PDA

Просмотр полной версии : Kollej va litsey tabaqalanishiga sabab


Maxmudov Bekzod
04.04.2009, 13:13
Hozirgi kunga kelib kollej va litseylar orasida tabaqalanish juda keng tarqalgan.Misol uchun Qishloq xo'jaligi kolleji va Diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyini olaylik,ular o'rtasida katta tafovut borga o'xshaydi .Lekin aslida ular bir-xil davlat tomonidan qurilgan.Ammo hozirgi kungi yoshlarning ongida yuqoridagi kollej va litseylar orasida juda katta farq bor degan tushuncha singib qolgan. Ho'sh bunga sabab nima deb o'ylaysiz?:cray:

Behzod Saidov
04.04.2009, 17:49
Lekin aslida ular bir-xil davlat tomonidan qurilgan.

Ikalasini ham bitta davlat qurgan bo'lsa, bu ular bir xil degani emasku?

Avaz Ibragimov
05.04.2009, 11:05
Ammo hozirgi kungi yoshlarning ongida yuqoridagi kollej va litseylar orasida juda katta farq bor degan tushuncha singib qolgan.
Aslida esa deyarli farq yo'q.

Ulugbek Aminjonov
05.04.2009, 16:26
Misol uchun Qishloq xo'jaligi kolleji va Diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyini olaylik,ular o'rtasida katta tafovut borga o'xshaydi . To'g'ri ammo o'zingiz qaysi biriga kirishni istardingiz?Bugungi kunda barcha yengil pul topishni istaydi,to'gri davlatda diplomat ham dehqon ham o'z o'rniga ega,ammo ko'pchilik dehqon bo'lishdan ko'ra diplomat bo'lishni istaydi. To'g'ri bu ikki kasbni ham o'ziga mos qiyinchiliklari bor: "Har yerni qilma orzu, har yerda bor toshu tarozu!" O'zingiz o'ylang dehqon diplomat bo'la oladimi, diplomatchi dehqon bo'la oladimi? O'zbek xalqi mehnatkash xalq, ammo biz ham aql mehnati bilan yuksalsek bo'ladi! Shunning uchun bu ikki o'quv yurtida taffavvut katta! Mavzu ochganninggiz uchun raxmat, ammo nazariya bilan ammaliyot orasida farq judda katta!

Narzullayeva Yulduz
09.04.2009, 21:52
Meni fikrimcha kollej va litseyning o'rtasida katta farq bor ! Litsey universitetga , ya'ni oliy ta'lim maskanlariga tayyorlaydi , kollej esa , oliy ta'limga ehtiyoji bo'lmagan o'quvchilarni kasb-hunarga o'rgatadi. Lekin hozirgi kunda oliy ta'lim maskanlaring diplomisiz juda ham qiyin shuning uchun men hozirgi yoshlarga litseyni tavsiya qilgan bo'lar edim.

Javohir Mahmudjonov
23.07.2009, 21:26
Zo'r mavzu, juda dolzarb sizga omad!!!:187:
Sardorlar Maktabi&Ziyonet o'quvchilariga salom
Javohir Mahmudjonov!!!

Javohir Mahmudjonov
23.07.2009, 21:29
Sardorlar.zn.uz (http://sardorlar.zn.uz) hamma narsa haqida. Hayotta sardor(lider) bo'ling!!!

Javohir Mahmudjonov
23.07.2009, 21:30
Qadrli ZiyoNet (http://ziyonet.uz) o'quvchilari nega faolligingiz ko'rinmaydi???

Javohir Mahmudjonov
23.07.2009, 21:30
Haqiqiy Sardor(lider)dek faol bo'ling!!! Sizga omad

Ozoda Umarova
24.07.2009, 11:47
Haqiqiy Sardor(lider)dek faol bo'ling!!! Sizga omad
Прекратите засорять форум, если Вам есть что сказать, пишите всё в один пост, и не надо в конце каждого сообщения рекламировать свой блог, Вам достаточно поставить подпись в пресонльном кабинете!

Murod Sadikov
24.07.2009, 12:43
Haqiqiy Sardor(lider)dek faol bo'ling!!! Sizga omad
Javohir, хамма гаплариззи йиғиб, битта қилиб ёзинг. Мавзу очгансизку, ўша ёққа ёзинг! :)

Javohir Mahmudjonov
02.08.2009, 17:31
Javohir, хамма гаплариззи йиғиб, битта қилиб ёзинг. Мавзу очгансизку, ўша ёққа ёзинг!
albatta taklifingizni inobatga olaman!

