PDA

Ïðîñìîòð ïîëíîé âåðñèè : "O'tgan kunlar"ni qaerda xarid qilish mumkin?


shumbola
22.01.2008, 16:02
Qizim "O'tgan kunlar" kitobini o'qimoqchi ekanligini aytib qoldi. Bu kitobni qaerda xarid qilish mumkin?

Rustam Yunusov
22.01.2008, 16:20
Qizim "O'tgan kunlar" kitobini o'qimoqchi ekanligini aytib qoldi. Bu kitobni qaerda xarid qilish mumkin?

Øóìáîëà ìàíà áóíè êóðèíã÷è ñêà÷àòü êèëèá îëèá (http://www.literature.uz/uzbek/books.php?bookid=3&periodid=6) êèçèçãà êèòîá âàðèàíòè êèëèá ñîâãà êèëèøèç ìóìêèí íó áó áèòòà âàðèàíò áàëêè êåðàê áóëèá êîëàð.

JUS
22.01.2008, 16:24
Qizim "O'tgan kunlar" kitobini o'qimoqchi ekanligini aytib qoldi. Bu kitobni qaerda xarid qilish mumkin?

Agar haqiqatdan ham o'sha kitobni sotib olmoqchi bo'lsangiz, "Sharq Ziyokori" dan olishingiz mumkin, ya'ni, oldingi Le Meridian, hozirgi Tashkent Palace mehmonhonasi oldidagi.

Agar "O'tgan kunlaringizni" sotib olmoqchi bo'lsangiz, manimcha uni hech qayerdan topolmasangiz kerak.:187:

shumbola
22.01.2008, 17:24
Qizim "O'tgan kunlar" kitobini o'qimoqchi ekanligini aytib qoldi. Bu kitobni qaerda xarid qilish mumkin?

Agar haqiqatdan ham o'sha kitobni sotib olmoqchi bo'lsangiz, "Sharq Ziyokori" dan olishingiz mumkin, ya'ni, oldingi Le Meridian, hozirgi Tashkent Palace mehmonhonasi oldidagi.


Ha, aynan mana shu kitobni sotib olmoqchiman. Rahmat.


Agar "O'tgan kunlaringizni" sotib olmoqchi bo'lsangiz, manimcha uni hech qayerdan topolmasangiz kerak.:187:

Bu kitob tog'risida eshitmaganman. Kimning kitobi?

JUS
22.01.2008, 17:44
Agar "O'tgan kunlaringizni" sotib olmoqchi bo'lsangiz, manimcha uni hech qayerdan topolmasangiz kerak.:187:
Bu kitob tog'risida eshitmaganman. Kimning kitobi?

Albatta bu hazil tariqasida yozilgan edi, manimcha xafa bo'lmaysiz degan umiddaman.
Bu kitob o'zingizning kitobingiz bo'lib, u hech qanday varag'u, daftarlarda yozilmagan, u faqat sizning xotirangizda yozilgan:187:

Savolingizdan kelib chiqib hazil tariqasida yozgandim: "O'tgan kunlar" ni qayerda harid qilish mumkin?.:buba:

Yulduz Alieva
22.01.2008, 17:45
Kimning kitobi?
Àáäóëëà Êîäèðèé êèòîáè, óíè "áåðóíèé" ìåòðîñèäà õàì êèòîá ñîòàäèãàí ìàãàçèíëàðíèíã áèðèäàí ñîòèá îëèøèíãèç ìóìêèí.(ÖÓÌ íè îëäèäà êèòîáëàð ñîòèëàäèãàí ìàãàçèíëàð áîð. Óøà åðäàí ñóðàá ñóðèøòèðñàíãèç õàì áóëàäè).

