PDA

Просмотр полной версии : Agar-da....

Pfefferminze
09.10.2011, 14:21
***
Bir kuni mendan: "Hayotingizni qayta boshdan yashashni istarmidingiz?"-deb so'rab qolishdi. Nimayam derdim, umuman, mening hayotim juda yaxshi kechdi, aytishim mumkinki, ayrimlarga taqqoslaganda a'lo darajada yashadim. Biroq, shunday bo'lsa-da, uni qaytadan yashab ko'rishda hech bir mantiq yo'q, deb hisoblayman. Bu xuddi ilgari bir necha bor o'qib chiqilgan detektiv romanni qayta mutolaa qilish kabi zerikarli yumush bo'lur edi.("To'qson yillik yubileyimga")

Somerset Moem

Nigora, xafa emasdirsiz, copy paste qilganimga...aynan shunga oid mavzu ochaman deb turgan edim aslida....

Bu fikrni S. Moem aytagan...mening esa savolim barcha forumdoshlarga:

-Siz-chi? Siz ham shu haqida hech fikr yuritganmisiz? Sizga ham tasavvur qilib ko'ring, bir imkoniyat berilsa-da, umringizni 10-20 yilga ortga qaytarishsa..uni qanday boshlagan bo'lar edingiz? Yoki o'zgartirmagan bo'lar edingizmi?

hurmat bilan,

Ra'no

workerbeeviii
09.10.2011, 17:08
Xotiradagi ma'lumotlar bilan qaytarilsami?

Husniddin Ato
09.10.2011, 17:18
***
Bir kuni mendan: "Hayotingizni qayta boshdan yashashni istarmidingiz?"-deb so'rab qolishdi. Nimayam derdim, umuman, mening hayotim juda yaxshi kechdi, aytishim mumkinki, ayrimlarga taqqoslaganda a'lo darajada yashadim. Biroq, shunday bo'lsa-da, uni qaytadan yashab ko'rishda hech bir mantiq yo'q, deb hisoblayman. Bu xuddi ilgari bir necha bor o'qib chiqilgan detektiv romanni qayta mutolaa qilish kabi zerikarli yumush bo'lur edi.("To'qson yillik yubileyimga")

Somerset Moem

Menimcha shu janob Somerset Moem ham savolni juda sodda tushunganlarda.

OmoN
09.10.2011, 23:49
Sizga ham tasavvur qilib ko'ring, bir imkoniyat berilsa-da, umringizni 10-20 yilga ortga qaytarishsa..uni qanday boshlagan bo'lar edingiz? Yoki o'zgartirmagan bo'lar edingizmi?Яна 40 марта қайта яшаш имкони берилса ҳам ҳаётимни худди шундай яшаган бўлардим. Чунки ҳаётимдан мамнунман.

workerbeeviii
10.10.2011, 07:54
Xotiradagi ma'lumotlar bilan qaytarishsa, men:
1. Особо важно.
2. Совершенно секретно.
3. Секретно.
4. Kelajakda qanday voqealar bo'lishini bilishim hisobiga pul ishlab katta mol-davlat yig'ishga kirishar edim.
5. Men uchun husn va go'zallik etalonlari bo'lgan 4 ta dono va aqlli qizni xotinlikka olardim.
6. ∞.

Hero
10.10.2011, 08:43
Hayotimda bitta katta xato qilganman, o'sha xatomni tuzatishni hohlardim.

Hozirham harakat qilyapman lekin bo'lmayapti

Abdusalim Nursaidov
10.10.2011, 09:21
Буни менга хеч кераги кам, келажакни билмасдан яшаш кандай яхши.

