PDA

Просмотр полной версии : Qanday oilada vunderkindlar dunyoga keladi?

Nozima Tashpulatova
25.02.2008, 16:45
Ayrim insonlar borki ularning iste'dodiga hammaning havasi keladi. Bunday iqtidorlar shakllanishi uchun nimaning ta'siri ko'proq? Genlarni ta'siri kuchlimi yoki u o'sgan sharoit, muhitnimi?

Agzam Abdullaev
25.02.2008, 17:01
Биринчи навбатда генларни таъсири катта аҳамиятга эга, аммо туғилажак болага она қорнилигиданоқ унга ширин муомилада бўлиб, қизиқарли китоблардан ўқиб берса буни натижаси жуда яхши бўлади. Бола 6 ойликдан бошлаб она қорнида эшита бошлайди. Шундай йўл тутса манимча кейинги ташланадиган қадамга яхши пойдевор бўлади деб ўйлайман.

Nozima Tashpulatova
25.02.2008, 17:06

Agar siz aytganday oson yo'l bilan vunderkindlar dunyoga kelganda. Favqulodda aql egalarining soni ko'pchilikni tashkil etardi.

Agzam Abdullaev
25.02.2008, 17:21
Agar siz aytganday oson yo'l bilan vunderkindlar dunyoga kelganda. Favqulodda aql egalarining soni ko'pchilikni tashkil etardi.

Ман бу гапни осмондан олиб ёзганим йўқ, буни Ислом динини мукаммал биладиган машҳур олимнинг ўзи ҳужжат келтирганлар бундай илм эгалари билан илм борасида талашиб бўлмайди, уни Исми ҳозир эсимда йўқ, агар ёдимга тушса етказаман.НОЗИМАХОН

Nozima Tashpulatova
25.02.2008, 17:27

Inson tarbiyasi borasida siz haqsiz. Ya'ni bolani ona qornidayoq tarbiya etish kerak. Lekin bunda faqat solih farzand dunyoga kelishi mumkin. Lekin vunderkind bo'lib har doim ham yetishavermaydi.

Shavkat Maksudov
25.02.2008, 17:35
http://vceobovcem.blogspot.com/2007/09/blog-post_840.html

Vasliddin Tuychiev
25.02.2008, 17:37
Биринчи навбатда генларни таъсири катта аҳамиятга эга, аммо туғилажак болага она қорнилигиданоқ унга ширин муомилада бўлиб, қизиқарли китоблардан ўқиб берса буни натижаси жуда яхши бўлади. Бола 6 ойликдан бошлаб она қорнида эшита бошлайди. Шундай йўл тутса манимча кейинги ташланадиган қадамга яхши пойдевор бўлади деб ўйлайман.

Yaqinda o'tkazilgan bir tadqiqot haqida eshitgandim. Bir ayol homiladorlik paytida bitta ertakni har kuni qayta qayta o'qib berishaveribdi. Vaqt soati yetib farzand tug'ilibdi. Farzand tug'ilgan kundan boshlab 5 yashar bo'lgunigacha har kuni har xil ertak o'qib eshittirishibdi, faqat xomila paytida o'qib berilgan ertakni o'qishmabdi. Bola 5 yoshga yetgandan keyin xomila paytida o'qib berilgan ertakni o'qiy boshlashganida bola men bu ertakni bilaman deb o'zi ertakni boshidan oxirigacha aytib bergan ekan.

Erkin Eshpulatov
25.02.2008, 17:42
Inson tarbiyasi borasida siz haqsiz. Ya'ni bolani ona qornidayoq tarbiya etish kerak. Lekin bunda faqat solih farzand dunyoga kelishi mumkin. Lekin vunderkind bo'lib har doim ham yetishavermaydi.

Sizdan iltimos iloji bo'lsa vunderkind deganda qanday odamlarni ko'z oldingizga keltirasiz?

Nozima Tashpulatova
25.02.2008, 17:57
Sizdan iltimos iloji bo'lsa vunderkind deganda qanday odamlarni ko'z oldingizga keltirasiz?

Vunderkind deganda bolaligidayoq qaysidir favqulodda iste'dodi bilan hammani lol qoldiradigan insonlarni tushunaman.
Masalan Alisher Navoiy 7 yasharligida Mantiq-ut-Tayrni yoddan bilgan.
Mark Vishnya 3 yoshidayoq kvadrat ildizlarni miyasida aniqlash, va ularni 3 xonali sonlarga ko'paytirish va bo'lish amallarini bajargan.

ssanjarr
26.02.2008, 10:18
Manimcha Genlarni ta'siri juda katta. oiladagi muhit bu 2 chi masala. oddiy misol qilib aytadigan bo'lsak, bola juda vunderkid bolib tug'ildi. lekin oilasidagi muhit juda yomon. aytaylik, ota o'gri. bola ham katta bo'lsa juda aqillik, kallasi zor ishlidigan butun olamga mashhur qulf ochadigan, seyflarni 1 minutda ochib tashigan shahs bo'lib etishishi mumkin. A lekin ota-ona ilmlik, masalan oqituvchi bo'lishsa, demak bola ham qaysidir ma'noda fan bilan mashug'ul bo'ladi. o'z davrini etuk ko'zga ko'ringan buyuk insoniga aylanishi mumkin.

Agzam Abdullaev
26.02.2008, 10:52
Одатда инсон танасидаги турли гармонлар мутаносиб ҳолда ишлайди. Агар гармон ўз ишлаш механизмидан чиқса, тананинг қайсидир аъзоси ё тез ривожланиб кетади ёки орқада қолади.

Nozima Tashpulatova
26.02.2008, 10:58
Одатда инсон танасидаги турли гармонлар мутаносиб ҳолда ишлайди. Агар гармон ўз ишлаш механизмидан чиқса, тананинг қайсидир аъзоси ё тез ривожланиб кетади ёки орқада қолади.
Bu bilan vunderkindlar dunyoga kelishiga garmonlar ta'sir qiladi demoqchimisiz? Unda qanday holatda vunderkind tug'iladi. Garmon mexanizmi ishdan chiqqandami yoki tez rivojlanib ketgandami?

Aziza Abdunabiyeva
26.02.2008, 14:45
Menimcha, Nozima opa aytgan vunderkindlar Alloh tomonidan berilgani uchungina bu buyuklikka erishadilar. Masalan, buyuk va aqlli insonlarning farzandlari o'qishni istamaydigan, ilmga no'noq, yoki yomon yo'llarga krib ketadilar. Ayrim aks sifatlarga ega bo'lgan insonlar esa g'irt o'qimagan, yoki o'g'rilardan tug'ilashi mumkin. Lekin, inson o'zi tarbiyalayotgan farzandining tarbiyasiga yaxshi e'tibor bersa, ularni ayni bir sohaga yo'naltirsalar, undan o'sha sohaning buyuk mutahasisi tug'ilishi mumkin, lekin bu bilan haqiqiy siz nazarda tutayotgan vunderkindlar yetishmasa kerak, baribir. Genlar ahamiyatiga ishonaman, har holda bu isbotlangan fanning bir qismi, lekin baribir biz bilgan bunday " redkiy dar" egalari faqat Alloh marhamati tufayligina bunga erishganlar. Lekin, agar inson chin dildan harakat qilsa, o'zi istagan darajaga yetishishga albatta qodir!

Agzam Abdullaev
26.02.2008, 15:32
Bu bilan vunderkindlar dunyoga Garmon mexanizmi ishdan chiqqandami yoki tez rivojlanib ketgandami?
Сиз аслида бир нарса ҳақида гапиряпсиз.Чунки умум механизмни ишдан чиқиши инсон танасидаги баъзи бир аъзоларнинг ё ривожланиб ё орқада қолиб кетишига сабаб бўлади.

G'olib Nishonboyev
26.02.2008, 15:59
Куп кузатувларга асосланиб шундай хулосага келиш мумкинки, купрок генларнинг таъсири катта. Оилавий тарбия ва билим бу мажбуран сингдирилади. Халкимиз орасида "Конида бор-да" деган иборани тез-тез учратиб туришимиз бежиз эмас.

Ibragim Yermatov
28.02.2008, 09:51
Вундеркинд хар бир оилада тугилиши мумкин. Аммо, вундеркинд узи ким?
Куйидаги манбалар кисман ушбу саволга жавоб беради.
http://madaniyat.zn.uz/2008/02/28/v-kazhdom-dome-vunderkindy/rus/#more-51
http://madaniyat.zn.uz/2008/02/28/enciklopediya-zabluzhdenij/rus/#more-52
http://www.liveinternet.ru/tags/%E2%F3%ED%E4%E5%F0%EA%E8%ED%E4%FB/

JUS
04.03.2008, 13:50
Menimcha, Nozima opa aytgan vunderkindlar Alloh tomonidan berilgani uchungina bu buyuklikka erishadilar. Masalan, buyuk va aqlli insonlarning farzandlari o'qishni istamaydigan, ilmga no'noq, yoki yomon yo'llarga krib ketadilar. Ayrim aks sifatlarga ega bo'lgan insonlar esa g'irt o'qimagan, yoki o'g'rilardan tug'ilashi mumkin. Lekin, inson o'zi tarbiyalayotgan farzandining tarbiyasiga yaxshi e'tibor bersa, ularni ayni bir sohaga yo'naltirsalar, undan o'sha sohaning buyuk mutahasisi tug'ilishi mumkin, lekin bu bilan haqiqiy siz nazarda tutayotgan vunderkindlar yetishmasa kerak, baribir. Genlar ahamiyatiga ishonaman, har holda bu isbotlangan fanning bir qismi, lekin baribir biz bilgan bunday " redkiy dar" egalari faqat Alloh marhamati tufayligina bunga erishganlar. Lekin, agar inson chin dildan harakat qilsa, o'zi istagan darajaga yetishishga albatta qodir!

Ushbu fikrga qo'shilgan holda yana bir narsani aytib o'tish joizki, vunderkindlarni yaratilmaydi, ular yaratganning qudrati bilangina vunderkind bo'ladi manimcha.

Alidjan Nazarov
04.03.2008, 15:30
Макола анча йил илгари ёзилган булса хам унда куйилган саволга жавоб олиш мумкин деб уйлайман. Мен хам анча кизик фактларни билиб олдим.
http://www.ma-ma.ru/ru/library/article/16.old

Nozima Tashpulatova
11.03.2008, 12:04
Menimcha, Nozima opa aytgan vunderkindlar Alloh tomonidan berilgani uchungina bu buyuklikka erishadilar.

Ushbu fikrga qo'shilgan holda yana bir narsani aytib o'tish joizki, vunderkindlarni yaratilmaydi, ular yaratganning qudrati bilangina vunderkind bo'ladi manimcha.

Bu bilan "chalpak pish og'zimga tush" deb o'tirish kerak demoqchimisiz? Vaholanki islomda bizdan ko'ra ancha ko'proq ilmga ega bo'lgan Avloniy o'tgan asrdayoq "Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir" degan. bu nimani anglatadi o'sha vunderkindlarni ham tarbiya qilish mumkin. Yani faqat qonida bor bo'lishi kerak deb xech narsaga erishib bo'lmaydi.

Maestro
12.03.2008, 20:09
Фикримча, вундеркинд бўлиш - на генларга, на тарбияга ва на оиладаги муҳитга боғлиқ. Инсон қандайдир потология билан дунёга келиб, вақт ўтган сайин унда бошқаларга ноёб ва ғайритабиий туюлган қандайдир жисмоний ёки ақлий қобилият намоён бўлади.
Бошқа тарафдан, балки улар табиатан ҳақиқий инсонлару, бизлар потологиялик бўлсак керак:cray: . Улар камчилик бўлганлиги учунгина бизга уларнинг қобилиятлари ғайритабиий туюлар...

