uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ўзбекистон ва дунё янгиликлари (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=602)
-   -   2012 yil - Mustahkam oila yili (https://uforum.uz/showthread.php?t=16910)

Nigora Umarova 07.12.2011 17:15

2012 yil - Mustahkam oila yili
 
Muhtaram forumdoshlar!
Barchangizni qomusimiz qabul qilinganligining 19 yilligi bilan muborakbod etamiz. davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kelayotgan 2012-yil yurtimizda "Mustahkam oila yili" deb e'lon qilindi. Oila jamiyatimizning kichik bo'g'inidir. Oilalar tinch bo'lgan yurtda farovonlik, rivojlanish bo'ladi. Xalqimizda, "Bir kun janjal bo'lgan uydan qirq kun baraka ketadi" - degan dono gap bor.
Illo, ushbu yili barchamizning oilamizda har doimgidek tinchlik-xotirjamlik hukm sursin, fayzu-barokat tark etmasin.

DURIAN 07.12.2011 18:19

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 656663)
Muhtaram forumdoshlar! Barchangizni qomusimiz qabul qilinganligining 19 yilligi bilan muborakbod etamiz. davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kelayotgan 2012-yil yurtimizda "Mustahkam oila yili" deb e'lon qilindi. Oila jamiyatimizning kichik bo'g'inidir. Oilalar tinch bo'lgan yurtda farovonlik, rivojlanish bo'ladi. Xalqimizda, "Bir kun janjal bo'lgan uydan qirq kun baraka ketadi" - degan dono gap bor. Illo, ushbu yili barchamizning oilamizda har doimgidek tinchlik-xotirjamlik hukm sursin, fayzu-barokat tark etmasin.

Oldingi yilgi "Tadbirkorlik yili" da boshlangan Navoi savdo qatorini tekislanishi bilan muqoyasa qilsak, "Mustahkam oila yili"dayam shunga o'xshash targ'ibot ishlarini olib borishlik bilan boshlansa kerak deb o'ylayman.
Ushbu qaror yuzasidan qaysi tashkilotga qanday buyruqlar berilgani haqida ahbarotlar bormi?

Alouddin 14.12.2011 10:37

Xabardorlardan iltimos, anig‘ini aytinglar - 2012 yil "Mustahkam oila yili"mi yoki "Oila yili"mi?
Chunki o‘zbekcha manbalarda "Mustahkam oila yili", ruscha manbalar (olam.uz, anons.uz, "Segodnya" v b.) da esa, "Год семьи" deb aytilmoqda.
Yoki ikki tilda ikki xilda qabul qilindimi?

Janbolat 14.12.2011 10:50

рус тилида тўғри таржимаси тушунарсизроқ чиққанлиги учун оддийгига "Год семьи" дийлган, чунки "Год крепкой семьи" ёки "год благополучной семьи" дийлганида маъноси қисман юқолгандек.

Hero 10.01.2012 09:47

Kecha maktabimizda bo'lib o'tgan "Mustahkam oila" nomli tadbirda o'quvchilarimiz saxna ko'rinishida badiiylashtirilgan sahna ko'rinishi hamda o'quvchilarimiz tayyorlagan vedio roliklar kelgan mehmonlar katta tasoratlar ega bo'lishdi

dekos 17.02.2012 18:52

Jamiyat oiladan boshlanadi
 
1998 yil oila yili deb e'lon qilingandi, adashmasam. 2012 yil esa mustahkam oila yili. Ananaga aylanib qolgan yillarning nomlanishi bejiz emas albatta.

Jamiyat insonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar yig'indisidan iborat. Inson o'z harakteridan kelib chiqib munosabatga kirishar ekan, hammamizga ma'lum insonning ilk harakteri oilasida shakillanadi: ota-ona, aka-uka, opa-singil o'rtasidagi munosabatlar asosida shakillanadi.

Mustahkam oila yili yangi oilalarga yangi imkoniyatlar, avval qurilgan oilalarga yanada mustahkamlik olib kelsin!


Текущее время: 17:02. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»