uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Новости с внешних веб-ресурсов (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=444)
-   -   UzBlogger (автолента) (https://uforum.uz/showthread.php?t=6939)

Avaz Ibragimov 18.11.2008 15:18

UzBlogger (автолента)
 
WordPress 2.7ning Beta 3 versiyasi ham e’lon qilindi. Ushbu nashrda asosan WordPress boshqaruv panelining tashqi ko‘rinishiga tegishli yangilanishlar va o‘zgarishlar mavjud. Bundan tashqari menyu va boshqaruv paneli bosh sahifasiga(Dashboard) tegishli tuzatishlar, 2.7dagi yangiliklardan biri bo‘lgan “Quick Press”dagi tuzatishlar va shu kabi boshqa tuzatishlar mavjud. Ushbu nashrdagi to‘liq o‘zgarishlar ro‘yxati bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.
WordPress 2.7 Beta 3 versiyasini ko‘chirib oling.
Agar siz hozirda Beta 1 yoki Beta 2 nashridan foydalanayotgan bo‘lsangiz, Moslamalar(Tools) -> Yangilash(Update) menyusi orqali WordPressni yangilab olishingiz mumkin.
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=e9IzN</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=bCZQn</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=ilZmn</img>
http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/455128277

Дальше...

Avaz Ibragimov 18.11.2008 15:18

UzBlogger.com 1 yoshga to‘ldi!
 
http://img.uzblogger.com/1.jpg
Ushbu blogni 1 yildan beri o&lsquo;qib, kuzatib yurganingizdan minnatdorman. Kimgadur ushbu blog orqali yordam berishga erishgan bo&lsquo;lsam, uchbu blog befoyda ochilmagan deb hisoblashim mumkin. Keyingi safar kengroq doirada nishonlaymiz degan umiddaman.
Salomatlik tilab,
Avaz Ibragimov
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=6PoBN</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=JyoMn</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=96qRn</img>
http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/454204174

Дальше...

Avaz Ibragimov 18.11.2008 15:18

Mozilla Firefox 3.0.4
 
http://img.uzblogger.com/ff.jpg
Kuni kecha Mozilla Firefox brauzerining navbatdagi — 3.0.4-versiyasi dunyo yuzini ko&lsquo;rdi. Ushbu versiyaga tegishli barcha xavfsizlik va boshqa tuzatishlar va o&lsquo;zgarishlarning to&lsquo;liq ro&lsquo;yxatini ushbu sahifa orqali bilib olishingiz mumkin.

Agar Firefox brauzerining moslamalari orqali yangilanishlarni avto-tekshirish va ular topilgan taqdirda o&lsquo;rnatishni ko&lsquo;rsatgan bo&lsquo;lsangiz, unda Firefox avtomatik tarzda yangilangan bo&lsquo;lishi mumkin. Agar ushbu yangi versiyani o&lsquo;zingiz o&lsquo;rnatmoqchi bo&lsquo;lsangiz uni ko&lsquo;chirib olishingiz lozim. Firefox 3.0.4ni ushbu sahifa orqali ko&lsquo;chirib olishingiz mumkin.
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=pGMzN</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=qYVEn</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=M0XRn</img>
http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/454171832

Дальше...

Avaz Ibragimov 18.11.2008 15:18

Trackback & Pingback
 
Bundan avvalgi postda Behzod Saidov trackback va pingback tushunchalari haqida ma’lumot berishimni so&lsquo;ragan edi, marhamat, trackback va pingback haqida qisqacha ma’lumot.