Nigora Umarova
10.10.2011, 12:13
Bir kuni mendan: "Hayotingizni qayta boshdan yashashni istarmidingiz?"-deb so'rab qolishdi. Nimayam derdim, umuman, mening hayotim juda yaxshi kechdi, aytishim mumkinki, ayrimlarga taqqoslaganda a'lo darajada yashadim. Biroq, shunday bo'lsa-da, uni qaytadan yashab ko'rishda hech bir mantiq yo'q, deb hisoblayman. Bu xuddi ilgari bir necha bor o'qib chiqilgan detektiv romanni qayta mutolaa qilish kabi zerikarli yumush bo'lur edi.("To'qson yillik yubileyimga")
Somerset Moem
Bu fikrni S. Moem aytagan...mening esa savolim barcha forumdoshlarga:
-Siz-chi? Siz ham shu haqida hech fikr yuritganmisiz? Sizga ham tasavvur qilib ko'ring, bir imkoniyat berilsa-da, umringizni 10-20 yilga ortga qaytarishsa uni qanday boshlagan bo'lar edingiz? Yoki o'zgartirmagan bo'lar edingizmi?

Hayotimni qaytadan yashashni aslo istamagan bo'lardim. Sababi qaytadan boshlagan hayotimda umr yo'lida uchratgan insonlarimni, yaqinlarimni balki qaytadan uchratish nasib etmas. Har bir kechirgan kunim men uchun dars, har bir uchratgan insonim hayot maktabida men uchun muallim vazifasini bajargan va bajarib qoladi. Hayotim qiziqarli va mazmunli, har bir kunim baxtdan iborat. Menda nimadir yo'qligini sezganimda mendan-da nochorroq insonlar borligini ko'rib bergan ne'matlariga shukronalar keltiraman.
Agar mo'zija ro'y berib 10-20 yil ortga qaytgan taqdirimda esa o'rganmagan, bilmagan bilimlarim rosa ko'p. Ularni o'rgangan bo'lardim.
Biroq bunday mo'jiza ro'y bermaydi. Shunday ekan o'zimda mavjud bo'lgan bor imkoniyatlardan samarali foydalanishga harakat qilaman.

Nigora Umarova
10.10.2011, 12:23
Hayotimda bitta katta xato qilganman, o'sha xatomni tuzatishni hohlardim.

Hozirham harakat qilyapman lekin bo'lmayapti

Inson hayoti xato va uni tuzatishlardan iborat. Muhimi - qat'iyatli bo'lish va qilingan xatolarni o'z vaqtida, kech bo'lmasdan anglash.

Bekmirzo
10.10.2011, 12:39
...tasavvur qilib ko'ring, bir imkoniyat berilsa-da, umringizni 10-20 yilga ortga qaytarishsa..uni qanday boshlagan bo'lar edingiz?
...
Qanday boshlagan yoki davom ettirgan bo'lishim mumkinligini aytmayman-u, ammo, bunday imkoniyatni bajonidil qabul qilgan bo'lardim. :)

Nigora Umarova
10.10.2011, 12:47
Qanday boshlagan yoki davom ettirgan bo'lishim mumkinligini aytmayman-u, ammo, bunday imkoniyatni bajonidil qabul qilgan bo'lardim. :)

Armonlaringiz ko'p bo'lganligi uchunmi? :)

Bekmirzo
10.10.2011, 12:56
Qanday boshlagan yoki davom ettirgan bo'lishim mumkinligini aytmayman-u, ammo, bunday imkoniyatni bajonidil qabul qilgan bo'lardim. :)

Armonlaringiz ko'p bo'lganligi uchunmi? :)Aha, judayam ko'p :)

Armoni bo'lmagan odam ortga qaytish haqida o'ylamasa kerak. Qaysidir darajadagi armoni yo'q odam esa bu dunyoda deyarli uchramasa kerak...

Nigora Umarova
10.10.2011, 13:05
Armoni bo'lmagan odam ortga qaytish haqida o'ylamasa kerak. Qaysidir darajadagi armoni yo'q odam esa bu dunyoda deyarli uchramasa kerak...

Hmm... armon, armonim faqat shuki, umr o'tish jarayonida yaqin bo'lgan insonlarning umr manzilini tark etishlaridir. Yaqinlarimni yo'qotganligim bu armondir.

Husniddin Ato
10.10.2011, 13:09
Azizlar, menimcha hayotni qaytadan yashash imkoniyati bo`lganda xotira ham "format" bo`ldi. Shu unutmanglar. Shunday ekan, siz umuman yangicha hayot kechirasiz. Ilgarigi hayotingizdan umuman xotira qolmaydi degani.

Umuman olganda bu haqda o`ylamagan ma'qul. Shu yog`ini eplab yashaylik. Axir hayot bir marta beriladi.

Bekmirzo
10.10.2011, 13:18
Umuman olganda bu haqda o`ylamagan ma'qul. Shu yog`ini eplab yashaylik. Axir hayot bir marta beriladi.Bu mavzuda majburlash yo'q, menimcha. Faqat tasavvurdagi imkoniyat haqida gapirilyapti xolos ;)

Husniddin Ato
10.10.2011, 13:21
Aha, men ham hech kimni majburlamadim :)

Pfefferminze
10.10.2011, 15:14
Biroq bunday mo'jiza ro'y bermaydi.

lekin, hayotida atigina qilgan bitta xatosi uchun bir umr ortni, o'tmishni eslab yashaydi...istaydi qaytishini....ko'p bo'lmasa ham, uchrataman shunaqa insonlarni..ba'zida ularni harakat qilaman tushunishga, ba'zida unutish kerakligini maslahat beraman....

R

Pfefferminze
10.10.2011, 15:17
Aha, judayam ko'p :)

Armoni bo'lmagan odam ortga qaytish haqida o'ylamasa kerak. Qaysidir darajadagi armoni yo'q odam esa bu dunyoda deyarli uchramasa kerak...

Armon demang...hali vaqt ko'p, Xudo xohlasa....qaytib kelar ushalmagan orzularni ro'yobga chiqarish uchun imkoniyat....

men shunga ishonaman...toki tirik ekanmiz hammasi hali oldinda...

Inson armon emas, umid bilan yashasa, unda armonlar amalga oshadi...

hurmat bilan,

R

Bekmirzo
10.10.2011, 15:34
Inson armon emas, umid bilan yashasa, unda armonlar amalga oshadi...

hurmat bilan,

RAlbatta. Keine Frage!
Men shunchaki umumiy gapirib o'tdim. Demoqchimanki, umuman armonim yo'q, deydigan odamning ham qalbida zarradek bo'lsa-da bir armoni bo'ladi.
Quyidagicha gaplarni kundalik hayotda ko'p eshitamiz: "falonchi joyga bir sayohat qilsam, armonim qolmasdi", "pistonchi artist bilan bir piyola choy ichsam, bearmon o'tardim"...
Shaxsan men bolaligimdan Muhriddin Xoliqov qo'shiqlarini juda yoqtirardim. Konsertiga tushishni orzu qilardim. Lekin, konsertiga kirish nasib qilmadi. Biroq, uning o'zi bilan 2-3 marta ko'rishish va hattoki bitta qo'shig'iga hammuallif bo'lish (qo'shiq matni boshqa birovning nomidan e'lon qilingan) nasib qilgandi.

Biz albatta ko'rgan kunimizga shukr qilish va ertangi kunimizga umid bilan yashaymiz.
Mavzuda ko'tarilgan savol ham o'z-o'zidan kelib chiqmagan. Insonda xotira bor ekanki, inson goh-gohida o'z o'tmishiga qaytib turaveradi.

Pfefferminze
10.10.2011, 15:41
Mavzuda ko'tarilgan savol ham o'z-o'zidan kelib chiqmagan.

Ko'p insonlar hayotini o'qisam shu fikrga kelishadi, bir ortga qaytsa edi...bir unday bulsa edi....yoki insonlarni uchratsam...shunaqa vaqtni ortga qaytarish fikrga kelishadi ba'zan....

shu sababli forumdoshlardan ham so'rab ko'ray degan fikr paydo bo'ldi...

hurmat bilan,

Ra'no

Nigora Umarova
10.10.2011, 15:42
Albatta. Keine Frage!
O'zbekcha gapiringlar. :)

Mavzuda ko'tarilgan savol ham o'z-o'zidan kelib chiqmagan. Insonda xotira bor ekanki, inson goh-gohida o'z o'tmishiga qaytib turaveradi.

