PDA

Просмотр полной версии : O'zbek tilidagi sayt qaysi grafikada bo'lishi kerak? Lotin yoki kirill?


Muxrim Agzamxodjayev
06.07.2008, 12:27
Yangi sayt ochmoqchi bo'lsam, uni qaysi grafikada qilganim ma'qul? Kirilldami yoki lotindami?

To'g'risi, Uznetda o'zi davlat tilidagi resurslar kam bo'lgani holda, ular yana ikki xil grafikada. Qaysi biri lotinda, yana biri kirillda. Hukumat saytlari asosan lotinda. Hozir juda ham ko'payib ketgan varez, shou-biznesga oid saytlarning ham aksariyati lotinda.

Man ko'proq futbol yangiliklarini kuzatib borganim uchun Uznetning aynan shu qismidagi saytlarni ko'proq bilaman.

Hozir u yerda (uzfutbolnetda :)) g'alati. Ko'pchilik biladi, eng ko'p kiriladigan o'zbekcha futbol haqidagi sayt uff.uz. U kirillchada. O'z vaqtida lotinchada ishlagan "InterFUTBOL", O'zbekiston Futbol Federatsiyasi saytlari bilan raqobatlashgan. Har holda qandaydir raqobat bor edi. Hozir uff.uz ancha mashhur. Va so'nggi o'zgarishlarga qarab, boshqa saytlar bu holat (odam ko'p kirshini) sayt kirillchada bo'lgani bog'layaptimi degan hayolga borib qoldim.

Yuqorida aytib o'tib, "InterFUTBOL" ham, O'FF rasmiy sayti ham lotinchada edi. Hozir ular kirillchada. Futbol klublarimizning saytlari o'zbekcha versiyalari ham kirillchada. Yangi ochilayotgan o'zbekcha futbol haqida sayt ham kirillchada.

Man kimnidir aybdor qilmoqchi emasman. Faqat bilmoqchiman. Keyinchalik ortiqcha ish orttirmaslik uchun (masalan, hozir bir grafikada sayt boshlab, uni kontent bilan to'ldirsam, tahminan besh yil o'tib uni boshqa biriga convert qilishga to'g'ri kelib qolmaydimi?) qaysi grafikada sayt qilish kerak?

Adham Kurbanov
06.07.2008, 15:15
Lotincha o'zbekchani o'qish juda qiyin... Yaxshishi kirill alifbosida bo'lgani maqul ;)

Behzod Saidov
06.07.2008, 17:26
Man kimnidir aybdor qilmoqchi emasman. Faqat bilmoqchiman. Keyinchalik ortiqcha ish orttirmaslik uchun (masalan, hozir bir grafikada sayt boshlab, uni kontent bilan to'ldirsam, tahminan besh yil o'tib uni boshqa biriga convert qilishga to'g'ri kelib qolmaydimi?)

To'g'ri keladi. Hozir kirill yozuvidagi futbol haqidagi saytlarning mashxurligi hozirgi aksariyat futbol muxlislari maktabda kirill yozuvida o'qishgan, badiiy va ish bo'yicha adabiyotlarni ham kirill alifbosida o'qishgan. Shu uchun ham ularga kirill alifbosi qulay.

Lekin kelajak avlod uchun manimcha lotin alifbosi qulay bo'ladi. Shunday ekan saytingiz mehmonlarining fikriga qarab yo'l tutishingiz lozim...
Variant: Sayt muxlislari o'rtasida ovoz berish usulida hal qilsangiz ham bo'ladi..

Behzod Saidov
06.07.2008, 17:28
Lotincha o'zbekchani o'qish juda qiyin...

Menga qiyin emas.. :)

Muxrim Agzamxodjayev
06.07.2008, 20:04
Lotincha o'zbekchani o'qish juda qiyin... Yaxshishi kirill alifbosida bo'lgani maqul ;)

O'zingiz doim lotincha yozasiz-ku? :187:

Avaz Ibragimov
06.07.2008, 23:07
Lotin alifbosiga o'tish to'g'risida qonun chiqarilgan. Hozircha majburiy bo'lmasa ham, yaqin kelajakda lotin alifbosidan foydalanish yanada kengayadi va umid qilamanki kiril alifbosidan butunlay qutulamiz. Ayniqsa yosh avlod kirilchada o'qishga juda ham qiynaladi. Uzoqni ko'zlasangiz, lotin alifbosida yozganingiz ma'qul.

AbuMuslim
06.07.2008, 23:10
Менга хам лотинча ўкиш кийин эмас... аммо кирилча кулайрок... Кейин негадир лотинчани ўкигим келмайди...

olimbek
07.07.2008, 08:14
Мен хар доим лотинча кирил алифбосига алмаштириб оламан. Кейин маза килиб укийман Сал иши купрок холос :buba:

Nigora Umarova
07.07.2008, 09:50
Katta avlod vakillari (40-50 yoshlilar) uchun lotin alifbosini o'qish mushkulroq. Yohlar tez va oson lotin alifbosini o'qiy olishadi.

Fozil Teshaev
07.07.2008, 09:56
Yangi sayt ochmoqchi bo'lsam, uni qaysi grafikada qilganim ma'qul? Kirilldami yoki lotindami?


Lotin grafikasida ochishni tavsiya qilaman.

Ozoda Umarova
07.07.2008, 10:17
Yangi sayt ochmoqchi bo'lsam, uni qaysi grafikada qilganim ma'qul? Kirilldami yoki lotindami?

Man kimnidir aybdor qilmoqchi emasman. Faqat bilmoqchiman. Keyinchalik ortiqcha ish orttirmaslik uchun (masalan, hozir bir grafikada sayt boshlab, uni kontent bilan to'ldirsam, tahminan besh yil o'tib uni boshqa biriga convert qilishga to'g'ri kelib qolmaydimi?) qaysi grafikada sayt qilish kerak?