Dilya Hasanova
22.01.2008, 17:50
:biggrin: :biggrin: :biggrin: Áèð-áèðëàðèíãíè ¸çãàíëàðèíãíè ÿõøèëàá ¢қèíãëàð, õàììàñè ÷àëêàøèá êåòäè.

shumbola
22.01.2008, 17:56
Hammaga rahmat, savolimga javob topdim ;-)

Nigora Umarova
23.01.2008, 10:09
Íàâîèé êó÷àñèäàãè êèòîá ðàñòàëàðèäàí õàì óçèíãèç èñòàãàí êèòîáèíãèçíè òîïèøèíãèç ìóìêèí.
http://www.qodiriy.edunet.uz/otkan.htm ìàíçèëèãà êèðèá àñàð õàêèäàãè ôèêðëàðíè õàì óêèø ìóìêèí.

shumbola
23.01.2008, 17:49
Bugun, Buxoro ko'chasida joylashgan "Sharq Ziyokori" do'konidan kitobni xarid qildim.

Nigora Umarova
25.01.2008, 11:39
Bugun, Buxoro ko'chasida joylashgan "Sharq Ziyokori" do'konidan kitobni xarid qildim.

ßõøè õàìêè ôàðçàíäèíèíã êåëàæàêäà ìàúíàâèÿòëè áóëèá óëãàéèøëàðèíè õîõëàéäèãàí îòàëàð áîð.
Çåðî, Àáäóëëà Êîäèðèé "Áó êèòîáíè áèð ìàðòà ýìàñ, áåø ìàðòà óêèø êåðàê. Øóíäà ñèç ìóîìàëàíè, îäîáíè, òàðèõíè, õà¸òíè, òèëíè óðãàíàñèç" äåãàíëàð...

Abduganiyev Murod
25.01.2008, 13:29
O'zbek adabiyotining o'chmas yulduzi. Abdulla Qodiriyning "O'tgan Kunlar" romani deyarli barcha maktab yoki litseylar kutubxonalarida yetarli darajada bor. Uning o'qilmasligiga sabab esa o'qituvchilarning bunga majbur qilmasligi. Va befarqligi deb o'ylayman. Chunki shaxsan bizning Adabiyot o'qituvchimiz bu romanni o'qib chiqishimizga majbur qildilar. Bunga esa bahona oddiy "semestrda shu romandan savol javob bo'ladi."

Nigora Umarova
25.01.2008, 16:45
Ìóðîäõóæà!
ßõøè õàìêè óêèòóâ÷èíãèç ìàæáóð êèëãàíè, áóëìàñàì àæîéèá äóðäîíàäàí áåáàõðà êîëàðäèíãèç...

Nigora Umarova
03.04.2008, 09:19
E'tiboringizga 9-sinflarda o'tilgan "Otabek, Kumush, Zaynab va hozirgi yoshlar" teatrlashtirilgan bahs-munozara dars ishlanmasini havola qilmoqdaman. Dars Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 70-maktab o'qituvchisi Dilfuza G'aniyeva tomonidan ishlab chiqilgan. Darsni o'z sinfimda o'tganimda ham yaxshi natijaga erishganman.Mavzu: “Otabek, Kumush, Zaynab va hozirgi yoshlar”

Teatrlashtirilgan bahs-munozara dars.



Darsda foydalaniladigan adabiyotlar:

1.Abdulla Qodiriy “O’tgan kunlar”
2. H. Qodiriy “Otam haqida”.
3.“Qodiriyni qumsab” Xotiralar.
4. “Armon” she’riy to’plam.
5. N. Boqiy. “Qatlnoma”
6. M. Qo’shjonbov “O’zbekning o’zligi”
Texnik vositalar: Magnitafon va videomagnitafon kassetalaridan foydalaniladi.
O’qituvchi: Moziyga qaytib ish ko’rmoqni xayrlik deydilar. Shunga ko’ra biz bugungi mavzuni moziydan o’zbek hayoti, o’zbek ruhi, o’zbekona urf-odatlar va o’zbek ma’naviyati aks etgan “O’tgan kunlar”dan belgiladik…
Ko’zlar ko’rdim suratda ham taratgay ziyo,
Mangu hasrat qotib qolgan oniy shuurda.
La’nat senga, oqibatsiz, ey qattol dunyo,
Shu ko’zlarni chiritmoqchi bo’ldingmi go’rda?
Qodiriyning tirnog’idan kir axtarganlar
Qayda qoldi tor doira quloqchilari.
Siz qaytarmang men barilla aytayin do’stlar,
Hamon mavjud ezgulikning qo’riqchilari.
Ona xalqim qaddingni tut, olamga hayqir,
Bor kuchingni, ovozingni yig’ib tomoqqa.
Qodiriyning ruhi bilan ellarni chaqir,
Yovuzlikdan yaxshilikni qo’riqlamoqqa !
(Sh. Sodiq «Qodiriyning so’nggi surati ». «Armon» kitobidan)
Dunyoda shunday yozuvchilar bo’ladiki, ularning ijodisiz biror bir milliy adabiyotning taraqqiyot yo’lini tasavvur etib bo’lmaydi. A. Qodiriy o’zbek xalqining iymoni, vijdoni bo’lmish ana shunday yozuvchilardan edi. Biz Siz bilan o’tgan darslar davomida Qodiriyning armonli hayoti, ayanchli, fojiali taqdiri haqida suhbatlashdik. Yozuvchi ijodi bilan, uning «o’tgan kunlar » romani bilan yaqindan tanishdik. Asar bizni maftun etdi. Biz oddiylikdagi tengsiz go’zallikni ko’rdik.
Shunday ekan, asarni tahlil qilish, qahramonlar ichki va tashqi olamining o’ziga xos tomonlarini ochishda ham o’zgacha usuldan foydalansak. Kelishib olganimizdek, 3 guruhga bo’linamiz: 1- tomon fojia ro’y berishiga sabab bo’lgan qahramonlarga aybnoma e’lon qiladilar. 2- tomon qahramonlarning hatti-harakatlaridan kelib chiqib ularni oqlashga harakat qiladilar va 3- guruh guvoh sifatida qatnashadilar. Marhamat, hukmdori odil bu majlisni boshqarib boradi.
Videokassetadan foydalanib “O’tgan kunlar” badiiy filmining so’nggi qismi ko’rsatiladi. So’ng Yoqubjon Mamadaliyevning “Kumushbibi” she’ridan parcha o’qiladi.
Atlasmidi, adrasmidi kiyganing,
Dunyo nisor qalam-qalam qoshingga.
Beging senga, sen begingga to’ymading –
Kumush bibi zahar tushdi oshingga.

Hukmdori odil: Hurmatli jamoa! Toshkandning mashhur a’yonlaridan bo’lg’on Yusufbek Hoji xonadonida fojia ro’y berdi. Bugun ana shu fojianing ildiziga bolta urmoq maqsadida yig’ildik. Qoralovchi va oqlovchi tomonlar tayyormi?
Qoralovchi: Hurmatli majlis ahli! “O’tgan kunlar” ishi bo’yicha Yusufbek hoji o’g’li Otabekni aybdor deb topdik.
1. Otabek ota-ona rizoligisiz marg’ilonlik Mirzakarim qutidor qizi – Kumushbibiga uylandi.
2. Shuning orqasidan o’z farzandlik burchini unutdi.
3. Otabek ko’ra bila turib Zaynabga uylandi va bir bechora qizning baxtiga zomin bo’ldi.
4. Shariat qonuniga ko’ra ikki ayoliga bir xil munosabatda bo’lmog’I, ikkisini ham o’z himoyasiga olmog’I kerak edi. Biroq Otabek bechora Zaynab qarshisida “jonsiz haykal” bo’lib yashadi. Bir bechora qizning shodligi, dard-u hasratiga sherik bo’la olmadi.
5. Otabek bechora Zaynabni eng so’nggi chorani qo’llashga majbur qildi, o’zi bilmagan holda Zaynabning qo’liga zahar tutqazdi.
Hurmatli jamoa, Mirzakarim qutidor qizi Kumushbibining o’limida Otabekni aybdor deb topdik. So’z yusufbek hoji o’g’li Otabekka.
Otabek: Men ota-onamning qistovi bilan Kumushbibi ustiga Zaynabni kundosh qilib olishga majbur bo’ldim. Biroq kundoshlik tufayli oilamiz totuvligi buzildi. Kumush zaharlandi. Bunda mening aybim yo’q bo’lsa kerak.
Qoralovchining savollari: - Zaynabga uylanmaslikning iloji yo’qmidi?
- Zaynabni yolg’izlatib qo’ydim deb o’ylamaysizmi?
- Kumushga qilingan muomala Zaynabga ham qilinsa bu fojia yuz bermasmidi?
- Nega ota – onangizga voqealarni batafsil tushuntirib bermadingiz?
Oqlovchi: Hukmdori odil! Ro’y bergan fojiada Otabekning aybi yo’qligini isbotlash uchun guvohlarni chaqirishga ruxsat berishingizni so’raymen. (1-guvoh chaqiriladi). Siz Yusufbek Hoji o’g’li Otabek haqida majlis ahlig’a nima ayta olasiz?
I-guvoh: Men Otabek bilan Qodiriy domla orqali tanishgan edim. Otabek 24 yoshlarda, og’ir tabiatlik, ulug’ gavdali, ko’rkam va oq yuzli, mutanosib qora oshli va egnida murti sabz urgan, ilmli va aqlli bir yigit.
Oqlovchi: Aytingchi, guvoh, Otabekka bunday yuqori baho berishingizga Qodiriy domlaning maqtovlari sababmi?
Guvoh: Aslo, men bu yigit bilan bir majlisda qatnashib, u haqda ko’pgina aqlli odamlarning maqtov gaplar aytishganini eshitganman. Masalan Ziyo shohichi Otabekni maqtab “Otasining bolasi-da” degan bo’lsa, Akrom hoji: “Agar xon ko’tarish manim qo’limda bo’lsa edi, xon qilib Otabekni ko’tarar edim”, - deb aytg’aniga, Mirzakarim qutidor: “Otabek xon qizig’a loyiq bir yigit ekan”, -deb maqtag’an so’zlarig’a guvohmen.
(Navbatdagi guvoh chaqiriladi)
Oqlovchi: Aytingchi, Otabekda o’zbekona andisha va hayo bormi edi?
II-guvoh: Otabekda andisha, hayo bor. U birovning qalbiga ozor berishdan qo’rqadi. Balki mana shu andisha ma’lum darjada Kumushning o’limiga sabab bo’lgandir. Otabek yodingizda bo’lsa, mehmonlarga Hasanalining qul ekanligini aytish uchun uning hujradan uzoqlashuvini kutadi. Garchi Hasanalining qul ekanligi sir bo’lmasa-da, ammo bu so’z bilan uning qalbi ozor chekishini o’ylaydi. U odamlarni mansab va boyliklariga qarab emas, balki insoniy fazilatlariga qarab baholovchi bir yigit edi.
(Navbatdagi guvoh chaqiriladi).
Qoralovchi: Aytingchi, guvoh, Otabek Millat taqdiri bilan qayg’uruvchi kishilardan edimi?
III-guvoh: Albatta taqsir! Otabekni millat taqdiriga befarq deb bo’lmaydi. Azizbekning Qo’qonga qarshi bosh ko’targani xalq tomonidan oddiy qarshi olindi. Ammo Otabek bu xabarga oddiy qaray olmadi. “Yeb turg’ani og’zida, yutgani bo’g’zida qoldi”.Otabek millatni, xalqini, musulmonni jar yoqasida turganidan vahimaga tushdi. Yoki yana bir misol: Qipchoqlarning qirg’in etilishi Otabekni dahshatga soldi. U bu fojiaga oddiy tomoshabin bo’lib qolmadi. Barcha zahrini otasiga sochdi. Otabek “jahl chiqsa, aql ketadi” qabilida ish qilavermas, vaziyatni anglab, oqni qoradan ajrata bilguvchi yigitlardan edi. Yusufbek hoji o’g’lining gaplaridan ko’ziga yosh olib: “Nega har narsaga yetgan aqling shunga kelganda oqsaydur?”,- deganda Otabekdagi ana shu fazilatni nazarda tutgan edi.
(Navbatdagi guvoh chaqiriladi).
Oqlovchi: Siz bizga Otabekning ayonlariga bo’lgan munosabati haqida biror bir narsa ayta olasizmi?
IV-guvoh: Otabekning ayonlariga bo’lgan munosabati ro’mon boshidayoq ma’lum edi. “…Oladurg’on xotiningiz sizga muvofiq bo’lishi barobarida er ham xotinga muvofiq bo’lsin”, deya fikr bildiradi. Shu tufayli ham uylanmay turib Zaynabga achinadi, “bir bechoraga ko’ra bila turib jabr ham xiyonat”, - degan edi. Otabek Kumushga muhabbat orqasidan uylangan bo’lsa, Zaynabga ota-ona orzusi tufayli uylandi. Shu bois bir qalbga ikki muhabbatni sig’dira olmadi. Bunda Otabekni ayblab bo’lmas, taqsir.
(Navbatdagi guvoh chaqiriladi)
Qoralovchi: Aytingchi, guvoh, Marg’ilonlik Kumushbibining Otabekni sehrlab olishiga sabab bormi?
V- guvoh: Albatta, taqsir! Qodiriy domla ham Kumushbibini ta’riflashda ko’pincha o’zini ojiz his etadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ta’rifni oxiriga yetkazmay nuqta qo’yadi.
Tasavvur qiling-a, sandal ko’rpasiga burkanib olib, yig’lagan qizni,. Qovoqlari ishgan, yuzlari bo’rtgan, ko’zlari qizargan. Tasavvur qildik-a! ammo yozuvchi endi nima deydi deng:- “Bu o’zgarish uning husnini, latofatini bir zarra ham kamsitmay o’n qayta oshirgan edi…” Yoki kelinlik libosida tasvirlar ekan: “otabek kelib, uni bir ko’rsin-da, birgina jon bersin”,-deydi. Kumushbibidagi tashqi go’zallik ichki go’zallik bilan uyg’un bo’lganligi uchun bu qiz Otabeknigina emas, Yusufbek Hoji va O’zbek oyimlarni ham o’ziga rom etgan edi. Shu bois Zaynab bo’lmasa: Yusufbek Hoji Kumushbibini farishta degan bo’lur edi.
Oqlovchi: Hukmdori odil! Janob qoralovchi guvohimizga berayotgan savollardan ko’rinib turibdiki, ular Otabek Kumushbibining makriga ilingan deb baholayotirlar. “o’tgan kunlar”ni o’qish jarayonida shu narsani kuzatish mumkinki, kumushbibining o’ziga xos go’zalligi oxirgi nafasigacha cho’ziladi. Dastlab qodiriy domla kumushni qiz suratidagi malak sifatida ta’riflaydilar. Mana eshitib ko’ring-a (Asardan Kumushning ariq betidagi holati o’qib beriladi. 27-bet) Kumush go’zalligini bundan-da chiroyliroq tasvirlash qiyin bo’lsa kerak. Bunday qiz albatta Otabekni o’ziga rom etadi-da!
(Yana bir guvoh chaqiriladi).
Qoralovchi: Kumushbibi O’zbek oyimning so’zlariga ko’ra andishasiz, oriyat va o’zbekchilikni bilmaydurg’on bir “andi”, lo’lilar zotidan bo’lib, Otabekni o’ziga sehrlab olgani rostmi?
VI-guvoh: Aslo taqsir! Suv bo’yidagi yigitga bo’lgan muhabbatini so’lg’in dardga aylansa-da, tilga chiqarmasligi bu qizdagi o’zbekona andisha emasmi? Ota-onasining yolg’iz farzandi bo’lsa hamto’yga qarshilik ko’rsata olmaslik oriyat hisoblanmaydimi? Kumushbibi Otabekdan taloq xatini olibxo’rlik va rashk o’tida yonsa-da, begiga bo’lgan muhabbatini so’ndirmadi.
Oqlovchi: hukmdori odil! Guvohlarning bergan guvohliklariga ko’ra, kumushbibining o’limida Otabekni ayblab bo’larmikan?! Toshkentda shuncha go’zal qizlar qolib, uning Marg’ilondan uylanishi, marg’ilonlik bir “andi”ga yuragidagi butun muhabbatini bag’ishlashi taqdir emasmi? Qoralovchi janoblari Otabekni Zaynabga uylanganida ayblamoqdalar. Uylanmaslikning iloji bormidi? Yo’q! u Kumushni qanchalar sevmasin, ammo ota –onasi oldida farzandlik burchi borligini ham bilardi. Otabek “ota-onasining ko’zidagi nur, belidagi quvvat, hayotining mevasi edi. Zero ota-onasining Otabekdan boshqa umid nishonasi, hayot quvonchi yo’q edi”. Yusufbek Hojining tili bilan aytganda, dunyoda ko’rib o’tadigan orzumiz, havasimiz faqat sengagina qarab qolgan. “Otabek farzandlik burchini yaxshi bilgani uchun ota-ona orzusiga jonsiz haykal bo’lib rizolik berdi va o’zi istamagan holda bechora Zaynabning umriga zavol bo’ldi. Otabek va Kumush o’rtasidagi munosabatda go’zal bir samimiyat bor edi. Zaynab bilan Otabek o’rtasidagi munosabatda esa majburiyat bor edi. Shu bois Otabek ikki o’t ichida yondi.
“Gulim”, yondi Otabek ichdan qulab ketgan tog’,
“Zaynab”, senga ming la’nat, taloqsan sen, ket… taloq!”
Kumush yarq ko’zini ochdi bu so’zni eshitgan chog’,
Qayta yumdi… voh darig’, shu so’zmidi bir ilinj,
So’ng Otabek ko’ksiga bosh qo’yib jon berdi tinch.
Hukmdori odil: “O’tkan kunlar” ishini davom ettirib, ikkinchi aybnomani ham ko’rib chiqsak.
Qoralovchi: Hurmatli jamoa! “O’tkan kunlar” ishi bo’yicha kumushning o’limiga Zaynabni aybdor deb, unga quyidagi aybnomalarni qo’yamiz.
1. Zaynab suymaganga suykalmasligi kerak edi. U Otabek Kumushni yaxshi ko’rishini bilsa-da, ikki qalbga ozor berdi.
2. Zaynab bolaligidan pismiq qiz bo’lib, turmushga chiqqach ham shu odatini qo’ymadi. O’z tarbiyasizligi orqasidan Otabekdan bir necha bor dakki eshitdi. Farosatsizligi tufayli Kumush va Otabek suhbatlariga aralashar edi.
3. Zaynabni O’zbek oyim ham suymas, demak u bu xonadondan o’z vaqtida ketishi kerak edi.
4. Zaynab eng og’ir jinoyatga qo’l urdi. Kumushni zaharlab o’ldirdi. Dahshatlisi shundaki, norasida go’dakni ona mehridan mahrum etib, 3 oila baxtini poymol etdi.