Sanjar Dusmukhamedov
27.03.2008, 17:31
Masalan Alisher Navoiy 7 yasharligida Mantiq-ut-Tayrni yoddan bilgan.
Mark Vishnya 3 yoshidayoq kvadrat ildizlarni miyasida aniqlash, va ularni 3 xonali sonlarga ko'paytirish va bo'lish amallarini bajargan.

Ман 4 ёшимда Абдулла Ориповни "Онажон" шеърини ёддан билардим. 7 ёшимда мактабда борганимда укишни, ёзишни, математикадан купайтириш ва булишни билардим. Бундан чикди мен хам вундеркиндманми??? :)

Shuhrat Dehkanov
27.03.2008, 22:09
Ман 4 ёшимда Абдулла Ориповни "Онажон" шеърини ёддан билардим. 7 ёшимда мактабда борганимда укишни, ёзишни, математикадан купайтириш ва булишни билардим. Бундан чикди мен хам вундеркиндманми??? :) Аватардаги расминигиздан туппа-тузук, галустук таққан одамга ўхшайсиз-н? Эйнштейнга ўхшаб сочлариз алвидомас :)

Vunderkindlar - g'ayritabiiy ishlar qilib odamlar og'zini ochganlari emas, balki insoniyatga nafi tekkanlari - yo to'g'ri ta'lim-tarbiya berilgan yoki o'ziga o'zi to'g'ri ta'lim-tarbiya berolgan shaxslardir.

Sanjar Dusmukhamedov
28.03.2008, 08:02
Аватардаги расминигиздан туппа-тузук, галустук таққан одамга ўхшайсиз-н? Эйнштейнга ўхшаб сочлариз алвидомас
Эйнштейнни нима дахли бор? У Абдулла Ориповни "Онажон" шеърини ёдламаган. wikipediya да ёзишларига кура Вундеркинд (http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%92%D1%83%D0%BD%D0%B4%D0%B5%D1%80%D0%BA%D0%B8%D 0%BD%D0%B4)ларни тулик ифодалаб утишган. Бунга кура Эйнштейн (http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%AD%D0%B9%D0%BD%D1%88%D1%82%D0%B5%D0%B9%D0%BD#. D0.91.D0.B8.D0.BE.D0.B3.D1.80.D0.B0.D1.84.D0.B8.D1 .8F) вудеркинд бумаган аксинча мактабда укиш пайтида хеч нима килолмаган, иккичи бола булган :)

Aziza Abdunabiyeva
18.04.2008, 18:02
Gap faqat maktabda qanday o'qishda bo'lsa, unda men ham vunderkintlikni da'vo qilishim mumkin ekan-da !!! Men ham 4-5 yoshlarimdan Alisher Navoiy g'azallari-yu, ruboiylarini yoddan bilardim. 1-sinfda ham kirill, ham lotin tilida o'qish va yozish qo'limdan kelardi. Matematikadan ham bilimlarim 1-sinf o'quvchisinikidan ko'p edi, adashmasam.

Nigora Umarova
18.04.2008, 18:23
Vunderkindlik qobiliyati bolada bo'lishi mumkin-u, biroq ota-onaning e'tibor bermaganligidan bu qobiliyat yo'qolib ketishi mumkin. Qobiliyat rivojlantirilsagina uni is'tedod tarzida namoyon etish mumkin. Bo'lmasa bu qobiliyat yo'qolib ketadi.
Inson esa istedodini namoyon etishi va takomillashtirish keyinchalik o'ziga bog'liq. Sababi, vunderkind bolalarga ko'p e'tibor beriladi. Ba'zan e'tiborsizlik tufayli ular ulg'ayishganda qiyin ruhiy ahvolga tushib qo'lishadi. Bunga birgina misol rus shoirasi Nika Turbina. Bolaligida yuksak e'tiborga o'rganib qolib, ulg'aygach e'tibor kamligidan o'z joniga qasd qilgan.