Албатта лотин графикасида сайт яратиш маъкулрок булади, чунки хозирги кунда лотин алифбосини утган ешлар учун купрок кийин булса, айтайлик 5-10 йилдан сунг кирил алифбосига урганганлар кийналишади. Бундан ташкари хозирги езган матним каби имловий хатолар хам булмас эди. Вакт утгач хамма езувлар лотин гарфикасига утиши аник.
Мен узимни мисол килиб этсам, нафакат лотинчада укиш, балки узбек тилида укиш, мен учун бир оз кийинрок, чунки рус мактабини битирганман, ва кирилчада укиш мен учун анча кулайрок. Лекин агар биз хозирдан лотин алифбосига урганмасак кейинчалик узимиз кийналамиз.
Хулоса килиб айтганда, лотин графикасидаги сайтларининг купайиши тарафдориман.

Norbek Toshniyozov
13.08.2008, 17:15
Мен хар доим лотинча кирил алифбосига алмаштириб оламан. :buba:

Bu ishingiz o`zingiz uchun yaxshi. Ammo yozma munosabatlarni amalga oshirayotganda o`zbek tili talablarini hurmat qilgan holda krilcha matnnu lotin grafikasiga o`tkazib olsangiz yanada yaxshi bo`lardi. Zero, savodxonlik masalasi o`ta nozik va millat taqdiriga bog`liq masaladir. Xususan, kril grafikasida "o`", "q", "g`" va "h" harflarining ko`rinmay qolishi xavfidan qo`rqib ularni "u", "k", "g" va "x" harflari bilan almashtirib yozaverishga hech kimning haqqi yo`q va bu narsa ochiqchasiga tilga hurmatsizlik bo`ladi. Shu ma`noda yaxshisi umuman internetda lotin grafikasida ishlagan ma`qul. Qolaversa, lotin grafikasiga o`tish masalasi ko`tarilganda ham aynan ana shu maqsad asos qilib olingan edi.

join
13.08.2008, 20:37
Шахсан менга фарқи йўқ, ўқишда ҳам тезликда ҳам. Лекин, лотин ёзувидаги ўзбек графикасида ноқулайликлар бордек туюлади, мисол учун "ц" ва "с" ҳарфлари иштирокидаги айрим сўзларда.
Милитсия ёки сентабр дейиш одамга эришдек кўринади баъзан.

Шунингдек ` ва ' белгиларининг ажратилиши умуман кераксиз деб ҳисоблайман.

Lutfillo Tursunov
14.08.2008, 08:44
Yangi sayt ochmoqchi bo'lsam, uni qaysi grafikada qilganim ma'qul? Kirilldami yoki lotindami?

Агар сайтни яқин кунларда очишни мақсад қилган бўлсангиз, сизга иккита йўл бор. Менимча, биринчиси маъқулроқ:
1. Сайт интерфейсини лотин ёзувида тайёрлаб, унга доимий киритилиб бориладиган янгилик ва хабарларни кирилл алифбосида бериш. Ўшанда агар лотин ёзувига тўлиқ ўтишга тўғри келиб қолса қийинчилик туғилмайди: хабарларни лотин алифбосида киритишни бошлайсиз, қарабсизки ҳаммаси жойида.
2.Сайтни тўлиқ лотин ёзувида юритиш. Лекин бу айни кунларда сайтга кирувчилар сони камроқ бўлишига сабаб ҳам бўлиши мумкин. Лекин бу ҳолат сизнинг қайси йўналишдаги, қандай аудиторияга мўлжаллаб сайт қилишингизга ҳам боғлиқ. Агар ёшлар учун мўлжалланган бўлса, ҳеч иккиланмай лотинни танлайверинг.

Maestro
15.08.2008, 15:44
Yangi sayt ochmoqchi bo'lsam, uni qaysi grafikada qilganim ma'qul? Kirilldami yoki lotindami?

ИМХО:

Аввало, сайт очишдан асосий мақсад нималигидан келиб чиққан маъқул.

Агар сайтингиз чуқур ўйланган тижорий лойиҳа бўлса - интерфейсни лотин алифбосида, матнларни эса ҳам лотин, ҳам кирилл алифбосида жойлаштириш керак. Бунга қўшимча равишда рус тилида ҳам бўлса - кўчиликка маъқул келади.

Агар сайтингиз шунчаки ўз имкониятларингизни синаб кўриш учун қилинаётган харакат бўлса - бугунги кунда кириллчада бўлгани маъқул.

Агар сайтингиз ишга тушгандан кейин бир неча йил ўтиб унга ташриф буюрувчилар сони аста-секин ортиб боришини кутишга тайёр бўлсангиз - тўлиқ лотин алифбосида яратса бўлади.

Шахсан мен икки алифбода ҳам бемалол мулоқот олиб бороламан. Бироқ, фикримни кириллчада тезроқ хатга тушираман. Шунингдек, кириллчада ўқиш ҳам қулайроқ (осонроқ эмас, айнан қулайроқ). Чунки, кўпчилик сўзларни тўлиқ ўқимайди, назар ташласа бас. Мисол учун:

"Ўпчиликнинг атъкидлашича, кирилл лаифбосида баъзи ўсзларнинг обшидаги харфлар ўрнини ламаштириб ожйлаштирсангиз ҳам, иқйинчиликсиз тез ўқиш уммкин".
;-)

Ulugbek Yusupov
17.04.2009, 10:13
Mening fikrimcha lotin alifbosida yozishni yanada kengaytirish lozim. Chunki biz yosh avlodni o'ylashimiz kerak.:187: