uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Выпускники и не только (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=365)
-   -   Oliy o'quv yurtiga kirish! (https://uforum.uz/showthread.php?t=11621)

ElyorTB 22.01.2010 20:32

Oliy o'quv yurtiga kirish!
 
Oliy o'quv yurtiga kirish! To'g'risini aytsam bunday mavzular bormi yo'qmi ahamiyat berganim yo'q. Savolim shunday: "Bu yil Oliy o'quv yurtlari ballari yuqoriroq bo'ladimi yoki pasayadi?"
Aziz do'stim fikringiz qanday?

ElyorTB 22.01.2010 20:35

Shahsiy fikrim: Buyog'iga ballar baland bo'lsa bo'ladiki, pasaymasa kerak?

=) Aytgancha, bu yil hudo hohlasa Oliy o'quv yurtlarining biriga talaba bo'lib qabul qilinaman.

Maslahatla bo'lsa kutib qolaman =)

Abror Qodirov 22.01.2010 20:43

Цитата:

Сообщение от ElyorTB (Сообщение 348199)
Oliy o'quv yurtiga kirish! To'g'risini aytsam bunday mavzular bormi yo'qmi ahamiyat berganim yo'q. Savolim shunday: "Bu yil Oliy o'quv yurtlari ballari yuqoriroq bo'ladimi yoki pasayadi?"
Aziz do'stim fikringiz qanday?

O'tgan yili ballar judayam yuqori bo'ldi. Sabablaridan biri, o'tgan yili 1 yillik muddatga harbiy xizmatga ketganlar 6 oyda 56 ballik imtiyoz bilan qaytishdi ya'ni, shunaqa imtiyozlilar soni ikki barobar ko'p bo'ldi qolgan yillarga nisbatan. Bu yil o'tgan yildagidan biroz pasaysa kerak... Yana kim biladi...

ElyorTB 22.01.2010 20:54

Yana kim biladi.. Diplomatiya universitetiga topshirish niyatidaman. Lekin ballni ahamiyati yo'q, asosiysi boshimizdagi bilimni hech kim tortib ololmiydiku to'g'rimi =)

OmoN 24.01.2010 00:42

Цитата:

Сообщение от ElyorTB (Сообщение 348210)
Yana kim biladi.. Diplomatiya universitetiga topshirish niyatidaman. Lekin ballni ahamiyati yo'q, asosiysi boshimizdagi bilimni hech kim tortib ololmiydiku to'g'rimi =)

ЖИДУга топширишни маслахат бермайман. Бошингиздаги билимни хеч Ким тортиб ололмаслиги аник, лекин олийгохдаги урнингизни тортиб олиш мумкин :)

Bekmirzo 24.01.2010 09:27

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 348848)
Цитата:

Сообщение от ElyorTB (Сообщение 348210)
Yana kim biladi.. Diplomatiya universitetiga topshirish niyatidaman. Lekin ballni ahamiyati yo'q, asosiysi boshimizdagi bilimni hech kim tortib ololmiydiku to'g'rimi =)

ЖИДУга топширишни маслахат бермайман. Бошингиздаги билимни хеч Ким тортиб ололмаслиги аник, лекин олийгохдаги урнингизни тортиб олиш мумкин :)

Biror bir fan bo'yicha olimpiadaning Respublika bosqichida 1-o'rinni qo'lga kiritishi kerak, shunda JIDUga bemalol o'qishga kiradi - pulsiz, imtihonsiz. :)
O'tgan yili samarqanddan bir ukamiz nemis tili bo'yicha respublikada 1-o'rinni qo'lga kiritib, JIDUga o'qishga kirdi.

Aks holda, OmoN aka bergan maslahat ham o'rinli...

ElyorTB 24.01.2010 22:18

OmoN aka demak JIDU ni maslahat bermisiz? Qolgan forumdoshlarimiz qanaqa fikrda?

Muhayyo Turdialiyeva 25.01.2010 10:49

JIDU ga kirish menimcha ham oson emas. Chunki u yerga juda katta ham bilim ham pul kerak. Abituriyentning bekordan 1yil yo'qotgani qoladi. Bir yildan keyingi bilim hammaga ma'lum. Bundan tashqari JIDU ni tugatgan mutaxassislarni qayerda ishlab yurishgani bilan ham qiziqib ko'rsangiz bo'ladi.

OmoN 25.01.2010 11:20

Оффтоп:
Цитата:

Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva (Сообщение 349225)
Bundan tashqari JIDU ni tugatgan mutaxassislarni qayerda ishlab yurishgani bilan ham qiziqib ko'rsangiz bo'ladi.

Лицейда бирга ўқиган бир танишим бўларди. Билими кучли. Лекин танкаси йўқ. ЖИДУга бюджетга ўқишга кирди. Ўқишни битирганидан кейин 2 йил маршруткада кассир бўлиб ишлади. Ўқишга киришдан олдин меҳнат бозорида ўша мутахассисликка бўлган талабни ҳам ўрганилса яхши бўлади.

olim 25.01.2010 11:27

Цитата:

Сообщение от ElyorTB (Сообщение 349116)
OmoN aka demak JIDU ni maslahat bermisiz? Qolgan forumdoshlarimiz qanaqa fikrda?

Menim fikrimcha qayerda va qaysi oliy o'quv yurtida o'qish emas balki qanday kasbni egallash va bu orqali kerakli inson bo'lish deb o'ylayman. Sizga maslahatim ElyorTB bilimingiz kuchli bo'lsa siz orzu qilgan oliy o'quv yurtlarining barchasining eshiklari ochiqdir. Shunday ekan bilimingizni boyitishga harakat qilavering. Omad sizga yor bo'lsin!!!


Текущее время: 02:06. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»