Shomurodov Shohruh
26.04.2008, 14:56
Wunderkind degani tulaqonli aqlli bola emas, balki ba'zi bir aqliy hususiyatlari boshqa bolalarnikiga nisbatan yaxshiroq rivojlangan, yod olish, hisoblash va b. Aynan usha wunderkindlardan kura boshqa bir "oddiy" bolalar hayotda kupgina narsaga erishishi mumkin. Lekin, wunderkindlar orasidan ham mashhur va haqiqatdan ham daho bulib yetishib chiqqanlar bor, yuqorida aytilgandek Alisher Navoiy hazratlari, Karl Friedrich Gauss, Abel, Galua...
Dale Karnegining kitobida aytiladiki, inson uzini hayoti davomida miyasini faqatgina 10% ga ishlatida, balki bizlar aytgan daholar kuproq foydali ish koeffitsienti olishgandirlar...har bir kishiga xudo bergani buladi, majburlab yoki ataylab bolani wunderkind qilish manimcha keyinchalik achinarli holatlarga olib kelishi mumkin.

Abduganiyev Murod
27.04.2008, 15:41
Vunderkindlarning asosiy belgilari: O'qima degan kitobni albatta olib o'qiydi.
Boshqa bolalardan ayrim xislatlariga ko'ra ajralib turadi.
O'qshga mukkasidan ketgan bo'ladi.
Kam maqtanadi (agar u haqiqiy vunderkind bo'lsa).
Kattalarcha fikr yuritadi.
kattalar bilan ko'proq muloqotda bo'lishni hohlaydi.
Maktabda va jamoat joylarida o'z odobi bilan boshqalardan ajralib turadi.
O'qigan bilganlariga doim amal qiladi.
Bora-bora olam,odam haqida fikr yurita boshlaydi.
Keyinchalik moddiyatni his qiladi.
Yaratguvchi haqida o'ylaydi.Uning borligiga iymon keltiradi. Ana o'shandagina u haqiqiy vunderkind bo'lib yetishadi.

Haq yo'li bir o'tilgusidir.
Cho'lpon.

axmedovshuhrat
30.05.2010, 23:49
Inson esa istedodini namoyon etishi va takomillashtirish keyinchalik o'ziga bog'liq.
Вундеркинд фан соҳаларидан асосан математика, спортдан шахмат, мусиқадан фортепиано ёки бирор-бир асарни ёд олиш билан чегараланади. Бу дегани ёш болани мияси жуда ривожланишига фақат каллада бажариладиган ишлар таъсир этади. Амалий фан соҳаси ёки ишлаб чиқариш, хизмат кўрсатиш соҳаларида бундай вундеркиндлар бўлмайди. Яъни вундеркиндлик аномалия бўлиши мумкин.
Инсонларни орасидан 100 минг ёки ундан ошиғидан биттаси вундеркинд бўлиб туғилса, вундеркиндларнинг 100 мингдан биттаси катта бўлиб, ўзини билимини, истеъдодини кўрсата олади. Машҳур вундеркиндларга мисол учун Блез Паскални киритишади. У ўз замонасида ўша замон учун тушунарсиз бўлган ҳисоблаш машинасини яратган (ҳозирги калькулятор, лекин буни у 400 йиллар олдин яратганда!). Яна қизиқ вундеркинд Батист Галуа у 23 ёшгача яшаб математикада катта очилишлар қилган ва фанни кейинги ривожида ўз ҳиссасини (ўзи билмаган ҳолда албатта, чунки унинг китоблари унинг вафотидан кейин йиғиб нашр қилинган) қўшган.
Яна бир ақлли нақлни эслатмоқчиман: академиками не рождаются а становятся. Бу дегани вундеркинд ҳеч қандай машаққатли меҳнатсиз ҳеч нарсага эришолмайди дегани. Ана шунақа.

axmedovshuhrat
30.05.2010, 23:56
majburlab yoki ataylab bolani wunderkind qilish manimcha keyinchalik achinarli holatlarga olib kelishi mumkin.
Демак болани ўз ҳолича ташлаб қўйиш керакми?
Болани туғилгандан илм-маърифат билан атрофини чулғаб олсак, ўйлайманки албатта шундай муҳитда ўсган бола алкаш, наркоман оилаларда ўсган болалардан фарқ қилади.
Яна меҳнат, болани жалб қилиш, изланишга ва асосийси НАТИЖАВИЙЛИКка ўргатсак, у ҳар қандай вундеркиндни ўрнини боса оладиган бўлиб етишади. Келажакда у СИЗга раҳмат дейди. Жуда чиройли мисол: Арпа эксанг арпа ўрасан, буғдой эксанг - буғдой.

