va hk.)... Lekin nima bo'lganda ham, kelajakda shu kabi kreditlarning banklarimiz tomonidan berilishiga umid qilamiz...:)


Текущее время: 11:09. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»