Trackback
  • Eshmat o&lsquo;z blogida biror mavzuda post yozadi.
  • Toshmat esa Eshmatning blogida sharh qoldirmoqchi lekin, uning sharhini o&lsquo;z blogidagi o&lsquo;quvchilari ham ko&lsquo;rishini va uning blogida sharh qoldirishlarini hohlaydi.
  • Toshmat o&lsquo;z blogida Eshmatning yozgan mavzusiga tayanib/asoslanib post yozadi va uning blogiga tracback(kuzatish/e’tibor berish uchun bog’) yuboradi (masalan, “mening blogimda ham ushbu mavzuga taalluqli qiziq ma’lumot/fikr mavjud” degan ma’noda).
  • Eshmatning blogi ushbu trackbackni qabul qiladi va postga tegishli sharhlar qatorida ko&lsquo;rsatadi. Ushbu sharh Toshmatning postiga bog&lsquo;langan bo&lsquo;ladi.
Trackback odatda Toshmatning postidan ma’lum bir parcha shaklida ko&lsquo;rsatiladi va to&lsquo;liq postga bog&lsquo;ni o&lsquo;z ichiga olgan bo&lsquo;ladi. Asosiy maqsad ikki blog o&lsquo;quvchilarining e’tiborini o&lsquo;xshash mavzudagi postga jalb qilish, ularni xabardor qilish. WordPress trackback uchun har bir postning so&lsquo;nggida maxsus bog’ hosil qilib beradi (masalan, ushbu post uchun trackback bog’ ushbu shaklga ega bo&lsquo;ladi: http://www.uzblogger.com/2008/11/10/...tml/trackback).
Pingback
  • Eshmat o&lsquo;z blogida biror mavzuda post yozadi.
  • Toshmat esa o&lsquo;z blogida Eshmatning blogiga bog&lsquo;langan holda post yozadi. Buning natijasida Eshmatning blogiga avtomatik tarzda pingback(bildirish) yuboriladi.
  • Eshmatning blogi ushbu pingback qabul qiladi va u haqiqatdan ham Toshmatning blogidan kelganligini aniqlash uchun Toshmatning blogida aniqlab keladi.
Pingback esa odatda Eshmatning blogida Toshmatning blogiga faqat bog’ sifatida namoyon bo&lsquo;ladi.
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=9KrqN</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=T7n1n</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=UYdGn</img>
http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/448551326

Дальше...

Avaz Ibragimov 18.11.2008 15:18

WordPress 2.7 Beta 2
 
WordPress 2.7 Beta 2 ham tayyor. O&lsquo;zgarishlar ro&lsquo;yxati bilan ushbu sahifa orqali tanishishingiz mumkin.
Agar siz hozirda Beta 1 nashridan foydalanayotgan bo&lsquo;lsangiz, Moslamalar(Tools) &rarr; Yangilash(Update) menyusi orqali WordPressni yangilab olishingiz mumkin.
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=E66YN</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=jXban</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=cXoMn</img>
http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/445541437

Дальше...

Avaz Ibragimov 26.11.2008 17:30

WordPress 2.6.5
 
WordPress 2.6.5 1 xavfsizlik xatosini va 3ta boshqa tuzatishlarni o&lsquo;z ichiga olgan.
Xavfsizlik xatosi(XSS exploit) Jeremias Reith tomonidan aniqlangan bo&lsquo;lib, faqat Apache 2.x versiyasidan foydalanuvchi IP asosidagi virtual serverlarga tegishlidir. Agar faqat ushbu xavfsizlikka tegishli xatolikni tuzatishni hohlasangiz, 2.6.5 nashr tarkibidagi wp-includes/feed.php va wp-includes/version.php fayllarini o&lsquo;zini yangilab olishingiz mumkin.
Yangilanishlarning to&lsquo;liq ro&lsquo;yxatini ushbu sahifa orqali ko&lsquo;rishingiz mumkin.
WordPress 2.6.5ni ko&lsquo;chirib olish uchun ushbu sahifaga o&lsquo;ting.
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=WJSjN</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=q4AMn</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=OtCnn</img>
http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/465870888

Дальше...

Avaz Ibragimov 03.12.2008 07:05

WordPress 2.7 RC 1
 
WordPress 2.7 RC1, deyarli to&lsquo;liq versiya hisoblanib, undan bemalol foydalanish mumkin. Marhamat, o&lsquo;rnatib, o&lsquo;z fikrlaringizni bilan o&lsquo;rtoqlashishingiz mumkin.
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=flpMO</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=T6dMo</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=XM9ho</img>
http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/472558822

Дальше...