OmoN
31.05.2010, 00:29
Боланинг ақлий ривожланиши қандай оилада кимдан туғилишига эмас, балки қандай муҳитда тарбия топишига боғлиқ бўлса керак. Албатта генлар ҳам муҳим ўрин тутади, лекин асосий таъсирни муҳит ўтказади.

axmedovshuhrat
31.05.2010, 00:39
Албатта генлар ҳам муҳим ўрин тутади, лекин асосий таъсирни муҳит ўтказади.
Америкада битта камбағал кўп болали қоравойлар оиласидан 70-йилларда туғилган болани олиб ҳукумат махсус лойиҳаси асосида едириб-ичириб, тарбия бериб, ўқитиб, ўргатиб бўлгандан сўнг 20-25 йиллардан кейин натижани кузатишса, ҳалиги кўп болали оиладан ажратиб олинган бола йирик мутахассис олимга айланди. Ҳатто у билан ишлайдиган ҳамкасблари уни "БОТАНИК" деб лақаб қўйиб олишди. Болани биологик онаси таъкидлашича оиладаги биронта фарзанди бунчалик кўп пул топадиган, бунчалик оилага ёрдам берадиган бўлиб етишмаган. Мана сизга мисол. Бундай хулоса генлар ҳеч нима, фақат таълим-тарбия. АВЛОНИЙни машҳур бўлган гапини эсланг. Таълим биз учун ҳаёт ё мамот, ...

OmoN
31.05.2010, 01:16
Болани биологик онаси таъкидлашича оиладаги биронта фарзанди бунчалик кўп пул топадиган, бунчалик оилага ёрдам берадиган бўлиб етишмаган. Менда эса бунга қарши мисол бор. Бир оила (ота ҳам, она ҳам далада ишлайдиган ҳалол одамлар) тўртинчи фарзанди туғилганда роддомда ташлаб кетилган бир болани ҳам боқиб олишади. Асраб олинган бола ҳам қолган 4 ака-укалари билан бир хил шароитда катта бўлади. Оиладан фақат ўша бола ўқимишли бўлиб катта олим бўлади. Кейин онаси топилганда билишса боланинг отаси профессор, онаси унинг энг иқтидорли шогирди бўлган экан. Домласига алданган талаба қиз фарзандини ташлаб кетишга мажбур бўлган экан.

axmedovshuhrat
01.06.2010, 06:51
Бир оила (ота ҳам, она ҳам далада ишлайдиган ҳалол одамлар) тўртинчи фарзанди туғилганда роддомда ташлаб кетилган бир болани ҳам боқиб олишади. Асраб олинган бола ҳам қолган 4 ака-укалари билан бир хил шароитда катта бўлади. Оиладан фақат ўша бола ўқимишли бўлиб катта олим бўлади.
Қара-я, мен етим қўзи асрасанг оғзи бурнинг мой қилар, етим бола асрасанг оғзи-бурнинг қон қилар деган мақол ишламаганини кўряпман

Nigora Umarova
01.06.2010, 10:06
[Қара-я, мен етим қўзи асрасанг оғзи бурнинг мой қилар, етим бола асрасанг оғзи-бурнинг қон қилар деган мақол ишламаганини кўряпман

Muhtaram axmedovshuhrat!

Xabarlarni yozayotrganingizda "tirnoq orasidan kir qidirmay" yozing!
Bu tanbeh boshqa mavzulardagi xabarlaringizga ham tegishli. O'zbek tilida faoliyat olib boruvchi forumdoshlarimiz orasida bir-birimizga "siz"lab muomala qilamiz.