Ulugbek Pulatov
29.08.2009, 16:37
Hozirgi kunga kelib kollej va litseylar orasida tabaqalanish juda keng tarqalgan.Misol uchun Qishloq xo'jaligi kolleji va Diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyini olaylik,ular o'rtasida katta tafovut borga o'xshaydi .Lekin aslida ular bir-xil davlat tomonidan qurilgan.Ammo hozirgi kungi yoshlarning ongida yuqoridagi kollej va litseylar orasida juda katta farq bor degan tushuncha singib qolgan. Ho'sh bunga sabab nima deb o'ylaysiz?:cray:

Menimcha oq'uvchining qayerda ta'lim olayotgani emas qanday ta'lim olayotgani muhim. Muhimi o'zi tanlagan kasbni yaxshi egallasa bo'lgani.

Nigora Tursunova
03.09.2009, 18:22
Hozirgi kunga kelib kollej va litseylar orasida tabaqalanish juda keng tarqalgan.Misol uchun Qishloq xo'jaligi kolleji va Diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyini olaylik,ular o'rtasida katta tafovut borga o'xshaydi.

sizni ongizgizda xam shunaqa fikr o'rnashib qolgan.

Kollej bilan litseyni farqi bor-ku.

Kahramon Jalilov
24.09.2009, 22:44
Biz o'qigan davrda litsey nomi juda obro'li va juda hurmatli joy tariqasida qabul qilanardi, chunki e yerda (qishlog'imizda) juda ham kuchli o'qituvchilar va bilim berish darajasi juda yuqori edi va buning natijasi o'laroq u yerni bitirgan o'quvchilar 70-80% i oliy ta'lim maskan talabalariga aylanar edilar. Hozirgi kunda esa kollejlar soni ko'payishi va o'quvchilar soni kamligi sababli bu o'quv maskanlarida 9-sinfgacha o'qish joriy etilgan, ammo 9-sinfni bitirgan aqlga to'la o'quvchilarimiz hozirgi kunda ayanchli holatlarni ko'rsatayotgan kollejlariga o'qishga kirib ketishmoqda va bu bilan oz-muncha saviyalariga ta'sirni kuchaytirishmoqda!!! Litsey baribir kollejlarga nisbatan bilim berish darajasi kuchli hisoblanadi menimcha!!!

Akmal
02.10.2009, 18:39
Лицейларда билим бериш даражаси анча яхши, лекин охирги йиллардаги 1 август куни бўладиган ўйинлар лицей берадиган илмни ҳам йўққа чиқараяпти. Шундай бўлгандан сўнг баъзида коллежга кириб қўйган мақул бўлса керак деб ўйлаб қоламан.

Umida Yusupova
03.11.2009, 21:41
Litseylar nisbatan yaxshi bilim beradi agar ular ayrim maktab yoki kollejlarga solishtirilsa. Lekin ixtisoslashgan fanlari maktabdan juda farq qiladi(har holda men o'qigan maktabdan). Ya'ni litseyda, mening fikrimcha, institutga kira oladigan bilimlarni egallay olmaysan. Aksincha maktabda olgan narsa ham esdan chiqib, 9 yillik mehnat bir pul bo'ladi. Kamiga bir yil ortig'i bilan vaqtingni bekor o'tkazishing kerak.

Alishertuitff
12.12.2009, 16:36
Masofa.uz yangi sayt akademik litsey va kasb hunar kollejlari talabalari uchun.kelajakda yanada mukammallashtirmoqchiman, iltimos fikrlaringni bildiringlar: http://www.masofa.uz (http://www.masofa.uz/).

Umida Shodiyeva
12.12.2009, 22:42
litseyda, mening fikrimcha, institutga kira oladigan bilimlarni egallay olmaysan. Aksincha maktabda olgan narsa ham esdan chiqib, 9 yillik mehnat bir pul bo'ladi. Kamiga bir yil ortig'i bilan vaqtingni bekor o'tkazishing kerak.

Kechirasiz-u... Unda litseyda nega o'qiyapsiz?!(1 yil bekorga vaqt yutkazib.)
Keyin, 9 yillik narsani esdan chiqishi yoki, chiqmasligi insonni o'ziga bog'liq(harakatiga, tirishqoqligiga, o'ziga ishonishiga), xususan litseydagi bilim bilan oliygohga kirish ham...

ElyorTB
20.12.2009, 23:56
Ya'ni litseyda, mening fikrimcha, institutga kira oladigan bilimlarni egallay olmaysan. Aksincha maktabda olgan narsa ham esdan chiqib, 9 yillik mehnat bir pul bo'ladi. Kamiga bir yil ortig'i bilan vaqtingni bekor o'tkazishing kerak.

Albatta bu sizning fikringiz. Ammo, masalan men shu mavzuning boshida gapirilgan litseyning ya'ni JIDU qoshidagi Shayxontohur akademik litseyining 3-kursida tahsil olaman. Ko'pchilikka ma'lum bo'lsa kerak, bilim saviyasi. Oliy o'quv yurtiga kirish uchun, bizning o'qituvchilar berayotgan bilim yetarli darajada. Faqatgina o'quvchidan faollik, qiziqqonlik, harakat kerak. Hulosa o'zingizdan.