Toki yashar ekanmiz armonlarni ro'yobga chiqarsa bo'ladi, biroq o'z ga xil ko'rinishda.
Ba'zan o'tmishga qayta va qayta murojaat etaverish kelajakka qarab oldinga dadil qadam tashlashga halaqit beradi. Kechagi kun saboq, bugungi kun mulohazalar kuni, ertangi kun esa orzu-istak, umidlar asosida bo'lishi kerak. Inson faqat armonlargagina emas, umidga murojaat etib yashamog'i darkormasmikan?

Bekmirzo
10.10.2011, 15:46
Inson ... umidga murojaat etib yashamog'i darkormasmikan?
Kimdir buni inkor etdimi? :)

Nigora Umarova
10.10.2011, 15:56
Inson ... umidga murojaat etib yashamog'i darkormasmikan?
Kimdir buni inkor etdimi? :)

Savolga savol: inkorni inkor yoki tasdiqni tasdiq qonuni. :)

Hero
11.10.2011, 08:19
Hayotimda bitta katta xato qilganman, o'sha xatomni tuzatishni hohlardim.

Hozirham harakat qilyapman lekin bo'lmayapti

Inson hayoti xato va uni tuzatishlardan iborat. Muhimi - qat'iyatli bo'lish va qilingan xatolarni o'z vaqtida, kech bo'lmasdan anglash.

Juda kech

Nigora Umarova
11.10.2011, 09:24
Juda kech

Hayot ekanmiz har bir xatoni to'g'rilasa bo'ladi. Yashayotganligimiz xatolarni to'g'rilash uchun imkon beradi. "Eh, shunday xato qilib qo'ydim"-deya tushkun kayfiyatda o'tirish yaramaydi.

Muhayyo Turdialiyeva
11.10.2011, 12:01
Bilmadim balki meni "hali yosh"ga chiqarib qo'yarsizlar, ammo men hech ham boshqatdan tug'ilgim yo'q. Shu kungacha yetishganlarimga qancha harakat qilganman. Eh-he oddiy farzandim tug'ilgunicha qancha qiynaldim... Kamchiliklarim, yutuqlarim hammasi o'zimniki... Menimcha biron bir xato qilmasdan turib to'g'risi qanaqa bo'lishini tushunish qiyin...

Pfefferminze
11.10.2011, 12:07

ayollar hammalari bir-xil javob berishadi...biznikilar ham shunday deyishadi, ehe qancha qiynaldik bu farzandlarni dunoyga keltirib oyoqqa qo'yguncha...yo'q, yo'q shu hayotimga shukr deb....:-)

R

Pfefferminze
11.10.2011, 17:38
O'zim nima deb o'ylashimni yozsam....musofirchiligimni hech nimaga 2 dunoyda ham almashtirmagan bo'lar edim...Xudoga ming qatla shukr musofirchilikni peshonamga bitganiga...bu men uchun katta maktab bo'ldi...ulkan saboq, cheki yuq sabr, matonatni berdi...bardosh degan narsani o'rgatdi...bularni Xudo bergan umrimning oxirigacha qadrlayman...eng avvalo, o'zimga bo'lgan ishonchni....judayam ko'p o'zimga ishonaman...har soniyada uzing uchun Xudodan keyin uzing borsan o'zingga Ra'no deb qo'yaman....judayam katta maktabning dargohini nasib qilganiga ham shukr deyman...yana imkoniyat bo'lganida, balki judayam ko'p savob qilgan bo'lar edim...nuqul savob yo'lida yurgan bo'lar edim....

R

Hero
12.10.2011, 08:07

Hali ham kech emas Ra'no opa