Oqlovchi: Hurmatli majlis ahli, qoralovchi janoblari Zaynabni fojianing asosiy aybdori deb topdilar. Biroq Zaynabni bu ishga qo’l urishida kim aybdor? Axir uni bu ishga undagan yolg’iz Xushro’ybibigina emas-ku! Nahotki, Zaynabning sevishga va sevilishga haqqi bo’lmasa? Otabekning xo’rlashlari yetmagandek, O’zbek oyim ham o’zlari suyib olgan kelinlariga to’nlarini teskari kiyib oldilar. Qoralovchi janoblari Zaynabni tarbiyasizlikda aybladilar. Axir O’zbek oyimdek butun toshkentni oyoqqa turg’uza oladigan bir ayol yakka-yu yolg’iz o’g’liga tarbiyasiz qizni ravo ko’rishi mumkin edimi? Zaynab ham husn-u jamolda, oriyatda, odobda kumushdan qolishmas edi. Uning yolg’iz aybi Otabek tomonidan sevilmagani. U bu xonadonga baxt izlab kelgan, ne-ne orzu-umidlar bilan bir yostiqqa bosh qo’ygan edi. Biroq Otabekdek aqlli va dono yigit Zaynabdan bir og’iz shirin so’zini, bir daqiqalik shirin muomalasini qizg’andi. Bechora qiz Kumushning baxtli kunlarini ko’rib, paymonasi to’lsa-da, sabr teib chidadi. Biroq chaqaloqning tug’ilishi bu paymonani to’ldirib yubordi. Zaynabning qo’liga zaharni achchiq hayot, O’zbek oyim, Otabek va qolaversa kumushbibining o’zi tutqazdi, chunki sevib sevilishga, shu xonadonning erka kelini bo’lishga Zaynabning ham haqi bor edi.
Otabekni yorim degandi,
Yorim, vafodorim degandi.
Kumushdan ham ortiq suygandi,
Siz Zaynabga tutmangiz oson.
Oqlovchi: Marhamat qilib Zaynab o’zingiz haqingizda va bo’lib o’tgan voqealarni gapirib bersangiz.
Zaynab: Men qaynonamning va’dalariga ishondim. Keyinchalik u kishi ham butunlay kundoshim tomonga o’tib oldilar. Men esa yig’i quchog’ida qoldim. Ne qilay, mening aybim nima, ota-onam ixtiyorida bo’lganimmi?!
Bir qarashda hamma ko’ngilsiz voqealarning, fojialarning sababchisi men bo’lib ko’rinaman. Kumushning o’limiga, begim totuv oilasining barbod bo’lishiga aybdor menman. Lekin men kundoshlik azobiga ma’lum ma’noda chidadim, ammo eski urf-odatlar bo’yinturug’ini uloqtirib tashlay olmadim. Men yaxshilik yo’lini topa olmagan, butunlay yomonlik yo’lini ham hazm qila olmagan bechora ayolman.
Qoralovchi: Navbatdagi so’z guvoh sifatida O’zbek oyimga beriladi.
O’zbek oyim: Otabekning Marg’ilondan uylanib qo’yishi menga juda og’ir botdi. Bu xabarni Hasanalidan eshitib o’zimni qo’yarga joy topolmay qoldim. Nihoyat o’glim Marg’ilondan kelguncha otasi bilan maslahatlashib uni unashtirib qo’ydim. U Zaynabga nisbatan sovuq munosabatda bo’ldi. Bu meni tashvishlantirdi. O’glimni Kumushdan sovutishga, ajratishga ko’p harakat qildim.
…Bir kuni qudalarim kelishdi. Shunda Kumushni ko’rdim. U menga yoqib qoldi. Uning Toshkentda qolishiga men sababchi bo’ldim. Lekin uning o’limini istaganim yo’q. Zaynab bunchalikka boradi deb o’ylamagan edim. Meni Kumushning o’limiga sababchi deb hisoblab Marg’ilonga ketib qolgan Otabekdan ranjiy olmadim.
Hukmdori odil: O’zbek oyimni aybdor deb hisoblaysizmi?
Qoralovchi: U aybdor. O’g’li bilan maslahatlashmasdan ish tutgan.
Oqlovchi: E’tiroz bildiraman. Uni aybdor deb bo’lmaydi. Chunki har bir ona o’g’lining baxtli bo’lishini xohlaydi. Birgina O’zbek oyimning aybi bor deyish noto’g’ri.
Hukmdori odil: Hurmatli majlis ahli! “O’tkan kunlar” ishi yuzasidan aybnomani ochiq qoldirishga qaror qildik.
Otabek ta’nasi qiynadi keyin,
Chirqiragan go’dak undan ham battar...
Tushun, qutqarmog’im edi ko’p qiyin,
Haq Zaynabga tutqazgan zahar.
Yaxshi ko’rar edim seni Kumushoy...