Avaz Ibragimov 10.12.2008 23:00

WordPress 2.7 RC2
 
http://img.uzblogger.com/ss-3.png
WordPress 2.7 RC2 e’lon qilindi. Ushbu versiya deyarli to&lsquo;liq hisoblanadi. Agar siz WordPress 2.7ning bundan oldingi to&lsquo;liq bo&lsquo;lmagan versiyalaridan foydalanayotgan bo&lsquo;lsangiz, undagi blogni yangilash bo&lsquo;limi (Tools &rarr; Import)orqali RC2 versiyasini o&lsquo;rnatib olishingiz mumkin. Yoki ushbu bog’ orqali ko&lsquo;chirib olishingiz mumkin.
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=hZuIO</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=qtWOo</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=lzWpo</img>
http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/480288300

Дальше...

Avaz Ibragimov 11.12.2008 23:30

Blogging biznesmi?
 
http://webmonetizers.com/laptop%20cash.jpgSo&lsquo;nggi yillarda internet olamida blog yozish ommalashib borayotgani hech kimga sir emas. Kimdir o&lsquo;z kundalik yumushlarini yozadi, kimdir mahsus mavzu bo&lsquo;yicha maqolalar chop etib turadi, kimdir esa boshqa manzillardan qiziqarli narsalarni o&lsquo;z blogida yig&lsquo;adi. Biz uchun bu shunchaki hobbi, bo&lsquo;sh vaqtni o&lsquo;tkazish yo&lsquo;li bo&lsquo;lib qolgan. Lekin…

Internet orqali pul ishlab, juda yosh bo&lsquo;lishlariga qaramay dunyoning eng boy insonlari qatoriga kirgan ko&lsquo;plab yosh tadbirkorlar haqida eshitganmiz. Mark Zuckerberg (Facebook), Chad Hurley (Youtube), Matt Mullenweg (WordPress)… Bu ro&lsquo;yxatni yana ko&lsquo;p davom ettirishim mumkin. Demak Internetning bizga ochgan ko&lsquo;plab imkoniyatlaridan yana biri bu mo&lsquo;maygina daromad olish imkoniyati hamdir. Bu imkoniyatlar orasiga esa endi endi rivojlanib, shakllanib kelayotgan Bloggingni ham qo&lsquo;shishimiz mumkin.
O&lsquo;zbekistonda endi endi rivojlanayotgan Internet olamida blogging hali o&lsquo;z imkoniyat eshiklarini to&lsquo;liq ochgani yo&lsquo;q. Bu esa o&lsquo;z navbatida Uznetda bu imkoniyatlardan foydalanib qolish uchun hozir ayni vaqti degan xulosaga olib keladi.
Ho&lsquo;sh, blogging orqali qanday daromad olishi mumkin ekan, ahir biz buni oddiy hobbi, vaqt o&lsquo;tkazish usuli deb bilamizku? Bunga javob ommabop blog va yuqori trafik deymiz. Yuqori trafik degani esa reklama beruvchilar uchun potensial mijoz bozoridir. Buning uchun esa albatta biz bloggingga shunchaki hobbi emas, balki biznes imkoniyati deb qarashimiz kerak. Blogda chop etilayotgan maqolalar nafaqat sizga, balki blogingizga tashrif buyuruvchilar uchun ham qiziq va foydali bo&lsquo;lishi kerak.
Yuqori trafikga erishish bu tez yoki oson bo&lsquo;ladigan ish emas albatta. Biz keyingi postlarimizda qanday qilib ommabop blog yozish va trafikni ko&lsquo;tarish usullari haqida to&lsquo;xtalib o&lsquo;tamiz.
Imkonni qo&lsquo;ldan boy bermang, hoziroq bir blog oching va kelajakda u sizga daromad olib kelsin http://www.uzblogger.com/wp-includes...icon_smile.gif
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=Sl1LO</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=r94fo</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=nGYOo</img>
http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/481414727

Дальше...

Avaz Ibragimov 11.12.2008 23:30

WordPress 2.7 e’lon qilindi
 
O&lsquo;zgarishlar juda ham ko&lsquo;p. Ularni his qilish uchun darhol 2.7ni ko&lsquo;chirib oling.
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=XfH9O</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=NNU7o</img> http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=JFBZo</img>
http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/481393949

Дальше...


Текущее время: 00:43. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»