uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   ZiyoNET (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=372)
-   -   BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ AYOLLAR !!! (https://uforum.uz/showthread.php?t=8130)

olim 02.03.2009 17:44

BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ AYOLLAR !!!
 
Ayollarni qancha ta'riflasang, qancha ardoqlasang shuncha kam. Afsuski, biz bunday qalb so’zlarini turmush tarzimizda kam ishlatamiz lekin ayolar bayrami borki sizlarning dilingizni xushnud qiladigan shurin so’zlar ila tabbasumingizni uyg’otishga muyasar bo’lganimizdan shukrona qilamiz.
Ayol borki olam munavvar deyishadi. Darhaqiqat bani odamzotni, nafaqat odamzotni balki olamlarnida o'z ziyo nurlarida nurafshon etib turgan ayollarimizning yaqinlashib kelayotgan guzallik va nofosat, samimiylik va baxor ayyomi 8-mart Halqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman. Baxoriy guzallik sizlarni xech qachon tark etmasin.
Fursatdan foydalanib "Uforum" ayolarini, opa-singillarimizni va ular orqali butun yurtimiz ayollarini chin dildan baxtimizni bir bo’lagini ulashgan holda tabriklayman.
Bayranimgiz muborak aziz ayollar!!!

Umida Shodiyeva 02.03.2009 22:45

Men shu fursaydan foydalanib barcha o'zbek onalarini va onalarining qizlarini ,dilimning tili ila ayyom bilan muborakbod etgum ,garchi oddiy so'zlar bilan bo'lsa ham .

Onasan,opasan ,singilsan ,qizsan,
Yuraging qo'rini bergan bir gulsan.
Sening uchun boshimni egaman ona,
Sening uchun faqat ,jonim ming dona

Ulugbek Suyunov 03.03.2009 13:32

Men ham barcha opa -singillarimizni, biz uchu yagona bo'lgan onalarimizni yaqinlashib kelayot go'zallik va nafosat bayrami 8- mart Xalqaro xotin qizlar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman! Har doim baxtimizga bor bo'ling qalbingizni hech qachon bahoriy kayfiyat tark etmasin, oruzlaringiz armonga aylanmasin....


Daraxtzorni oralar sabo
Yaproq uzra tongi shabnami
Nega jimsan hayollar aro
Ey yurtimning Bibimaryami

Qadam bossang
Yorishar bog'lar
Nigohingda eriydi muzlik
Sensiz hayot menga mayuslik
Tabiatning ko'rki kamoli
O tengsizim O'zbek ayoli


Bu she'rni qayaerdadir eshitgandim muallifi esimda yo'q biror joyida xato ketgan bo'lsa oldindan uzur.

JUS 03.03.2009 14:29

Мен шоир эмасман..., лекин,
Нима қилай шеър ёзаман-да.
Совға-салом бўлмаса текин,
Ҳеч бўлмаса гап тузаман-да.

Бошим қотган нима қилай деб,
Ахир байрам бугун сизларга.
Январь ойи бўлганмиз-ку еб,
Қайтармоқлик шартдир бизларга.


Байрамингиз муборак бўлсин!!!
Соғлом юринг сиз бахтимизга.
Сиз туфайли нурларга тўлсин!!!
Уйимиз ҳам, хушвақтимизга.

Ўзи асли 8 март,
Тенгсиз байрам, бошқа байрамга.
Шунинг учун ёзаман-да шарт,
Кулиб юринг ҳеч юқмасин гард.


