uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Библиотеки (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=412)
-   -   Яхши китоб экан (!) (https://uforum.uz/showthread.php?t=12497)

AbuMuslim 04.04.2010 10:20

Яхши китоб экан (!)
 
Ассалому алайкум... хурматли форум аҳли... Ўзбекистонда нашр қилинган турли хил китоблар бор.... Уларнинг орасида яхшилари кўп... келинглар ушбу мавзуда ўзимизга ёққан китобларни кўпчиликка тақдим қилиб борамиз.... эшитмаган, билмаган, кўрмай қолганларга бу мавзу асқотиши мумкин

choosen 04.04.2010 10:24

Оффтоп:
мавзуни номини "Ўзбекистонда нашр қилинган китоблар хақида фикр ва мулохазалар" ўзгартирса яхшироқ бўлар эди.

AbuMuslim 04.04.2010 12:20

"Миллий журналистика тарихи", Муаллиф Назира Абдуазизова, 2 жилд. Тираж 1000 дона.... Шарқ нашриёти....
Тиражи кам.... аммо яхши китоб экан....

Ustoz 04.04.2010 12:20

Hozir Pirimqul Qodirovning yana kitoblari chiqibdi deb eshitdim ("Yulduzli tunlar", "Avlodlar dovoni"dan tashqari). Gavharshodbegim haqida o`quvdim, yana chiqqanmish, qanaqa kitob u?
O`g`limni doim urushaman: "Kitob o`qishday baxtdan o`zingni mosuvo qivossan, rasmi qimirlaydigan qutichaga baqrayib o`tiravermay kitob o`qi" deymanu, ming afsus o`zim kitob o`qimaganimga ancha bo`di, yo`q, o`qiyman, faqat soham bo`yicha, badiiy asar o`qimaganimga, ohirgi o`qiganim - o`sha Gavharshodbegim haqida maza qilib o`qidim yaqinda, qachonligiyam esimda yo`q. Keyin, o`qisam ko`zlarim tinadigan bo`b qolgan, vaqtingiz va imkoniyatingiz borida o`qib qoling.

Masud Mahsudov 04.04.2010 14:03

Цитата:

Сообщение от AbuMuslim (Сообщение 382076)
Ассалому алайкум... хурматли форум аҳли... Ўзбекистонда нашр қилинган турли хил китоблар бор.... Уларнинг орасида яхшилари кўп... келинглар ушбу мавзуда ўзимизга ёққан китобларни кўпчиликка тақдим қилиб борамиз.... эшитмаган, билмаган, кўрмай қолганларга бу мавзу асқотиши мумкин

Assalomu alaykum. Yaxshi mavzuni ko'tarib chiqibsiz... Unda, nafaqat O'zbekistonda nashr qilingan, boshqa tillarda boshqa davlatlarda nashr qilingan kitoblar haqida ham suhbatlashsa, foydadan xoli emas...

Faqat, Abo aka, bu mavzuni "Ijod xususida so'z" bo'limida emas, umimiy bo'limda ochsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi...

Moderatorlarimizdan, ushbu xususda yordam kutib qolamiz...

AbuMuslim 04.04.2010 20:22

Цитата:

Сообщение от Masud Mahsudov (Сообщение 382125)
Faqat, Abo aka, bu mavzuni "Ijod xususida so'z" bo'limida emas, umimiy bo'limda ochsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi...

Гапингиз тўғри... аммо ижод ҳақида сўз бўлимидан янада кенг ва унумли фойдаланиш учун бўлим номини ўзгартириш керак... : )

Bakhtier Tukhtaev 04.04.2010 20:37

Оффтоп:
Yaxshi bo'lardi agar faqat badiy yoki ommabop kitoblar haqida so'z yuritsak, sababi mutaxassisligimiz bir birimizga to'g'ri kelmasligi mumkin agar maxsus kitoblarni sanab o'tsak.

Nigora Umarova 05.04.2010 18:17

[MOD]
Hurmatli forumdoshlar!
Agar qarshi bo'lmasangiz mavzuni Kutubxona bo'limiga o'tkazaman.


[/MOD]

AbdulAziz 07.04.2010 15:48

Tohir Malikning "Kelinlar daftariga" (3 ta jild - 8900 so'm) kitobini sotib oldim.
Kitobda nafaqat kelinlarimiz, balki kuyovlar, qaynona-qaynotalar ham o'qishlari zarur bo'lgan ham diniy, ham dunyoviy, ham axloqiy zaruriy ma'lumotlar, tavsiya va nasiyhatlar bor ekan.
Yaxshi odamlarning kitoblari ham yaxshi bo'ladi. Sizga ham tavsiya etamiz.

AbuMuslim 07.04.2010 21:08

Цитата:

Сообщение от AbdulAziz (Сообщение 383059)
Tohir Malikning "Kelinlar daftariga" (3 ta jild - 8900 so'm) kitobini sotib oldim.

Уч жилдлик китоб битта бўлиб нашрдан чиқди... сифати ҳам яхши...


Текущее время: 20:01. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»