Shu bois bu masala xususida Siz ham mushohada yuritarsiz degan umiddaman. Buning uchun “Otkan kunlar”ni qayta-qayta o’qish zarur. Zero, moziyga qaytib ish ko’rmoq, xayrlik deydilar...

Komil Eriev
03.04.2008, 13:42
Èñòàñàíãèç, "¡òãàí êóíëàð" ðîìàíèíè øó æîéäà ҳàì ¢қèøèíãèç ìóìêèí.

olimbek
03.04.2008, 13:57
Èñòàñàíãèç, "¡òãàí êóíëàð" ðîìàíèíè øó æîéäà ҳàì ¢қèøèíãèç ìóìêèí.
Âëîæåíèÿ
¡òãàí êóíëàð.pdf (1.52 Ìá, 1 ïðîñìîòðîâ)
Àôñóñêè áó ôîðóìäà ôàқàò áèòòà ðàõìàò áåðèø ìóìêèí . Êàòòà ðàõìàò. Øó êèòîáíè ýëåêòðîí âàðèàíòèíè èçëàá þðãàíäèì. ßíà áèð ìàðòà ðàõìàò

JH
02.03.2009, 12:00
Èñòàñàíãèç, "¡òãàí êóíëàð" ðîìàíèíè øó æîéäà ҳàì ¢қèøèíãèç ìóìêèí.

Faylni ochdim, o'qimoqchi edim, ko'zimga bir narsa tashlandi. Juda ko'p joyda "o'tkan", "quyosh botqan", "Otabek shu saroyga tushkanmi?" kabi imlo juda chalg'ityapti. Kitobida ham shuday yozilganmi yoki ziyouz digitallashtirganda hato bo'lgan bo'lishi mumkinmi?

Behzod Sulaymonov
02.03.2009, 13:41
O'zbek adabiyotining o'chmas yulduzi. Abdulla Qodiriyning "O'tgan Kunlar" romani deyarli barcha maktab yoki litseylar kutubxonalarida yetarli darajada bor. Uning o'qilmasligiga sabab esa o'qituvchilarning bunga majbur qilmasligi. Va befarqligi deb o'ylayman. Chunki shaxsan bizning Adabiyot o'qituvchimiz bu romanni o'qib chiqishimizga majbur qildilar. Bunga esa bahona oddiy "semestrda shu romandan savol javob bo'ladi."
Manimcha bunda O'qituvchilarni ayblash yaxshimas.Chunki odamning o'zida xoxish bo'lsa bas.Xoxish bo'lmagan kishiga majburan kitob o'qitish xuddi toshda gul undirishga besamar uringandek gap...

Aziza Abdunabiyeva
02.03.2009, 13:46
Faylni ochdim, o'qimoqchi edim, ko'zimga bir narsa tashlandi. Juda ko'p joyda "o'tkan", "quyosh botqan", "Otabek shu saroyga tushkanmi?" kabi imlo juda chalg'ityapti. Kitobida ham shuday yozilganmi yoki ziyouz digitallashtirganda hato bo'lgan bo'lishi mumkinmi?

Kitobda o'zi shunaqa. Axir nima bo'lganda ham asar yozilgan davrning o'zi biz uchun tarixku, romanda esa undanda avvalgi davr yoritilgan.