Гулимиз ҳам, пулимиз ҳам сиз,
Сизлар борсиз, бизлар баҳтиёр
Юрагимиз этар доим жиз,
Айтинг, бугун биз сизга дасёр.
Бахтимизга доимо соғ-саломат, хушчақчақ бўлиб юринглар!!! 8-март нафақат сизларнинг байрамингиз, сизлар баҳона эркаклар ҳам маза қилиб дам олишади ва зиёфат қилишади. Буларнинг ҳаммасига сизлар сабабчисизлар, шунинг учун ҳам доимо ёнимизда бўлинглар!!!:)

Behzod Sulaymonov 03.03.2009 15:30

Man ham shu fursatdan foydalanib barcha ayollarni "8-MART" ayyomi bilan samimiy tabriklayman.Bu kun albatta biz erkaklar uchun ham bayramdir.Siz ayollarning sharofati bilan bizlar ham "8-mart" ni katta bayram sifatida nishonlaymiz.Doimo bizlarning baxtimizga sog'-omon bo'lib yuring.Siz ayollar haqida har qancha samimiy tilaklar kamdir...

Husen 04.03.2009 16:05

Муҳтаррам аёллар! Азиз опа-сингиллар!
Барчангизни баҳорнинг илк айёми 8 март - нафосат ва гўзаллик тантанаси билан чин қалбдан муборакбод этамиз.
Аслида, сиз азизларни ҳеч иккиланмай Баҳорга қиёс этиш мумкин..
Унинг ҳар бир ташрифи кўнгилларни илитади,қалбларни яшартиради. Оламни безаган баҳор гуллари, муаттар ҳидлари аслида сиздан нусха олгандир, холос. Баҳор ташлаб кетади, дейишади. Йўқ! Баҳор шунчаки, бизни соғинтиришни яхши кўради. Қадрини билади. Аслида, у энг садоқатли вафодор! Ҳамиша ўз вақтида ташрифи билан кўнгилларни хушнуд этаверади...
Тўғри, Баҳоройнинг ҳам инжиқликлари бор. Очиқ, тип-тиниқ осмон бағрини бир зумда булутлар эгаллаб, жала қўяди. Майин шабода ўрнини дўл эгаллайди. Аммо, бари ўткинчи. Қанча ноз-карашма қилмасин, барибир у атрофни кўкликка чулғаб, чиройини тўлалигича бизга бахшида қилади.
Айёмингиз муборак, Баҳоройлар!!!

Nigora Tursunova 05.03.2009 16:22

Ayollar haqida gap ketarkan, fursatdan foydalanib, Ayollar nega bu kabi ehtiromga loyiq degan savolga javoban bir hikoyani aytib bermoqchiman. “Bahordan nega buncha yoqimli va go’zalsan deb so’rashganda, u ayoldan andoza olganman, degan ekan. Yozdan nega tafting va harorating yuqori deb so’rashganda, u ayol qalbidan andoza olganman, kuz esa ayol saxovatidan nusxa kuchirganman, qish ayol pokligidan andoza olganman degan ekan. Hayotdan buncha chiroylisan va totlisan deyishganda u ayol muhabbatidan andoza olganman deb javob bergan ekan”.

OmoN 05.03.2009 17:09

https://img.uforum.uz/images/7143034.jpg
https://img.uforum.uz/thumbs/9604604.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/7299293.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/5411523.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/7793787.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/4123018.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/5922187.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/3694808.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/3949154.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/6204212.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/2817391.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/5128633.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/1072828.jpg
Иложи булганида хар бирингиз учун алохида жойлаштирардим.

Dilmukhammad Kayumov 06.03.2009 10:48

Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin
O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.
Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg`irlar silaydi faqat,
Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin —
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan.
Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan,
Behuda izlamang sira izlarin —
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor,
Dugonasi Hayo, dugonasi Or.
Ayting, farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?..
Bardoshi oldida tog` — oddiy tuproq,
Ular etagidan jannat bir qadam.
Beayb Parvardigor, degandek biroq,
Yoq emas kichkina kamchiligi ham.
Sevadi,
Kuyadi,
Qiladi alam,
Dorga osing, ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa kuyovga!

TILAGIM SUYUKLI FARZAND, OQILA YOR VA MEHRIBON ONA BO'LISH NASIB AYLASIN.

https://img.uforum.uz/images/7436147.jpg

Behzod Saidov 06.03.2009 14:06

https://img.uforum.uz/images/8991773.jpg

Байрамингиз муборак бўлсин! Энг эзгу тилаклар билан!


Текущее время: 10:04. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»